$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Tasodifan kashf qilingan mashhur ixtirolar

20:44 / 25.02.2020

Shunday ixtiro va retseptlar borki, ular tasodifan dunyoga keladi va butun dunyoni qamrab oladi. Birgina ehtiyotsiz xatti-harakat va qarabsizki, butun insoniyat sizga rahmat aytib turibdi-da! Ha, hayotda shunday holatlar ham uchrab turadi. Bugun ana shunday tasodifiy ixtirolar xususida so‘z yuritamiz.

Penitsillin
Aleksandr Fleming o‘z laboratoriyasida tajriba o‘tkazishni xush ko‘rardi. Shunchalik kirishib ketganidan ovqatlanishi ham pala-partish bo‘lgan. Stol usti ovqat qoldiqlari bilan to‘la edi.
Bir kuni stafilokokk virusi ustida tadqiqot o‘tkazayotgan olim nonda o‘rnashib olgan mog‘or bakteriyasi va stafilokokk o‘rtasidagi kurashga guvoh bo‘ladi. Oxir-oqibat mog‘or bakteriyasi g‘olib chiqadi. Shu tariqa penitsillin antibiotigi dunyoga keldi. Flemin esa aynan shu kashfiyoti uchun 1945-yilda “Nobel” mukofotiga sazovor bo‘lgan. 

Mikroto‘lqinli pech

Amerikalik olim Persi Spenser radar uchun mikroto‘lqinli radiosignal yuboradigan generator yaratish ustida ish olib borayotgandi. 
Bir kuni uskuna yonida kuymalanayotgan olim uskuna yoqilganida cho‘ntagidagi shokolad erib ketganini sezib qoladi. Shu tariqa yana bir buyuk ixtiro dunyoga keldi. 

Shokolad pastasi
Qandolatchi Pyetro Ferrero shokoladdan konfetlar tayyorlab, ularni yarmarkada sotish bilan shug‘ullanar edi. Bir kuni jazirama issiq tufayli shokoladlar erib, bir uyum quyuq massaga aylanib qoladi. Biroq Ferrero bundan tushkunlikka tushmadi va u bu massani nonga surtib, sota boshladi. Shu tariqa shokolad pastasining bozori yurishib ketdi.
Bugungi kunda otaxon Ferrero tomonidan asos solingan kompaniya dunyoning eng boy shokolad fabrikasiga aylangan. 

“Kiyev” torti
Yana bir ma’lum va mashhur shirinlik ham tasodif tufayli paydo bo‘lgan. Bir kuni qandolat sexi ishchilari ko‘pirtirilgan tuxum oqini muzlatgichdan olib qo‘yishni esdan chiqarib qo‘yishadi. Ertalab ishga kelgan sex boshlig‘i esa bu xabardan larzaga tushib, ilojsizlikdan bor masalliqni ishlatib, tort tayyorlashni buyuradi. Shu tariqa qarsildoq karjli tort dunyoga keladi. 

“Sezar” salati

Ro‘yxatimiz tobora ishtaha ochar bo‘lib borayotgan bir paytda salatlar haqida ham eslab o‘tmasak bo‘lmas. Ko‘pchilik “Sezar” salati nomi Rim imperatori Yuliy Sezar bilan bog‘liq deb o‘ylaydi. Aslida, esa unday emas. 
1924-yil 4-iyul kuni AQShning mustaqillik bayramini nishonlash uchun Sezar Kardini restoraniga shu qadar ko‘p odam yig‘iladiki, gazaklar barchaga yetmay qoladi.
Do‘konlar allaqachon yopilgan, noiloj qolgan oshpaz Sezar oshxonada qolgan barcha tuxum, non bo‘laklari va parmezan pishlog‘ini qirg‘ichdan chiqarib, salat bargi ustiga solib sotadi. Shu tariqa bayram davom etadi, salat ham yig‘ilganlarning ko‘nglidan joy egalladi. 

Super yelim
1942-yil “Kodak” harbiy kompaniyasi qurol nishonlari uchun shaffof plastik olish ustida ish olib borayotgandi. Tajriba chog‘ida kompaniya xodimlarining deyarli barchasiga yopishib, xalal berayotgan quyuq shaffof massa Garri Kuverning e’tiborini tortdi. 
15 yildan so‘ng Kuver uni super yelim sifatida ommaga tanishtirib, ixtirosi uchun patent oldi. Bugungi kunda bu yelimni deyarli barcha do‘konlardan topish mumkin. 

“Lego” konstruktori

30-yillarda daniyalik dehqon Ole Kristiansening hosili nobud bo‘ladi. 
Biroq musibatdan o‘zini yo‘qotmagan dehqon bolalar uchun yog‘ochdan turli shakllar yasab, sota boshlaydi. Tez orada u taxtadan o‘yinchoq konstruktorlar ishlab chiqaradigan butun boshli kompaniyaga asos soladi. 1947-yilga kelibgina o‘yinchoqlar plastikdan ishlab chiqarila boshlandi


Bu ham qiziq

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!