$
12980.16 UZS
44.89
161.63 UZS
1.16
14606.57 UZS
239.37
38° Kechasi 22°

O‘zbekiston bozorlarida sabzi narxi iyun oyiga nisbatan 5 barobarga arzonladi

11:57 / 10.11.2021

O‘zbekistonda noyabr oyidagi sabzining narxini 2021-yil iyun oyi bilan taqqoslaganda 4-5 barobargacha tushgan. 

20-iyun holatiga ko‘ra, 1 kg sabzining o‘rtacha chakana narxi 6000-10000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bugungi kunda (2021-yil oktyabr-noyabr) 2000 so‘mgacha tushdi, dalaning o‘zidagi o‘rtacha xarid narxi esa 1 kg sabzi uchun 1000-1500 so‘m atrofida baholanmoqda.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi sabzining narxi 2022-yil bahorida kutiladigan yangi hosilga qadar shu darajada saqlanib qolishini prognoz qildi.

Qayd etilishicha, 2021-yili barcha toifa xo‘jaliklarida sabzi jami 124,4 ming gektar (o‘tgan yilga qaraganda, 18,2 ming gektarga ko‘p) maydonda ekildi. 2021-yilda yetishtirilgan 2 mln tonnadan ortiq hosildan (o‘rim-yig‘im ishlari davom etyapti) asosiy qismi ichki bozor ehtiyojlarini qondirishga yo‘naltirilgan.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi bergan ma’lumotga ko‘ra, 2021-yili 7,6 mln AQSH dollariga teng sabzi mahsuloti 9 davlatga eksport qilingan. Mahsulot asosan Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Rossiyaga shuningdek, Tojikiston, Belarus, Chexiya, Ukraina, Koreya Respublikasi va BAA davlatlariga yetkazib berilgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston aholisining sabzi mahsulotiga bo‘lgan yillik ehtiyoji 700-800 ming tonnani tashkil etadi. 


 


Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida 45 million AQSh dollariga teng bo‘lgan 16 ta bitim imzolandi

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxobov boshchiligidagi mamlakatimiz ishbilarmon doiralari vakillaridan iborat delegatsiy…
19:00 / 13.05.2025
Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

Nursulton Nazarboyevning rafiqasi vafot etgani haqidagi xabarlar rad etildi

14-may kuni Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning turmush o‘rtog‘i Sara Nazarboyeva 84 yoshida vafot etg…
17:34 / 14.05.2025
Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Bank xodimi yer maydonini 200 mln so‘mga pullayotganda ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazi…
12:01 / 15.05.2025
Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Jizzaxda 4,7 mlrd so‘mlik elektrni talon-toroj qilgan fermer xo‘jaligi aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
17:47 / 14.05.2025
Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Eron AQSh bilan yadro kelishuvini imzolashga tayyor

Mamlakat rasmiylari iqtisodiy sanksiyalar bekor qilinsa bu bitimga erishish mumkinligini ma’lum qilgan.
12:16 / 15.05.2025
Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Deport qilinganlarga 2 yil mobaynida xorijga chiqish pasporti berilmaydi

Agar biror o‘zbekistonlik fuqaro chet elda noqonuniy qolgan, vizasi tugagan, deportatsiya qilingan shaxs O‘zbekiston tomonid…
11:18 / 14.05.2025
Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Trampning oilaviy biznesi bir oy ichida 2 mlrd dollar daromad qildi

Тhe New York Times yozishicha, Donald Tramp prezidentlik lavozimiga qaytgach, uning oilaviy biznesi foyda ko‘ra boshladi.
11:02 / 15.05.2025
“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

“Yangi o‘quv yilidan maktab direktorlari, o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining ish haqi 7-10 million so‘mdan oshadi”– Mirziyoyev

Maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda 1,5 million yangi o‘rinlar yaratilgan.
13:57 / 15.05.2025
Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

Mubashshir Ahmadning O‘zbekistonga deportatsiyasi rasman tasdiqlandi

O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan xalqaro qidiruvga e’lon qilingan 1974-yilda tug‘ilgan, fuqaro Tursunov Alisher Ahmado…
14:30 / 13.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakilini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakil…
19:41 / 13.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!