Qozog‘istonda zaharli o‘rgimchaklarning bosqini sabab kasalxonalardagi odamlar, chorva mollari nobud bo‘lmoqda. Bu haqda Tangrinews.kz xabar berdi.
Xabar berilishicha, Atirau viloyatida zaharli o‘rgimchaklar bosqini tufayli chorva mollari nobud bo‘lgan. Ular orasida 63 bosh tuya ham bor.
“Ushbu zaharli hasharotlar sonining ko‘payishi asosan qumli hududlarda kuzatilmoqda. Zaharli o‘rgimchak chaqishi natijasida 397 ta tuya zarar ko‘rgan. Ulardan 217 nafari davolangan, 117 bosh tuya esa hozirda davolanmoqda. Kasal va o‘lik hayvonlardan tahlillar olindi, ular veterinariya ekspertizasiga yuborildi”, - dedi Atirau viloyati qishloq xo‘jaligi va yer munosabatlari boshqarmasi matbuot kotibi.
Shu bilan birga, u kasal va o‘lik hayvonlar uchun kompensatsiya to‘lanmaganligini qo‘shimcha qilgan.
Mutaxassislar chorva mollari egalaridan tuyalar, otlar va sigirlarni zaharli hasharotlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan yaylovlarga olib chiqmasliklarini va hayvonlarda kasallik belgilari paydo bo‘lsa, darhol xabar berishlarini so‘rashmoqda.
Shuningdek, ko‘plab qishloqlar aholisi ham zaharli o‘rgimchaklar chaqishidan aziyat chekmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!