Moʻgʻuliston poytaxti Ulan-Bator shahrida “Katta Dubulgʻa” turkumiga kiruvchi nufuzli turnir davom etmoqda.
Bugun umumiy mukofot jamgʻarmasi 154 00 yevroni tashkil etuvchi musobaqaning ikkinchi kungi final bellashuvlari oʻtkazildi.
-73 kg vazn toifasidagi ikkinchi bronza medali uchun kechgan bahsda Oʻzbekiston terma jamoasining ikki vakili — Shahram Ahadov va Obidxon Nomonov oʻzaro bellashishdi.
Murosasiz kechgan oʻzbekcha derbida Nomonov gʻalaba qozonib, Ulan-Bator “Katta Dubulgʻa” turnirining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, -70 kg vazn toifasidagi bronza medali uchun kechgan bahsda esa terma jamoamizning tajribali dzyudochisi Gulnoza Matniyazova qozogʻistonlik Zere Bektashkizini magʻlubiyatga uchratib, Ulan-Bator “Katta Dubulgʻa” turnirining bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston terma jamoasi bugungi kun bahslarini 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Jamoamiz hisobida hozircha 1 ta oltin, 2 ta bronza medali bor.
Ertaga ogʻir vazn toifasidagi dzyudochilarimiz medallar uchun kurashga kirishadilar.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Diyora Keldiyorova Diyora Keldiyorova ikkinchi marta “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi boʻlgani haqida xabar berilgan edi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!