$
12865.05 UZS
16.67
116.73 UZS
-3.34
13550.76 UZS
38.12
Kechasi

Budda koʻrinishidagi nok, bir bosh uzum $10 000: dunyodagi eng qimmat mevalar

16:22 / 29.11.2022

Qimmatbaho degan taʼrifni nafaqat taqinchoqlar va zamonaviy buyumlar, balki ayrim turdagi meva hamda rezavorlarga nisbatan ham ishlatish mumkin. Boisi, ularning narxi haddan tashqari qimmatdir. Bir qarashda bogʻdorchilikning mazkur namunalari odatiy mevalardan katta farq qilmaydi. Ammo ularning tashqi koʻrinishi, mazasi, maxsus yetishtirish sharoitlari sizni hayratga solishi mumkin. Bu turdagi mevalar siz uchun qiziqmi? Unday boʻlsa bogʻbonlar tomonidan yetishtirib koʻrilgan hayratlanarli va qimmatbaho mevalar bilan tanishing.

Roʻyxatimizni Budda shaklidagi va donasi 9 dollardan boʻlgan nok mevasidan boshlaymiz. Mazkur meva Xitoyda yetishtirilgan boʻlib, xitoylik fermerlardan biri tomonidan Xebey provinsiyasida patentlab ham olingan.

Meva shunday koʻrinishga kirishi uchun uni plastik qolip ichiga solib qoʻyadilar, meva yetilgan paytida Budda haykalining mitti koʻrinishini aniq takrorlaydi. Afsonalarda aytilishicha, ushbu mevadan totib koʻrgan har bir inson abadiy hayotga erishar emish. Tan olish kerakki, ajoyib marketing usuli!

Bunday topqirlikdan keyin meva savdosi hajmining oshib ketganini ham taxmin qilish qiyin emas. Shu tariqa meva muallifi yaxshigina daromadga ega boʻlib oldi.

Sekai ichi dunyodagi eng qimmat olma mevasi hisoblanishidan xabaringiz bormi? U nafaqat mazali, balki juda katta koʻrinishga ega hamdir. Meva haddan tashqari chiroyli koʻrinishda, nomi yapon tilidan tarjima qilinganda “Dunyodagi birinchi raqamli olma” degan maʼnoni anglatadi.

Bu turdagi bitta olamning narxi 21 dollarga teng. Quti ichida esa atigi 28 ta olma terilgan boʻladi.

Ushbu antiqa nav 1970-yilda Yaponiyada oʻylab topilgan boʻlib, yapon seleksionerlari olamning eng shirin taʼmli ikki turini oʻzaro chatishtirish oqibatida yangi navni hosil qilishning uddasidan chiqqanlar. Olmaning bittasi 900 gramm tosh bosadi. Uni Yaponiya oʻlkasida 50 yildan beri yetishtirib keladilar. Bogʻlarga qoʻl mehnati bilan maxsus naychalar orqali oʻgʻit solib chiqiladi. Albatta, bu kabi ogʻir va mayda qoʻl mehnati tufayli mevalarning narxi ham yuqorilab ketgan. Yaponlar mazkur olmalarni tansiq neʼmat sifatida qabul qilib, uni faqat bayramlardagina tanovul qilishni afzal bilishadi.

Reytingimizdagi navbatdagi meva Dekopan yoki Sumo deya ataluvchi sitrus meva sanaladi. Uning bitta oʻrami narxi 80 dollarga teng, oʻram ichida 6 dona meva boʻladi.

Meva ulkan mandaringa oʻxshab yetadi. Uning poʻstloq qismi gʻadir-budir, toʻq sariq rangda va etidan osonlik bilan ajraladi. Uni mandarin va apelsin qorishmasiga ham qiyoslash mumkin. Taʼmi haddan tashqari mayin hamda shirin, sitrus mevalarda boʻlgani kabi eti orasida yupqa tolachalar ham yoʻq. Aslida ular bor, ammo haddan tashqari yupqa va koʻzga koʻrinmaydi.

Mazkur gibrid Yaponiyada hosil qilingan bo‘lib, odatda uni maxsus issiqxonalar ichida, barqaror harorat bilan yetishtiradilar.

Hosil yig‘ib olingach, uni alohida haroratda, 30 kun davomida saqlab turishadi. Ushbu vaqt ichida uning tarkibidagi shakar miqdori sezilarli darajada oshar ekan.

Ulkan qirollik qulupnayi deya nom olgan mazkur rezavorning bir qarashda oddiy qulupnaydan farqi deyarli yo‘qdek. Ammo ushbu qulupnay turini qo‘l mehnati bilan bittalab, qolgan yuzlab rezavorlar ichidan tanlab, terib olishadi. Gap shundaki, mazkur qulupnay turi mukammal shakl va o‘lchamga ega bo‘ladi. Odatda ularni Yaponiyadagi hashamatli meva do‘konlarida, xususan mamlakat poytaxti Tokioda sotishadi. Bu kabi qulupnayning bitta o‘rami narxi 69 dollarga teng. O‘ram ichida esa 12 dona qulupnay joylashgan bo‘ladi. Siz uchun qiziqarli bo‘lishi mumkin, ammo bu kabi baland narxlar xaridorlarni o‘zidan nari ketkazmaydi, aytishlaricha, do‘konlar kun davomida 50 ta o‘ram mahsulot sotar ekan.

Bu esa kub shaklidagi tarvuz. Uning bir donasi 800 dollar narxida sotiladi. Ushbu tarvuzni ham yapon fermerlari yetishtirgan boʻlib, uning asl vatani Yaponiyaning Sikoku oroli hisoblanadi. Tarvuzni maxsus kub shaklidagi qoliplar ichida yetishtiradilar. Bu esa yegulikka oʻziga hos koʻrinish beradi. Aytganday, mazkur soha vakillarining taʼkidlashlaricha, bu kabi tarvuzlar odatiy tarvuzlar kabi mazali boʻlmaydi. Gap shundaki, kub shaklidagi tarvuzlarni parvarish qilish haddan tashqari qiyin. Ularga kerakli shaklni tarvuzlar hali yetilmasdan turib berib boʻlish kerak. Shu sababli toʻrtburchak shakldagi tarvuzlarni odatda isteʼmol qilish uchun emas, balki pazandachilik vitrinalari uchun bezak sifatida sotib oladilar. Kub shaklidagi tarvuzning bittasi 6 kilogramm tosh bosadi. Moskva shahrida esa uni 25-30 ming rubl evaziga xarid qilish mumkin ekan. Qizigʻi, shunda ham mahsulotga boʻlgan talab kamaymaydi. Fikrimizga, bu yangilikka intiluvchi kreativ insonlar uchun ajoyib taklif. Ular oʻz tomorqalaridagi tarvuzlarni ham aynan shunday noodatiy koʻrinishida yetishtirishlari mumkin. Buning uchun uni shaffof koʻrinishdagi plastik qolipga solib qoʻyish kifoya.

Ushbu qimmatbaho ananaslar esa Buyuk Britaniyaning eng mashhur botanika bogʻlarining birida, “Xeliganning yoʻqotilgan bogʻlari” hududida yetishtiriladi. Uning bitta mevasi narxi 1600 dollarga teng boʻlib, mazkur ananasni yetishtirish jarayoni insondan katta mehnat talab qiladi.

Meva haddan tashqari uzoq muddat davomida pishib yetiladi, bundan tashqari uni bir necha bor boshqa joyga koʻchirib oʻtkazish ham kerak boʻladi.

Mevalar uchun ot goʻngidan maxsus oʻgʻit tayyorlanadi, keyin esa aralashma har bir meva daraxti ostiga solib chiqiladi. Bu turdagi mevalarning eng qimmati oxirgi bor 15 ming dollar evaziga sotilgan edi.

Taiyo Tamago deya ataluvchi mango mevasi oʻzining oval shakli tufayli ham “Quyosh tuxumi” deya nom olgan. Ikkita mevadan iborat boʻlgan toʻplam narxi 3000 dollar turadi. Mango sotuv rastalariga qadar yetib kelishi uchun maxsus talablarga javob berishi kerak. Unga koʻra, mevalarning har biri 350 grammdan kattaroq boʻlishi va tarkibidagi shakar miqdori ham yuqori ekanligi isbotlanishi lozim. Bu turdagi mango mevasini faqatgina auksionlar orqali xarid qilishadi.

Diqqatingiz markazidagi qirmizi uzum ham yapon seleksionerlari tomonidan yetishtirilgan. “Rim rubini” deya nom olgan ushbu uzum shodasining narxi 4000 dollar turadi. Bu bir kilogramm emas, bir bosh uzumning narxi, tasavvur qilyapsizmi? Ammo narx borasidagi koʻrsatkichlar shuning oʻzi bilan chegaralanmagan. Misol uchun yaqindagina Yaponiyaning Sikava hududida boʻlib oʻtgan auksionda “Rim rubini” uzum navining bir boshi salkam 10 000 dollar evaziga sotib yuborilgan.

Mazkur uzum navi faqatgina Yaponiyada yetishtiriladi. Uzum oʻz narxiga mos ravishda oʻta goʻzal koʻrinish va yorqin qizil rangga ega.

Uning bitta donasi vazni 20 grammga teng boʻlib, ayrim holatlarda 30 grammgacha boʻlishi ham mumkin. Uzum donasining kattaligi esa stol tennisi koptokchasi bilan teng keladi. Savdoga chiqarilgan uzum tarkibidagi shakar miqdori 18-22 % boʻlishi shart qilib belgilangan.

Qora rangli densuke tarvuzi dunyoning faqat bir joyida – Yaponiyaning Xokkaydo orolida oʻsadi. Qop-qopa rang bilan qoplangan tarvuzning ogʻirligi 11 kilogrammgacha yetishi mumkin. Qora tarvuz hosili 10 ming donadan oshmaydi. Oʻziga hos koʻrinish va kamyoblik uning narxini yanada koʻtarib yuboradi.

Odatda bu turdagi bir dona tarvuz narxi 250 dollarga teng boʻladi. Uning eng katta namunasi oʻlkadagi auksionda 6000 dollar evaziga sotilgan ekan. Tarvuz oʻta sershira va shirin taʼmli pushtirang et qismiga ega. Ustki qismida esa birorta ham chiziq koʻzga tashlanmaydi. Shu sababli koʻp hollarda mazkur tarvuzni qora rangli sharga qiyoslaydilar. Yaponlar ushbu tarvuz turini juda qimmatbaho sovgʻa deb bilishadi.

Yubari navi qovunlari 1961-yilda Yapon seleksionerlari tomonidan ikkita navni chatishtirish yoʻli bilan hosil qilingan. Bular Angliya hamda Amerika navlari edi. Bu kabi qorishuv esa yangi navga noodatiy va yorqin taʼm bagʻishlay oldi. Qovunning taʼmi mutlaqo oʻziga hos. Unda nordon va shirin taʼm qorishmasining mavjud ekanligini aytishadi.

Qovun etining rangi yorqin sariq tusda. Qovunning narxi haddan tashqari qimmat ekanligi va bittasi 10 000 dollargacha boʻlishi mumkinligiga qaramay, Yubari qovunlari katta oʻlchamlari bilan boshqa qovunlardan ajralib turmaydi.

Yubarining ogʻirligi odatda 700 grammgacha boʻlishi mumkin. Nari borsa 1,5 kg chiqadi.

Qovun faqatgina issiqxonalarda, Yaponiyaning Xokaydo orolida yetishtiriladi. Bu yerda ularni maxsus  soyabonlar bilan quyoshdan himoya qilib turadilar.

Mukammal koʻrinishdagi dumaloq shaklga ega boʻlgan qovun poʻstidagi mayda yoriqlar qadimgi yapon kulolchiligi sanʼati namunalarini yodga soladi. Eng qizigʻi, tarixdagi eng qimmat yubari qovuni auksionda 27 ming dollar evaziga sotilgan ekan.


Qiziqarli


														
														Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

Yaponiyada odamlarni yuvadigan kir mashina yaratildi

2025-yil aprel oyida Osaka shahrida bo‘lib o‘tadigan Butunjahon ko‘rgazmasida insonlar foydalanishi uchun mo‘ljallangan kir …
14:41 / 23.11.2024

														
														2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

2024-yilning eng yaxshi pishlog‘i aniqlandi

“Yilning eng yaxshi pishlog‘i” nomli an’anaviy xalqaro tanlov Portugaliyaning Vizeu shahrida o‘tkazildi.
10:26 / 20.11.2024

														
														“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

“Titanik”dagi kapitanning soati auksionda sotildi

Henry Aldridge and Son auksion uyining xabar berishicha, “Titanik”ning 700 dan ortiq yo‘lovchisini qutqargan “Karpatiya” kem…
10:22 / 18.11.2024

														
														Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

Dunyodagi eng qimmat zumrad kimoshdi savdosida sotildi

CBS News nashrining xabar berishicha, shahzoda Sadriddin Og‘axon III ning Cartier broshidan zumradlari kimoshdi savdosida so…
09:34 / 16.11.2024

														
														Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Qo‘shni davlatda 85 mln yillik dinozavr qoldiqlari topildi

Tojikistonning So‘g‘d viloyati Kansay qishlog‘ida dinozavrlarning boy majmuasi, terizinozavrlar qoldiqlari topildi.
10:00 / 13.11.2024

														
														Marsda qadimiy okean izlari topildi

Marsda qadimiy okean izlari topildi

Xitoylik planetologlar “Chjunjun” marsoxodi Mars sayyorasida taxminan 3,5 milliard yil oldin ulkan okean bo‘lganini tasdiqlo…
09:54 / 11.11.2024

														
														Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Amir Temur hayoti haqida eski qo‘lyozma topildi

Bu haqda Tojikiston Milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Badriddin Maqsudov ma’lum qildi. Qo‘lyozma To…
12:25 / 10.11.2024

														
														132 yil oldin yozilgan maktub topildi

132 yil oldin yozilgan maktub topildi

BBC nashrining xabar berishicha, Shotlandiya janubidagi Korsvoll mayog‘i devorlari ostidan ichida 132 yil avval yozilgan mak…
12:20 / 10.11.2024

														
														Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai yangi texnologik tankni taqdim etdi

Hyundai kompaniyasi yaqinda vodorod dvigateliga ega bo‘lgan, dron va avtopilot funksiyasi bilan jihozlangan yangi turdagi “H…
09:29 / 06.11.2024

														
														Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

Velosiped haydayotganda telefondan foydalangan shaxslar endi qamaladi

BBCning ma’lumotiga ko‘ra, endi Yaponiyada velosiped haydab ketayotib, mobil telefondan foydalangan fuqarolar olti oygacha q…
16:44 / 04.11.2024

Bu ham qiziq

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 5 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Bu haqda Toshkent shahar IIBB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
21:09 / 28.11.2024
660 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

660 mln so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan novvoyxona aniqlandi

Xabar yuzasidan Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi matbuot xizmati xab…
11:59 / 30.11.2024
16 yoshli bola “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib halok bo‘ldi

16 yoshli bola “Chorsu” mehmonxonasining 21-qavatidan tushib ketib halok bo‘ldi

Marhum Ye.Yegayni vafot etganligi holati yuzasidan sudga oid tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
10:47 / 30.11.2024
“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

“3,5 milliard odam og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklaridan aziyat chekmoqda” – JSST

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti yangi hisobot berdi. Unga ko‘ra, og‘iz bo‘shlig‘i patologiyalari — yuqumli bo‘lmagan kasa…
12:56 / 30.11.2024
3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamaldi

3 yoshli bolani shafqatsizlarcha pichoqlab o‘ldirgan shaxs 24 yilga qamaldi

Ayblanuvchi jazo muddatining 20 yilini qattiq tartibli koloniyada o‘taydi.
15:50 / 29.11.2024
O‘zbekistonda qaysi hududlarda meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi pastligi aytildi

O‘zbekistonda qaysi hududlarda meva-sabzavotni qayta ishlash darajasi pastligi aytildi

Unda meva-sabzavotni qayta ishlash Qoraqalpog‘iston, Navoiy, Xorazm, Sirdaryo va Jizzaxda respublika ko‘rsatkichidan pastlig…
19:45 / 28.11.2024
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish to‘g‘risida Xitoy bilan muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish to‘g‘risida Xitoy bilan muzokara o‘tkazdi

Bu haqda prezidentning JST masalalari bo'yicha maxsus vakili Azizbek Urunov xabar berdi.
20:44 / 29.11.2024
Avtobus yo‘lagida qoida buzganlar katta jarimaga tortilishi mumkin

Avtobus yo‘lagida qoida buzganlar katta jarimaga tortilishi mumkin

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilayotgan o‘zgartish bilan jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘la…
12:41 / 30.11.2024
“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

“O‘zgidromet” tezkor ogohlantirish bilan chiqdi

Ta’kidlanishicha, respublikaning ko‘plab hududlarida 30-noyabr va 1-dekabrda qor yog‘ish hodisalari kuzatiladi.
11:48 / 29.11.2024
O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Turkmanistondagi yangi elchisi tayinlandi

Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
09:59 / 29.11.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!