$
12654.13 UZS
67.72
161.18 UZS
0.76
14817.99 UZS
59.17
35° Kechasi 21°

Odamlar uchishga qo‘rqadi – aerofobiyani qanday qilib bartaraf etish mumkin? 

23:54 / 09.05.2020

Har 100 nafardan taxminan 40 odamda parvoz haqidagi fikr ijobiy hissiyotlarni qo‘zg‘amaydi. Kimdir gohida uchraydigan terrordan xavotir olgancha, o‘zining qo‘rquvlarini atrofdagilardan yashirib, samolyot bortiga yaqinlasha olmasdan jim turadi. Yana kimdir esa aeroport ostonasidan hatlab ham o‘ta olmaydi. Bu yoqimsiz belgilar aviasayohat boshlanishidan ancha oldin paydo bo‘ladi. Ammo asta-sekinlik bilan rivojlana borib, odamni jazavaga tushirib qo‘yadi.  

Aerofobiyaga yo‘liqqanlar (aerofoblar) turli darajadagi jismoniy yoki ma’naviy noqulayliklarni his qilishadi. Soddaroq qilib aytiladigan bo‘lsa, o‘zini yomon his qilishdan boshlab jazavaga tushishgacha boradi.  Ayniqsa, balandlikdan qurquvchilar o‘zini juda yomon his qilishadi: ularga parvoz haqida o‘ylashning o‘zi yetarli bo‘ladi – birpasda badanlari jimirlab, boshdan oyoqqa qadar qora terga botib ketishadi. 

Aerofobiya – qiyin davolanadigan kasallik. Shuning uchun yoqimsiz asoratlar qoldiradi. Shu tufayli odamlar uzoq yurtlarga sayohatlardan, amaliyotlardan, ish safarlaridan voz kechishadi.  Bundan tashqari, oilaviy va jamoaviy muammolarni ham keltirib chiqaradi. Hamkasblar aviafobni “boplab qo‘yish” maqsadida o‘zlari ishtirok etgan parvoz vaqtidagi noqulayliklar, yonidagilarning ahvoli, aqldan ozdiruvchi turbulentlik haqidagi bir juft voqeani kulib, xursand bo‘lib hikoya qilib berishadi. Aviafobning turmush o‘rtog‘i hayron: samolyotda 11 soatda uchib borish mumkin bo‘lgan manzilga 8 kun vaqt sarflash lozimmi? Shunday ekan ichki qo‘rquvni – parvoz qo‘rquvini mavh etish kerak. Ammo bu tuyulganidek oson ish emas. 
 
Kasallik sabablari
Parvoz paytida ehtiyot bo‘lishlari kerak bo‘lgan insonlar – yurak kasalliklari bilan og‘ruvchilardir. Parvoz paytida samolyot 14 000 metr balandlikkacha ko‘tarilishi mumkin. Bu paytda samolyot yorilib ketmasligi uchun ichki bosim pasaytiriladi, qo‘nayotganda esa yana atmosfera bosimiga tenglashtiriladi – shuning uchun ham ko‘tarilish va qo‘nish paytida quloqlar tiqilib qolganga o‘xshaydi.  Bu jarayonda odamning qon bosimi o‘zgaradi. Agar yurak-qon tomir tizimi ojizroq bo‘lsa, organizmning odatiy ish jarayoni o‘zgaradi – umumiy ahvolning, qon aylanishining yomonlashuvi va boshqa asoratlar oqibatida infarkt yuzaga kelishi mumkin.

Sog‘lom odamlarning fobiyasi asosli emas. Uning sabablari o‘ylab topilgan. Ular orasida eng keng tarqalgani – aviafalokatlar haqida yillar davomida to‘planib kelgan axborotlardir. Inson miyasi shunday tuzilganki, qachonlardir olgan salbiy emotsiyasini uzoq vaqtgacha saqlab qo‘yadi. Odam nimanidir ko‘rganida yoki eshitganida uzoq yillar mobaynida miyada saqlanib kelayotgan ana o‘sha salbiy axborot darrov yuzaga chiqadi.  

Ko‘pgina yo‘lovchilarda turbulensiya qo‘rquv paydo qiladi. Ular samolyotning chayqalishi yo‘nalishdan chiqib ketganlik yoki yaqinlashayotgan ofat belgisi, deb o‘ylashadi.  Bunday vaziyatlarda tinchlanib olish uchun bir stakan suvga qarash kifoya – uning chayqalishi samolyot chayqalishiga monand bo‘ladi. Hali shu paytgacha uchragan birorta havo oqimi bironta samolyotga zarar yetkazmagan. Yaxshisi, ro‘yxatdan o‘tayotganda uchuvchi kabinasiga yaqin joydan o‘rin ajratishlarini so‘ragan ma’qul. U yerda turbulentlik darajasi dum qismiga qaraganda ancha kam.
  
Ajablanarlisi, vahima hissi aqlli va farosatli odamlarda ko‘proq bo‘lar ekan. Ularning mustaqilligi, o‘ziga ishonchigina turli noxush fikrlarga, harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi. Muvaffaqiyatli odamlarning o‘z hayotlarini uchuvchiga, ekipajga, muhandis va dispetcherlarga ishonishi juda qiyin. Ular o‘zlari uchun o‘zlari javob berishga ko‘nikib ketishgan.     

Klaustrofobiyaga yo‘liqqanlarga faqat hamdard bo‘lish mumkin. Agar poyezd yoki avtobusda sayohatga chiqqan bo‘lsangiz, keyingi bekatda tushib qolib, yengil nafas olish va yo‘lda davom etish mumkin. Ammo samolyotda istaysizmi-yo‘qmi, ulkan kapsulaga xuddi sizga o‘xshagan yana 100 odam qamalgan bo‘ladi. Vaziyatni o‘zgartirish ham, derazani ochib chalg‘ish ham mumkin emas.

Ayrim birinchi marta parvozga shaylangan qiziquvchilar samolyotning tuzilishi haqida kitoblar o‘qish va videolar tomosha qilish kerak, deb hisoblashadi. Agar shunday bo‘lsa, inson ongida parvoz haqida ma’lum tasavvurlar hosil bo‘ladi va har qanday tanish yoki notanish tovush paydo bo‘lganida aerofobiya shakllana boshlaydi. O‘z farzandlari haqida qayg‘uruvchi ota-onalarga, sevishganlarga buni eslatib qo‘yish darkor: kim uchundir javobgar bo‘lar ekansiz, hadeb tashvishlanmaslik, xavfni bo‘rttirib, kuchaytirmaslik kerak.    
Mening bir tanishimning turmush o‘rtog‘i aviahalokatda vafot etganidan so‘ng umuman samolyotlarda uchmay qo‘ydi. Ayrimlar germetik zich samolyotga chiqa olishmaydi, chunki ular yopiq maydondan qo‘rqishadi. Yana birovlar esa terrorizm, aviahalokatlar aks etgan dahshatli tasvirlardan keyin samolyotlardan voz kechishadi. Yerda xavfsizroq, degan xulosaga kelishadi.    
 
Statistikaga ko‘ra, 11-sentabrdagi fojiadan keyin har sakkizinchi amerikalik mutlaqo uchmay qo‘ygan. Ishonmasligingiz mumkin, hatto sobiq uchuvchilarning 35 foizida aviafobiya mavjud ekan.  Agar bolalarcha qo‘rquv yoki boshdan kechirilgan emotsiyalar chuqur ildiz otib ketgan bo‘lsa, unda fobiyaning shakllanishi 100 foiz kafolatlanadi.
  
Bu dunyoda hech narsa abadiy emas!
Parvozga ahd qilganlar ko‘ngillarida paydo bo‘lgan fobiya bilan turlicha kurashadi. Fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklariga uchayotganimda yuzlarida taranglik aks etgan bir necha odamni kuzatdim. Qo‘shnim, 15 yoshlardagi qiz qo‘lida 2 ta tabletkani “kutilmagan vaziyatlar uchun”, deya mahkam ushlab olgandi. Asabiylashgan holatda jurnal varaqlar ekan, tinchlanib olishga urinar va menga fobiya unga meros qolganini aytardi. Yonma-yon o‘tirgan onasi ham buni inkor etmadi: “Biz agar fojia sodir bo‘lsa tanamiz kresloda qolishi va yaqinlarimiz bizni oson tanib olishi uchun kamarlarni iloji boricha mustahkamroq bog‘lashga harakat qilamiz”, dedi. Bunday gaplardan keyin eng tinch yo‘lovchi ham xayolida dahshatli manzarani jonlantirganicha, qo‘rquvdan qaltiray boshlaydi.

Keyingi qatorda o‘tirgan erkak esa salondagi yo‘lovchilarni biroz bezovta qildi: samolyot turbulent hududiga tushganida shunaqangi baqirib yubordiki, hamma yo‘lovchi qo‘rqib ketdi. Tinchlanib olganidan keyin, uni doimo tungi dahshatlar bezovta qilishi, hozir esa samolyot katta tezlikda qulayotgani va tirik qolishning imkoni yo‘qligi tushiga kirganini ko‘zlarida yosh bilan gapirib berdi. Chin dildan Allohga ishonuvchilarning qo‘rquvni yengish usuli – duo. Keyingi paytlarda qo‘llarida tasbeh bilan nimanidir pichirlab o‘qiyotganlar yo‘lovchilar orasida ko‘payib qoldi. 

Rossiya reyslaridan mast odamlarni sudrab chiqish odati paydo bo‘lib qoldi. Odamlar pasport nazoratidan o‘tganidan ichishni boshlashadi, bortda davom ettirishadi – samolyot osmonga ko‘tarilganidan qo‘shnisining yelkasiga bosh qo‘yganicha xurrak otishni boshlashadi. Aerofobiyaga qarshi kurashning bu usuli yaxshi, biroq salomatlikning zavoli – alkogolning salbiy ta’siri yerdagiga qaraganda osmonda juda xavfli. 

Ko‘plar uyda qolishni afzal bilishadi. Misol uchun, mening sobiq hamkasbim hamma vaqt chet el safarlarining hamma turlarini insor etgan. Hatto oiladagilari ham uni ta’til kunlarida uchishga majbur eta olishmagan. Hamkasbimda darhaqiqat, fobiya mavjud, lekin o‘zi juda ham aqlli va muomalali odam, sayohatni – zarurat, deb hisoblamaydi. “Menga qaysi mamlakat qayerda joylashgani va u nimasi bilan mashhurligini bilish uchun “dunyo bo‘ylab” ko‘rsatuvlari va geografik jurnallarning o‘zi yetarli”, deydi u. 

Samolyot bortiga o‘tirganlar o‘zlarini turli narsalar bilan mashg‘ul qilishlari – krossvord yoki sudoku ustida bosh qotirishlari, musiqa eshitishlari yoki kichik ekranli televizor orqali film tomosha qilishlari mumkin. Agar fojia haqida eslatuvchi har qanday narsa qo‘rquv chaqiradigan bo‘lsa, unda kislorodli niqobdan, qutqaruv jiletlaridan va shishirilgan trapdan qanday foydalanishni o‘rgatuvchi film va instruksiyalarni ko‘rish kerak emas. Shunday katta balandlikdan tushib, tirik qolish imkoni yo‘q, bunday axborotlar yordam berolmasligi aniq.

Agar jiddiyroq mulohaza qilib ko‘radigan bo‘lsak, parvoz vaqtidagi falokatlarga qaraganda, aeroport yo‘llaridagi falokatlar 7-8 baravar ko‘p. Masalan, o‘tgan yili Rossiyada avtomobil halokatidan 35 000 kishi vafot etgan – kichik shaharcha aholisiga teng. Avtobus, trolleybus, tramvay, poyezd, metro – bu transport turlarining hammasi minglab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan.
  
Aerofoblar qanday sayohat qilishadi?
Aerofoblar uchib borish zarur bo‘lgan shahar yoki mamlakatga bormaslik uchun ming xil bahonalar o‘ylab topishadi. Buni hatto tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Agar manzilga poyezd va avtobusda borish mumkin bo‘lsa, muammo yo‘q. Biroq kontinentlararo bo‘lsa-chi? Aytaylik, Afrika va Avstraliya oralig‘ida ulkan suv hududi yastanib yotadi. Hatto dengiz va okeanlar ham haqiqiy aerofoblarni fikridan qaytara olmaydi. Ular portgacha 3 ta poyezdga, undan keyin suv havzasini kesib o‘tuvchi laynerga, so‘ngra yana ikkita yer ustida harakatlanuvchi transportda sarson bo‘lib yurishga tayyor. Maqsad 2-3 haftadan keyin amalga oshadi. Juda ham uzoq va toliqtiradigan jarayon emasmi? Ehtimol, o‘z-o‘zimiz bilan kurashib, bu kasallikni davolaganimiz afzal emasmi?
   
Aerofobiyani davolash tamoyillari
Aviafobiyadan xalos bo‘lish uchun mustaqil ravishda davolanish mumkin, biroq mutaxassisga murojaat qilgan afzal. Eng oddiy davolash – kurslar. Kurslarda aerofoblar barcha zarur materiallar bilan ta’minlanadi: kitoblar, disklar, turli qo‘llanmalar – va ularning muvaffaqiyatlari hafta sayin nazorat qilib boriladi. Odatda bunday dasturlarda nafaqat terroristik qism va ruhshunos bilan suhbat, balki amaliyot ham o‘tiladi. Amaliyot jarayonida ular aeroportlarga, avia-muzeylarga borishadi, hatto uchuvchi- sinovchilar maktabidagi sinov parvozlarini kuzatishlari ham mumkin. Internetdan turli klinikalar va dasturlarni topish mumkin, faqat tanlash qoladi, xolos.  

Agar darslarga qatnash uchun vaqt topilmasa, mustaqil ravishda ham fobiyadan davolanish mumkin. Asosiysi – do‘stlardan, yaqinlardan yordam so‘rash kerak bo‘ladi. Ularning qo‘llab-quvvatlashi ruhiy jarohatdan asray oladi. Ana undan keyin aviaparvozlarga bo‘lgan munosabatni asta-sekinlik bilan ijobiy tuyg‘ularga aylantirish mumkin. Samolyotlar, ularning tuzilishi haqidagi bir juft kitob yoki illyustratsiyali ensiklopediyalar dastlabki bosqich vazifasini o‘taydi. Rangli suratlar juda qiziq narsalarni aks ettiradi-ki, qo‘rquv nimaligi sezilmaydi ham. Aviatexnika bilan bog‘liq kompyuter o‘yinlarini sotib olish mumkin. Bu o‘zini uchuvchi chifatida tasavvur qilish va parvoz zavqini his qilishning ajoyib imkoniyati.  

Aviakonstruktorlar va ularning kashfiyotlari haqidagi teleko‘rsatuvlar hatto eng ashaddiy aviafoblarni ham bee’tibor qoldirmaydi. Bundan tashqari, ularning o‘zlari ham maxsus to‘plam sotib olib, ayrim uchuvchi samolyotlarning modellarini yig‘ib olishlari mumkin. Ehtimol, o‘shanda o‘zlarining yangi yasagan modellariga tikilib, zavqlanishgach, haqiqiy samolyotlarda uchish unchalik ham qo‘rqinchli bo‘lmas?  
 
Darvoqe, kasallikni davolashning ajoyib imkoniyati – uncha katta bo‘lmagan samolyotda uchish yoki haqiqiy qiruvchi samolyotda adrenalin hosil qilish. Bunday xizmatlarni taklif qiluvchi firmalar bor.  Faqat jazm qila olish kerak. To‘g‘ri, boshqa har qanaqa kasallik singari, aviafobiyani ham davolash kerak. Qanchalik jiddiy davolansa, qaytalashi shunchalik kamayadi.

Aviafobiyaga qarshi kurashda yordam beruvchi bir necha havolalarni tavsiya etamiz:
AirSafe.com – undan kitoblar, disklar haqida zarur axborotni topish mumkin. 
Anxieties.com – sobiq uchuvchi va ruhshunos Pen Em parvozning yoqimli bo‘lishi uchun maxsus to‘plamni tavsiya etadi. To‘plam 7 disk, 2 buklet va  14 ta ilovadan iborat.  
Fearofflyinghelp.com – sobiq uchuvchi tomonidan ishlab chiqilgan onlayn dastur bo‘lib, tarkibiga kattalar va bolalar uchun turli foto, video, audio-fayllar, virtual sayohat va bir qancha illyustratsiyalar kiritilgan.   
Fearless-flight.com – dasturdan haqiqiy voqealar aks etgan kitob va har bir odamga bortda zarur bo‘ladigan narsalar ro‘yxati, shuningdek, tinchlantiruvchi musiqa diski joy olgan.  
Fofc.com – aviafobiyadan aziyat chekuvchilarni davolovchi klinika sayti. Uning dasturi o‘quv terapiyasini taklif etadi.
Feartakesflight.com – to‘rt qadamli dastur. Maxsus maktabda birinchi mustaqil parvozga tayyorlaydi.  
Fearofflying.com – SOAR kompaniyasi, odamlarga o‘z xastaligini davolashga yordam beradi. Maslahatlarni hatto telefon orqali ham taklif etadi.
  
Parvozdan qo‘rqish kerak emas, yerda undan ham xavfliroq-ku. Axir metrodagi teraktlar, qotillar, o‘pirilib tushgan binolar haqidagi xabarlarni eshitganingizdan keyin ko‘chaga chiqmay, ishxonaga bormay qo‘ymaysiz-ku. Parvozdan oldin mustaqil davolanishga harakat qiling. Tinchlantiruvchi dori ichib oling. Ruhingizni tushirmasdan samolyot bortiga chiqing. Har bir parvozdan zavqlanishni o‘rganing.

Navfalbek Boltayev tayyorladi


Bu ham qiziq

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi pora bilan ushlandi

Hozirda mazkur favqulodda vaziyatlar qutqaruvchilariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168, 211-moddalari bilan jinoyat ishlari…
09:16 / 28.06.2025
Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Andijonda aholi xonadonlaridan birida yong‘in sodir bo‘ldi

Hozirda yong‘in sodir bo‘lish omillari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
17:34 / 29.06.2025
Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Farg‘onada xorijga ishga yuborishni va’da qilib, 10 500 dollar olgan MChJ rahbari ushlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘t…
11:55 / 26.06.2025
Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

Iyul oyining ilk kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 30-iyun–2-iyul kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
12:12 / 29.06.2025
Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ziplayn va kanatli park qurish rejalashtirilgan tuman va shaharlar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda tadbirkorlik subyektlarining tog‘li va cho‘l hududlarda ziplayn xizmatlari va kanatli park (taypark) ekstremal…
16:46 / 29.06.2025
Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi

Prezident matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga tabrik yo‘lladi

“Hozirgi vaqtda sun’iy intellekt texnologiyalarining shiddat bilan rivojlanayotgani jurnalistika uchun katta imkoniyatlar oc…
09:57 / 27.06.2025
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxs Polshadan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

“O‘zbekistonda jinoyat sodir etgani uchun xalqaro qidiruvga berilgan A.A. Polshadan mamlakatimizga ekstraditsiya qilindi”, –…
17:00 / 28.06.2025
Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Tehron uranni boyitish niyatidan voz kechmagan

Eron uranni boyitish huquqiga ega va bu faoliyatni to‘xtatishni rejalashtirmayapti.
09:46 / 30.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi

Topuriya yengil vaznning yangi chempioniga aylandi.
10:06 / 29.06.2025
Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkentda qariyb 2 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalangan novvoyxona va kafel sexi aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,9 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan tadbirkorlar aniqlandi. Bu haqda “Hududgazta’minot”…
13:08 / 28.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!