$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
32° Kechasi 19°

Haydovchi piyodaga yordam ko‘rsatmay hodisa joyidan ketib qoldi

18:33 / 03.01.2020

Joriy yilning 1-yanvar kuni soat 08:00 larda, Surxondaryo viloyati Angor tumanidan o‘tgan M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1425-km.da, noma’lum haydovchi noma’lum transport vositasi bilan piyoda, Angor tumanida yashagan, 1989-yilda tug‘ilgan D.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. Natijada piyoda D.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Qiziriq tumanida yashovchi, 1980-yilda tug‘ilgan Sh.B. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumi avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

O‘zbekiston Respublitkasi IIV YHXBB Axborot xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobilida, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Achinarlisi, haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay hodisa joyidan ketib qolgan.

Hurmatli haydovchilar, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirish, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yo‘lakay transport vositasida jo‘natish, buning imkoni bo‘lmagan hollarda o‘z transport vositasida olib borish haydovchining majburiyatlariga kirishini unutmang.


Bu ham qiziq

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda ayblandi

Botir Qodirov mualliflik huquqini buzganlikda ayblandi

Sud jarayonida Botir Qodirov Abdusamiyning she’rlarini o‘zining to‘rtta kompozitsiyasiga kiritganligi aniqlandi.
19:21 / 06.05.2025
Yangi tashkil etiluvchi ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi

Yangi tashkil etiluvchi ta’lim tashkilotlari faoliyati ikki bosqichda yo‘lga qo‘yiladi

Prezident farmonga ko‘ra, 2025-yil 1-iyuldan yangi tashkil etiladigan ta’lim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish ikki b…
12:23 / 07.05.2025
O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

O‘zbekistonda sirtqi ta’lim bo‘yicha qabul butunlay to‘xtatildi

Prezidentning “Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha cho…
22:03 / 06.05.2025
O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

O‘zbekistonning 8 ta hududida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning  8-11 may kunlari kutilayotgan yomg‘…
18:52 / 07.05.2025
7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

7-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 19-21 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
22:14 / 06.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etiladi

“Ta’lim sifatini ta’minlash va ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar t…
10:34 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ilhom Aliyev  9-may kuni Moskvada bo‘lib o‘tuvchi bayramga borishdan bosh tortdi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev G‘alabaning 80 yilligini nishonlash uchun Moskvaga borishdan bosh tortdi. Bu haqda Rossiy…
21:57 / 07.05.2025
Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” uch kunga yopiladi

Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” uch kunga yopiladi

“G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasida Xotira va qadrlash kuniga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uning tarkibidagi “Sho…
18:34 / 06.05.2025
8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

8-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 21–23 daraja, kunduzi 33–35 daraja bo‘ladi.
22:46 / 07.05.2025
Tramp Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb qayta nomlamoqchi

Tramp Fors ko‘rfazini Arab ko‘rfazi deb qayta nomlamoqchi

AQSh prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazi nomini o‘zgartirib, uni Arabiston yoki Arab ko‘rfazi deb atashni rejalashtirmoqda…
13:09 / 07.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!