$
12858.15 UZS
-58.95
159.71 UZS
-0.43
14505.28 UZS
44.59
31° Kechasi 18°

Humo va Uzcard kartalari uchun bitta terminaldan foydalanish mumkin bo‘ladi

14:13 / 28.12.2021

Markaziy bank Humo va Uzcard to‘lov tizimlarining joriy yildagi o‘zaro integratsiyalashuvi birinchi bosqichini yakunlanganini maʼlum qilmoqda.

Endilikda har ikkala tizim terminallarida to‘lovlarni qabul qilish amaliyoti joriy qilinadi. Yaʼni, ilgari terminallarda cheklovlar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bitta terminalda ham Humo, ham Uzcard kartalariga xizmat ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.

MB xabariga ko‘ra, terminal har ikkala turdagi kartalarni qabul qilishni boshlashi uchun uni yangilash kerak va yaqin vaqt ichida banklarga bunday yangilashni amalga oshirish uchun zarur ko‘rsatmalar beriladi.

Shuningdek, integratsiya memorandumi doirasida Humo va Uzcard quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlikni davom ettirishi aytildi:

– karta egalari, banklar, to‘lov tashkilotlari va chakana savdo shoxobchalarining manfaatlarini himoya qilish;

– texnologiyalarni takomillashtirish va naqd pulsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirish infratuzilmasini kengaytirish;

– to‘lov infratuzilmasining ishonchliligi va axborot xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish.

 


Bu ham qiziq

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yuqori Darxon” MFY, Beltepa ko‘chasida bir-biriga …
10:55 / 19.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025
19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
05:52 / 19.05.2025
O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Ikkinchi o‘rin 5 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza bilan mezbonlarga nasib etdi. Italiya 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta b…
20:18 / 17.05.2025
“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” yangi hafta boshida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi

“O‘zgidromet” hafta boshida, 19—21-may kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi.
18:20 / 17.05.2025
So‘nggi sutkada Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

So‘nggi sutkada Isroil hujumlari natijasida G‘azoda 150 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

18-may kuni Isroilning G‘azo sektoriga bergan zarbalari oqibatida kamida 151 kishi halok bo‘ldi.
09:47 / 19.05.2025
O‘zbekiston 2025-yilda qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston 2025-yilda qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazishni rejalashtirmoqda

O‘zbekistonda yil oxirigacha qurilish materiallari eksportini 1,2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘z…
19:44 / 19.05.2025
30-iyundan Rossiyaga kirish uchun QR kod talab qilinadi

30-iyundan Rossiyaga kirish uchun QR kod talab qilinadi

Vizasiz tartibda Rossiyaga kelayotgan chet el fuqarolari 30-iyundan boshlab “Gosuslugi RuID” mobil ilovasi orqali oldindan r…
12:47 / 19.05.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik arala…
10:12 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!