$
11934.64 UZS
-14.39
164.14 UZS
-2.14
13896.69 UZS
-25.12
31° Kechasi 18°

YouTube’dan video yuklab olishning besh sinalgan usuli

18:12 / 24.04.2020

Ko‘pincha YouTube orqali biror videoni tomosha qilganda uni shu qadar yoqtirib qolamizki, darhol yuklab olgimiz keladi. Ayniqsa, bolajonlarga mo‘ljallangan turli multfilmlar, yangi chiqqan klip yoki yoqtirgan filmlarimiz bo‘lsa. Biroq bu saytdan video yuklash u qadar oson ish emas. “Qalovini topsang, qor ham yonadi”, deganlaridek, biroz qidirib, buning ham bir nechta usullarini topdik. 

Onlayn-xizmatlar orqali YouTube’dan video yuklash
Kerakli rolik havolasini ko‘chirib olib, quyida keltirilayotgan saytlar brauzeriga tashlang.
ClipConverter.cc (maksimal sifati – 4K).
KeepVid (maksimal sifati: ovoz bilan – 1 080p, usiz – 4K).
y2mate.com (maksimal sifati – 1 080p).
noTube (maksimal sifati – 1 080p).
savefrom.net (maksimal sifati: ovoz bilan – 720p, usiz – 4K).
VDyoutube (maksimal sifati: ovoz bilan – 720p, usiz – 4K).

Saytni ochib, oldindan ko‘chirib olgan havolangizni maxsus joyga tashlaysiz. Agar imkoni bo‘lsa, sizga mos keladigan sifat va formatni tanlang. Yuklash tugmasini bosib, rolik to‘liq yuklanib bo‘lgunicha kuting. Agar sizda iPhone yoki iPad mavjud bo‘lsa, albatta, Safari dasturidan foydalaning. Bu qurilmalardan boshqa brauzerlar orqali videofayl yuklab bo‘lmaydi. Bu usul sizda iOS 13, undan yangi versiya yoki iPadOS bo‘lsa ish beradi.

YouTube Video Downloader 
Maxsus plaginni o‘rnatganingizdan keyin roliklar ostida yuklash uchun qulay tugmacha paydo bo‘ladi. Baxtga qarshi Google YouTube’dan video yuklashga rozilik bermaydi. Shuning uchun kerakli plaginlar Chrome rasmiy do‘konlaridan tez-tez o‘chirib turiladi. Siz kerakli plaginni boshqa manbalardan o‘rnatishingiz mumkin. Video saqlash uchun eng yaxshi plagin, bu – YouTube Video Downloader sanaladi. Bu dastur roliklarni 4K gacha sifatli tarzda Chrome, Opera, UC, Vivaldi, Yandeks.Brauzer’dan yuklash imkonini taqdim etadi.
YouTube Video Downloader’ni o‘rnatish uchun uning saytini ochib, ro‘yxatdan o‘zingizga kerakli brauzerni tanlang va “How to install” buyrug‘ini tanlang. O‘rnatish tartibini sizga tushuntirib beradigan video-ko‘rsatma ishga tushadi.

y2mate dasturi
Yana bir ajoyib variantlardan biri y2mate dasturi hisoblanadi. Uning yordamida siz Firefox yoki Google Chrome’dan videolarni 1 080p sifat darajasida yuklash imkoniga ega bo‘lasiz. y2mate’ni o‘rnatish uchun plagin saytiga kirib, o‘ng tomonda turgan yuklash tugmasini bosing va ko‘rsatmalarga rioya qiling. Agar videoning sifati sizni uncha qiziqtirmasa, quyida keltirib o‘tilgan plaginlardan birini tanlashingiz mumkin. Ularning barchasi roliklarni 720p’gacha sifat darajasida yuklab bera oladi.
• Easy Youtube Video Downloader Express ot Dishita
• SaveFrom.net helper
• SaveFrom.net pomoshnik

YouTube’dan videolarni maxsus dastur yordamida yuklab olish
Agar siz kompyuteringizga videoni maksimal tezlikda yuklab olishni istasangiz, ClipGrab va 4K Video Downloader kabi dasturlardan foydalaning. Odatda ular onlayn xizmat va plaginlarga qaraganda tezroq ishlaydi, lekin ular videolarni faqat 1080p gacha bo‘lgan o‘lchamlarda yuklab berishi mumkin.

ClipGrab oynasi orqali
Ushbu dasturlardan istalgancha foydalanish uchun uning manziliga kerakli videoning havolasini kiriting, video sifati darajasini tanlang va yuklab olish tugmasini bosing. Ikkala dastur ham Windows, MacOS va Linux tizimlari uchun bepul. Ammo o‘rnatish paytida ClipGrab o‘z antivirusini yuklab olishni taklif qiladi – rad etishni unutmang. Bundan tashqari, 4K Video Downloader’ning pulli versiyasi ham mavjud. U sizga tanlangan kanallar va pleylistlarning barcha videolarini birdan saqlash imkonini beradi.

YouTube’dagi videolarni mobil ilovalar orqali Android qurilmaga saqlash
Google Play’da mos dasturlar yo‘q. Mualliflik huquqi bilan bog‘liq muammolar tufayli ular do‘konga kiritilmagan. Lekin siz dasturni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchining saytidan o‘rnatishingiz mumkin. Yodda tuting: Google Play boshqa manbalardan yuklab olingan dasturlar uchun javobgar emas. Ular qurilmangizga zarar yetkazishi yoki Google’dagi hisobingizni blokirovka qilishi mumkin. Agar siz baribir imkoniyatdan foydalanmoqchi bo‘lsangiz, quyidagi dasturlardan birini o‘rnating. Buning uchun mobil qurilmadan uning saytiga o‘ting, ilovani yuklab olib, ishga tushiring.

Videoder →
Snaptube →
InsTube →

Agar tizim brauzer orqali o‘rnatish huquqi yo‘qligini xabar qilsa, “Sozlamalar”ga kirib, bunga ruxsat bering. Ushbu dasturlar bepul, ammo reklamasi bor. Ularning barchasi taxminan bir xil ishlaydi. Foydalanish uchun ichki qidiruv kanali orqali kerakli videoni toping va yuklab olish tugmasini bosing. Video sifatini tanlang va dastur uni yuklaguncha kuting. Uchala dastur ham videolarni 4K gacha sifat darajasida yuklab olish imkoniyatiga ega. Agar tanlangan rolik o‘lchamlari 1 080pp’dan oshsa, InsTube videoni tovushsiz yuklaydi.

Documents ilovasi yordamida YouTube videolarini iPhone yoki iPad’ga yuklash
Documents App Store do‘konidagi YouTube’dan video yuklash imkonini beradigan kam sonli dasturlardan biri. Shunga qaramay, dastur bepul. Uni ishga tushiring va o‘rnatilgan brauzerni kiriting – pastki o‘ng burchakdagi dumaloq tugma. Keyin y2mate.com yoki boshqa yuklovchi saytni oching. Istalgan video havolasini matn maydoniga tashlang va yuklab olish tugmasini bosing. Shundan so‘ng, yakuniy fayl parametrlarini tanlang va yuklab olish tugashini kuting.


Bu ham qiziq

O‘zbekistonda bolalar soni qancha?

O‘zbekistonda bolalar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
09:54 / 01.06.2026
Turkiyada 110 yo‘lovchisi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi

Turkiyada 110 yo‘lovchisi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi

Turkiyaning Marmaris shahri yaqinida 110 nafar yo‘lovchi bo‘lgan sayyohlik kemasi cho‘kib ketdi. Hodisa Jannat oroli yaqinid…
10:41 / 31.05.2026
O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi ishonchi yanada mustahkamlandi

Xalqaro reyting agentligi Fitch Ratings O‘zbekistonning suveren kredit reytingi prognozini “Barqaror” (Stable) darajasidan “…
19:11 / 03.06.2026
Venada tarixiy kun: Global kun tartibini O‘zbekiston boshlab berdi

Venada tarixiy kun: Global kun tartibini O‘zbekiston boshlab berdi

Bugun Venada global xavfsizlik va huquq-tartibotni belgilovchi eng yirik platforma — BMT Jinoyatchilikning oldini olish va j…
20:34 / 01.06.2026
Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Netanyaxu SAXALga Livandagi harbiy amaliyotlarni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, Isroil kuchlari kuchli mudofaa chiziqlarini yorib o‘tgan, strategik ahamiyatga ega hududlarni nazora…
17:38 / 31.05.2026
Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Tramp surati tushirilgan kupyuralar chiqarilishi mumkin

Ammo AQSh qonunchiligi tirik shaxslar suratini milliy valyutada aks ettirishni taqiqlaydi.
12:33 / 01.06.2026
Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

Kafe va restoranlarda ishga olish tartibi soddalashtiriladi

O‘zbekistonda joriy yilning 1-iyunidan e’tiboran kafe, restoran va umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor…
14:19 / 30.05.2026
Madaniyat va sanʼat fidoyilari sharaflandi

Madaniyat va sanʼat fidoyilari sharaflandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28-maydagi farmoni bilan madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir gur…
12:48 / 01.06.2026
Samarqandda elektromoped 8 kishi bilan kanalga quladi: 4 kishi halok bo’ldi

Samarqandda elektromoped 8 kishi bilan kanalga quladi: 4 kishi halok bo’ldi

Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida 8 nafar fuqaro bo‘lgan elektromoped kanalga qulab tushishi oqibatida 4 kishi halok …
13:04 / 02.06.2026
Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

Kichik va o‘rta biznesni qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralari

alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini rea…
17:42 / 30.05.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!