$
12694.97 UZS
40.84
161.60 UZS
0.42
14878.50 UZS
60.51
37° Kechasi 24°

Rozetkalar nima uchun aynan 220 voltli kuchlanishga ega?

10:46 / 20.01.2020

Elektr tarmog‘ining rozetkasida 220 voltli kuchlanish borligini hatto bog‘cha yoshidagi bolalar ham yaxshi biladi. Lekin nima uchun katta shahar uylaridagi qalin kabellar 380 voltli kuchlanishda ishlaydi. 160 volt qayoqqa ketadi. Va ikkinchi savol: nima uchun 22, 55 yoki 500 volt emas, aynan 220 volt?

Birinchi javob: kuchlanish ikki o‘tkazgich o‘rtasida o‘lchanadi. Yana ham yaxshiroq tushunish uchun kuchlanishni balandlik bilan taqqoslaymiz. Ikki metrli omborxona tomi ustidan sakrash qo‘rqinchli, to‘g‘rimi? Ammo omborxona yonidan ikki metrli o‘ra qazib qo‘yilsa, tomdan sakrash yana-da qo‘rqinchli bo‘ladi (chunki umumiy balandlik 4 metrga yetadi).

Bizning elektr stansiyalarimizdagi generatorlar uch fazali o‘zgaruvchan tokka ega. Ushbu fazalar orasidagi kuchlanish 380 voltni tashkil qiladi. Ammo har bir (plyus) va “nolli” fazalar orasida 220 voltli kuchlanish bo‘ladi. Odatda uylarga elektr toki o‘tkazilayotganda ustalar bitta fazani ulashadi, shuning uchun tok chiqish joyidagi kuchlanish 220 volt bo‘ladi. Ammo ikki faza o‘rtasidagi kuchlanish 380 voltligicha qolaveradi. Ko‘rib turganingizdek 160 voltni hech kim o‘g‘irlamaydi. 

Endi ikkinchi javobga nazar tashlaymiz. Yuz yil avval Amerikada mashhur ixtirochi Tomas Edison tomonidan dunyodagi birinchi elektr kompaniyasiga asos solingan. O‘sha paytlarda lampochkadan boshqa elektr jihozlari ixtiro qilinmagan. Natijada elektr energiyasi faqat yoritish uchun ishlatilgan. Mutaxassislarda uyga qanday kuchlanish berilishi kerak degan savol tug‘ilgan. Amerika qonunlarida 100 voltli kuchlanish odamlar uchun xavfsiz deb yozilgan edi. Edison shu ko‘rsatkichga 10 foiz qo‘shib, uylarda 110 voltli kuchlanishdan foydalanishga ruxsat oladi. Shuning uchun hozirgacha Amerika uylaridagi rozetkalarda kuchlanish biznikiga o‘xshab 220 volt emas, balki 110 volt!

Elektr toki Yevropaga yetib kelganida tok bilan ishlaydigan jihozlar ko‘p bo‘lgan: ventilyator, fen, dazmol va boshqalar. Shu sababli, Yevropaning elektr kompaniyalari bitta sim orqali xonadonlarga ikki baravar ko‘proq quvvat yetkazib berish uchun Amerika standartlarini ikki baravar oshirishga qaror qilishadi. Aynan shuning natijasida 220 voltli standart hosil bo‘ladi. Ba’zilar 330 va hatto, 440 voltli kuchlanishdan foydalanishni taklif qilishganida ularga bu inson hayoti uchun juda xavfli ekanligi tushuntirilgan. 

So‘nggi izoh. 100 voltli kuchlanish odamlar uchun xavfsizmi? Yo‘q, bu noto‘g‘ri! Muayyan sharoitlarda, hatto 36 voltli kuchlanish ham odamni o‘ldirishi mumkin! Shuning uchun, iltimos: har doim elektr jihozlarini iloji boricha ehtiyotkorlik bilan ishlating. Hattoki, rozetkada qoldirilgan telefon quvvatlagichi ham odamni yoki uy hayvonini halok qilishi mumkin. 


Bu ham qiziq

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Klublar o‘rtasidagi JCh. “Manchester Siti” va “Inter” musobaqani tark etdi

Endi chorak finalda “Fluminense” - “Al-Hilol” qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.
09:39 / 01.07.2025
“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

“Bo‘zsuv” kanaliga tushib ketgan erkak qutqarildi

Xabarga asosan, zudlik bilan aytilgan manzilga bir guruh qutqaruvchilar yetib borib, fuqaroni sog‘-salomat qutqarib olishgan.
10:39 / 28.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

Temiryo‘l chiptalari sotuvida ortiqcha undirilgan to‘lovlar qaytariladi

“Temiryo‘lda yo‘lovchi tashish xizmatlari bo‘yicha qo‘mita chiqargan qaror sud instansiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi …
15:36 / 30.06.2025
DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

DXX tomonidan Namanganda qalbaki dollar savdosi fosh qilindi

Holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, …
10:38 / 01.07.2025
AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

AQSh Oliy sudi tug‘ilganlik orqali fuqarolik berish masalasida Tramp qarorini qo‘llab-quvvatladi

Ushbu farmon Qo‘shma Shtatlardagi noqonuniy muhojirlarning mamlakatda tug‘ilgan bolalariga fuqarolik berishni taqiqlaydi.
14:18 / 28.06.2025
Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

Qimmatbaho metallarga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida xabar bergan shaxslar rag‘batlantiriladi

YATTlarga zargarlik buyumlarini sotish faoliyati bilan shug‘ullanishga ruxsat etiladi.
16:50 / 30.06.2025
1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

1-iyul kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
16:22 / 30.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!