Sergeli-8 mavzesida ayol 3 nafar voyaga yetmagan bolasi bilan birga oʻzini 9-qavatdan tashlagan. Oqibatda ayol va uning besh, toʻrt va bir yoshli farzandlari voqea joyida vafot etgan.
Hodisa 2023-yil 3-aprel kuni soat taxminan 19 da Sergeli tumanining 8-mavzesida sodir boʻlgan.
Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, 27 yoshli A.D farzandlari, 2018-yilda tugʻilgan S.Y, 2019-yilda tugʻilgan S.A va 2022-yilda tugʻilgan S.R.ni qasddan oʻldirish maqsadida, ularni yotoqxona derazasi oldiga olib borgan.
Avval 5 yoshli farzandi S.Y hamda 4 yoshli S.A.ni 9-kavatdan birin-ketin derazadan tashlab yuborib, soʻng kichik farzandi S.R.ni olib, oʻzi bilan birga sakrab, oʻz joniga qasd qilgan.
Ayol va farzandlari olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!