$
12584.05 UZS
12.15
143.80 UZS
-0.03
13535.40 UZS
69.64
35° Kechasi 21°

Yashash uchun eng qulay shaharlar reytingi e’lon qilindi

16:57 / 30.06.2024

Britaniyaning “The Economist’’ jurnali tahliliy bo‘limi dunyoning yashash uchun eng qulay shaharlari reytingini e’lon qildi.

Reytingda dunyoning 173 shahri barqarorlik, atrof-muhit, sog‘liqni saqlash, infrastruktura va ta’lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha 100 balli tizimda baholangan.

Vena ketma-ket uchinchi yil yashash uchun eng qulay shahar deb topildi. Avstriya poytaxti barqarorligi, yaxshi infratuzilmasi, sifatli ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmati, shuningdek, ko‘plab madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar tufayli o‘z yetakchiligini saqlab qolmoqda.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Kopengagen va Syurix egalladi. Eng yaxshi o‘nlikka, shuningdek, Melburn, Kalgari, Jeneva, Sidney, Vankuver, Osaka va Oklend kirdi.

Reytingda so‘nggi o‘rinni Suriyaning Damashq shahri egalladi. Bundan tashqari, yashash uchun noqulay shaharlari o‘ntaligiga Tripoli, Jazoir, Lagos, Karachi, Dakka, Xarare, Port-Morsbi, Kiyev va Karakas kirdi.

Toshkent ham reytingning eng quyi pog‘onalarida qayd etilib, 173 mamlakat ichida taxminan 157-o‘rinni egallagan.

“Umuman olganda, so‘rovnomamizda keltirilgan 173 ta shahar bo‘yicha o‘rtacha ball 100 tadan 76,1 ga ko‘tarildi. Yaxshilanish juda kichik bo‘lib, geosiyosiy mojarolar, tartibsizliklar va ko‘plab shaharlardagi uy-joy inqirozi bunga ta’sir o‘tkazdi. Yaqin Sharqdagi vaziyat Tel-Avivni reytingda keskin pastga tushirdi, Rossiya va Ukraina o‘rtasida davom etayotgan urush esa Kiyevning eng quyi o‘nta shaharlar qatorida saqlab qolinishiga sabab bo‘ldi. Yevropada qishloq xo‘jaligidan tortib immigratsiya siyosatigacha bo‘lgan sabablarga ko‘ra noroziliklar kuchayishi mintaqadagi shaharlarning barqarorlik ko‘rsatkichlariga putur yetkazdi. Shu bilan birga, ko‘plab mamlakatlarda yashash xarajatlarining oshishi davom etyapti, uy-joy narxi qimmatlashishi inflyatsiyaga ta’sir qiluvchi elementlaridan biri sifatida paydo bo‘ldi. Vaziyat, ayniqsa, Avstraliya va Kanadada tashvish uyg‘otadi. Bu yerda ijaraga olinishi mumkin bo‘lgan mulkning mavjudligi eng past darajada bo‘lib, foiz stavkalarining oshishiga qaramay, uy sotib olish narxlari o‘sishda davom etyapti, bu esa immigratsiyaga qarshi kayfiyatni yanada kuchaytirdi”, - deyiladi hisobotda.

 


Lifestyle


														
														Haydovchi avtomobil eshigi barmog‘ini uzib yuborgani uchun BMW kompaniyasidan tovon puli undirdi

Haydovchi avtomobil eshigi barmog‘ini uzib yuborgani uchun BMW kompaniyasidan tovon puli undirdi

Jabrlanuvchiga tovon puli to‘lash to‘g‘risidagi qaror sud tomonidan qabul qilindi. Qayd etilishicha, Boateng bunday hukmdan …
12:38 / 03.07.2024

														
														Katta natijalarga olib keladigan 10 ta kichik odat

Katta natijalarga olib keladigan 10 ta kichik odat

Ulardan bittasi Haftada kamida 3-5 marta 20 daqiqa mashq qilish.
17:51 / 02.07.2024

														
														Issiq havoda qahva ichish xavflimi?

Issiq havoda qahva ichish xavflimi?

Yuqori haroratlarda issiq qahva ichish tananing qo‘shimcha isishiga olib kelishi mumkin.
16:01 / 02.07.2024

														
														Ilon Mask 11 ta tarixiy audiokitoblarni tavsiya qildi

Ilon Mask 11 ta tarixiy audiokitoblarni tavsiya qildi

SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask “har kuni Rim imperiyasi haqida o‘ylaydiganlarga yoqadigan” audiokitoblarni tavsiya qild…
14:56 / 02.07.2024

														
														Tabassum sizning kayfiyatingizni qanday yaxshilaydi: 4 miya mexanizmi

Tabassum sizning kayfiyatingizni qanday yaxshilaydi: 4 miya mexanizmi

Bu bizning miyamizning ishlash mexanizmlarida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
12:21 / 02.07.2024

														
														O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunga vizasiz rejimni joriy etdi

O‘mon o‘zbekistonliklar uchun 14 kunga vizasiz rejimni joriy etdi

“Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.
09:39 / 02.07.2024

														
														Smartfon va boshqa qurilmalarni quyoshda qoldirish xavfli - mutaxassis maslahati

Smartfon va boshqa qurilmalarni quyoshda qoldirish xavfli - mutaxassis maslahati

“Zamonaviy qurilmalar issiq yoz sharoitida ishlashga qodir, ammo ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida saqlamaslik ke…
09:27 / 02.07.2024

														
														Yaqinda WhatsApp 47 ta smartfon modelida ishlashni to‘xtatadi

Yaqinda WhatsApp 47 ta smartfon modelida ishlashni to‘xtatadi

Oqibatda ilovaning yangi funksiyalari yo‘qolishi mumkin.
16:33 / 01.07.2024

														
														MDHdagi qaysi davlat aholisi eng ko‘p kiberhujumga uchramoqda?

MDHdagi qaysi davlat aholisi eng ko‘p kiberhujumga uchramoqda?

Aksariyat mamlakatlarda hujumlar soni 2023-yil oxiriga kelib ko‘paygan.
15:35 / 01.07.2024

														
														Guseyn Gasanovning mulki Rossiyadagi katta qarzi tufayli musodara qilinmoqda

Guseyn Gasanovning mulki Rossiyadagi katta qarzi tufayli musodara qilinmoqda

Rossiya federal soliq xizmati sud orqali Guseynga tegishli Moskva Sitidagi uylarini musodara qilib, soliqlarni chiqarib olmo…
17:07 / 30.06.2024

Bu ham qiziq

Robotga tirik hujayradan tashkil topgan miya o‘rnatildi

Robotga tirik hujayradan tashkil topgan miya o‘rnatildi

Robot yurishni, turli to‘siqlardan qochishni, nishonlarni kuzatishni va narsalarni ushlashni o‘rganib ulgurgan.
17:23 / 03.07.2024
Prezident maktablariga kirish imtihonlari 7-iyul kuni boshlanadi

Prezident maktablariga kirish imtihonlari 7-iyul kuni boshlanadi

Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
11:14 / 04.07.2024
Isroil armiyasining G‘azodagi yo‘qotishlari 677 nafarga yetdi

Isroil armiyasining G‘azodagi yo‘qotishlari 677 nafarga yetdi

Armiya ma’lumotlariga ko‘ra, ikki isroillik askar og‘ir yaralangan.
15:10 / 04.07.2024
“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

“Wednesday” serialining ikkinchi mavsumi Irlandiyadagi eng qimmat filmga aylanadi

Ma’lum bo‘lishicha, serialning bosh rol ijrochisi Jenna Ortega ikkinchi mavsumga prodyuserlik ham qiladi.
16:10 / 04.07.2024
“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

“Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish litsenziyalanadigan faoliyatning alohida turi sifatida belgilandi

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita mazkur sohadagi litsenziyalovchi vakolatli organ sifatida belgilandi.
11:05 / 04.07.2024
6-iyuldan “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi bosqichiga start beriladi

6-iyuldan “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi bosqichiga start beriladi

“Tashabbusli byudjet” jarayonining 2024-yilgi II mavsumiga 6-iyuldan start beriladi!
10:19 / 04.07.2024
Taker Karlson Zelenskiy bilan intervyu bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

Taker Karlson Zelenskiy bilan intervyu bo‘lib o‘tishini e’lon qildi

Suhbatning aniq nashr sanasi oshkor etilmagan.
10:32 / 04.07.2024
Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

Ostona shahrida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpin bilan muzokara o‘tkazdi

Yetakchilar keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida ulkan yutuqlarga erishilganini ta’kidladila…
20:13 / 03.07.2024
Madina shahridagi Masjidi nabaviyga o‘rnatilgansoyabonlarni qaysi davlat ishlab chiqargan?

Madina shahridagi Masjidi nabaviyga o‘rnatilgansoyabonlarni qaysi davlat ishlab chiqargan?

Dizaynerlar bu soyabonlar ustida ishlayotganda islomiy arxitektura va naqshlardan ilhomlangan.
16:20 / 04.07.2024

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!