AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi viza uchun ma'muriy to‘lov miqdorining oshirilishi 2023-yil 30-may kunidan emas, 2023-yil 17-iyundan e'tiboran kuchga kirishini ma'lum qildi.
AQSh turistik viza toifasiga hamda petisiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to‘lov miqdori 160 AQSh dollaridan 185 AQSh dollariga ko‘tariladi. Petitsiya asosida bo‘lgan (H, L, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma'muriy to‘lov miqdori 190 AQSh dollaridan 205 AQSh dollariga ko‘tariladi.
Vizaga murojaat etish bo‘yicha batafsil ma'lumotga rasmiy uz.usembassy.gov/visa va travel.state.gov/visas veb-sahifalari orqali ega bo‘lishingiz mumkin.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!