$
12228.58 UZS
20.5
155.96 UZS
0.96
14282.98 UZS
166.78
31° Kechasi 18°

“Matbuot uyi” auksionda sotilmaydi 

15:22 / 27.11.2019

“Toshkent shahri markazidagi O‘zbekiston matbuoti va jurnalistikasi ramzi bo‘lgan “Matbuot uyi” chigal taqdiri bilan tarixda alohida iz qoldiradigan bo‘ldi” deb yozmoqda O‘zA. Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, bino auksionda sotilmaydi. 

O‘tgan 2018-yili 21-aprelda 15 milliard qarzdorligi uchun auksionga qo‘yilgan bino keyinchalik Toshkent shahar hokimiyati tomonidan savdodan olinib, “Matbuot uyi” vakillariga qaytarilgan edi. 

O‘shanda O‘zbekiston Milliy Axborot agentligining surishtiruvi natijasida quyidagi ma’lumotlar aniqlagan. 

Ya’ni, O‘zA muxbiriga “O‘zsanoatqurilishbank” Mirobod tumani yuristining axborot berishicha, “Matbuot uyi” Toshkent shahar “Toshbozorsavdo” uyushmasi tomonidan mazkur bankka garovga qo‘yilgan. 

So‘rov yuzasidan “Toshbozorsavdo” uyushmasi vakilining dalolat berishicha, Toshkent shahar hokimiyati qarori bilan “Toshbozorsavdo” uyushmasiga kredit olish maqsadida garov ta’minoti sifatida “Matbuot uyi” qo‘yilgan. Biroq “Toshbozorsavdo” uyushmasi nodavlat, notijorat maqomga ega bo‘lib, uyushma “Matbuotchilar uyi”ni garovga qo‘yish huquqiga ega emas. Garovga qo‘yish huquqi va qaror Toshkent shahar hokimiyati tomonidan 2016-2017-yillarda amalga oshirilgan.

Hokimiyat 2016-2017-yillarda bozorlarni ta’mirlash, qurish evaziga “Matbuot uyi”ni “qurbon” qilgan. Aytishlaricha, kredit “Toshbozorsavdo” uyushmasi xarajatlari uchun olingan va sarflangan. 

O‘shanda qarzdorlik miqdori 15 milliard ekanligi aniqlangan, auksionda esa 18 milliard 750 ming so‘m miqdorida sotilishi ko‘rsatilgan edi. 

“Bu yil ham yana xuddi o‘sha miqdordagi summa bilan bino auksionga qo‘yildi. Aftidan “O‘zsanoatqurilishbank”dan “Toshbozorsavdo” uyushmasi uchun olingan mablag‘lar hamon qaytarilmagan ko‘rinadi” , deyiladi xabarda.

Oqibatda yana bu yil 18-noyabr sanasida ushbu bino E-ijro auksion ochiq auksioniga qo‘yildi. Bir necha kundan so‘ng bu ochiq auksion savdolari saytidan olib tashlandi. Agentlik manbalari ma’lumotiga ko‘ra, bino auksionda sotilmaydi. 


Bu ham qiziq

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

Toshkentdagi Beshqo‘rg‘on bozorida yong‘in yuz berdi

5-aprel kuni soat 15:56 da Toshkent shahar Chilonzor tumani, Toshkent katta xalqa avtomobil yo‘li ko‘chasida joylashgan Besh…
16:57 / 05.04.2026
9-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

9-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
17:57 / 08.04.2026
Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

Turkiyadagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi

O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada bo‘lib turgan o‘zbekistonliklarni shaxsiy mas’uliyatni oshir…
11:25 / 05.04.2026
Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi

Endilikda har bir ixtisoslashgan tibbiyot markazlari sport federatsiyalari bilan hamkorlik qiladi

Sportchilardagi suyak sinishi, pay uzilishi kabi jarohatlar bo‘yicha zamonaviy protokollar o‘zimizda joriy etilmayotgani, Tr…
17:52 / 07.04.2026
Saida Mirziyoyeva AQShda Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi

Saida Mirziyoyeva AQShda Serjio Gor bilan uchrashuv o‘tkazdi

“AQSh poytaxtida hamkasbim, Amerika–O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashi hamraisi, elchi Serjio Gor bilan sam…
10:08 / 07.04.2026
Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Surxondaryoda “prava” bilan bog‘liq firibgarlik fosh etildi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘…
15:51 / 05.04.2026
8-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

8-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-12 …
17:36 / 07.04.2026
170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

170 dan ortiq o‘zbekistonlik Umradan qayta olmayapti

Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun borgan 170 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qayta olmagan.
16:47 / 05.04.2026
35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari h…
15:36 / 06.04.2026
O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi

O‘zbekiston Prezidenti Rossiya bilan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishni qo‘llab-quvvatladi

7-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Ke…
14:47 / 07.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!