Soʻrgʻich yordamida yigʻlayotgan bolani osongina tinchlantirsa boʻladi. Hozir soʻrgʻichlarning koʻplab xillari mavjud. 0 oydan 3 oylikkacha, 6 oylikkacha, hattoki, muddatidan oldin tugʻilgan bolalar uchun ham soʻrgʻichlar ishlab chiqariladi. Lekin ularning orasidan qaysinisini tanlash kerak? Quyida sizga soʻrgʻich tanlash uchun kerak boʻladigan zaruriy tavsiyalarni berib oʻtamiz.
Lateks yoki silikon?
Zamonaviy soʻrgʻichlar ikki xil materialdan ishlanadi: silikon va lateks. Ularning ikkalasi ham kauchuk daraxtining sharbatidan olinadi. Lateks soʻrgʻichlar koʻpchilikka bolaligidan tanish boʻlishi mumkin. Biroq ular hozirgi kunda juda kam ishlab chiqariladi. Chunki silikonli soʻrgʻichlarga qaraganda ularning sifati ancha past.
Lateks soʻrgʻichlarning kamchiliklari:
– Tez-tez sterilizatsiya qilinishi tufayli tez yirtiladi va yoriladi. Shu sababdan koʻpga chidamaydi;
– Ulardan kauchuk daraxtining ta’mi seziladi;
– Lateksda oʻsimlik sharbati boʻlgani uchun unda allergiya chaqiruvchi oqsillar mavjud.
Silikonda esa bunday kamchiliklar kuzatilmaydi: ular shaffof va ta’msiz, hech qanday allergik reaksiyalarni keltirib chiqarmaydi hamda uni uy sharoitida bemalol dezinfeksiya qilish mumkin. Ammo lateks soʻrgʻichlar yumshoqligi tufayli chaqaloqlarga koʻproq ma’qul keladi.
Ba’zi onalarning lateks mahsulotlarining afzal bilishining sababi ularning tabiiy kelib chiqishi hisoblanadi. Garchi aslida bu "tabiiylik" nisbiy boʻlsa-da, chunki oʻsimlik materiallarini qayta ishlashda unga ogʻir metallar va boʻyoqlar muqarrar ravishda qoʻshiladi. Bugungi kunda tobora koʻproq ota-onalar shu sababdan lateks soʻrgʻichlardan voz kechishmoqda.
Klassik, anatomik, ortodontik
Soʻrgʻich tanlashning yana bir yaxshi usullaridan biri – bu uning tuzilishi. Doʻkonlarda ushbu uch xil turdagi soʻrgʻichlar sotiladi.
Klassik soʻrgʻichlarning uch qismi shar shaklida ishlangan. Aynan shunday soʻrgʻichlardan buvilarimiz foydalanishgan. Mutaxassislar esa soʻrgʻichlarning bunday turi bola uchun toʻgʻri kelmaydi deb hisoblashadi.
Anatomik soʻrgʻichlar tomchisimon boʻlib, ular chaqaloq uchun juda qulay. Uning simmetrik shakli tufayli chaqaloq har ikki tomonlama ham ogʻizga togʻri keladi. Sal kattaroq bola esa uni bemalol ogʻziga sola oladi.
Ortodontik soʻrgʻichlarning koʻrinishi ona koʻkragiga oʻxshaydi. Uning soʻrish jarayonida choʻziluvchanligini saqlab qolishi hisobiga tishlarga zarar yetmaydi. Aynan shunday turdagi soʻrgʻichlarni shifokorlar koʻproq tavsiya qilishadi.
Soʻrgʻichning qoʻshimcha aksessuarlari
Himoya qutisi. Soʻrgichni himoya qiluvchi saqlash qutisi. U yordamida siz ba’zi soʻrgʻichlarni mikrotoʻlqinli pechda ham sterilizatsiya qilishingiz mumkin.
Tutqich. Ushbu aksessuar soʻrgʻichni yerga tushib ketishdan saqlaydi. uchib ketmaydi. Ammo bola zanjir yoki dantelga oʻralib qolmasligi uchun uni doimiy tarzda nazorat qilish talab qilinadi.
Sifatsiz soʻrgʻichning belgilari:
Tashqi koʻrinishida notekislik, chuqurliklar va boshqa shikastlanish kabi nuqsonlar boʻlgan soʻrgʻichni xarid qilmang. Ushbu nuqsonlardan soʻrgʻichda hatto bittasi boʻlsa ham undan foydalanib boʻlmaydi.
Chaqaloq uchun xavfli komponentlar: bisfenol A (BPA harflari bilan yoziladi) va ftalatlar. Plastmassa ishlab chiqarishda ishlatiladigan bu aralashmalar chaqaloqlar uchun zaharli hisoblanadi.
Odatda, soʻrgʻichlar qaynatib dezinfeksiya qilinadi, lekin bu notoʻgʻri. Bu ularning xizmat qilish muddatini kamaytiradi. Aslida soʻrgʻichlar 2 oyda bir marotaba almashtirilishi zarur.
Muhim nyuans: ishlab chiqaruvchilar koʻpincha soʻrgʻichlarning “ortodontik” va “anatomik” nomlarni sinonim sifatida qoʻllashadi. Shuning uchun yaxshisi, ularni tashqi koʻrinishiga qarab tanlagan ma’qul.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!