Kompaniyaga ko‘ra, UzAuto Motors‘ga magnitola yetkazib beruvchi Koreyaning “Humax” korxonasi pandemiya sabab mahsuotni yetkazib berishni nomaʼlum muddatga to‘xtatgan.
UzAuto Motors kompaniyasi avtomobillarni yetkazib berish muddatining uzayishi, konveyrlarning to‘xtab qolishi hamda ishchi o‘rinlarning qisqarishini oldini olish uchun boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilar tomonidan bunday sharoitlarda amalda qo‘llanilgan yagona to‘g‘ri qarorni qabul qilganini maʼlum qilmoqda: avtomobillar magnitolasiz ishlab chiqariladi.
Kompaniya bergan bayonotga ko‘ra, joriy yilning 19-yanvar kunidan avval tuzilgan shartnomalar bo‘yicha Chevrolet Lacetti va Cobalt avtomobillari “Humax” kompaniyasi tomonidan komponentlarni yetkazib berishdagi uzilishlar sababli, mijozlarga magnitolasiz yetkazib beriladi.
Ushbu vaziyatdan chiqish uchun magnitolasiz avtomobil xaridorlariga ikkita variant taklif etiladi:
– ishlab chiqaruvchi tomonidan magnitola qurilmasi hamda uning o‘rnatilish xarajatlarining qoplanishi bilan yaqin orada o‘z avtomobilini magnitolasiz olish.
– avtomobilni keyinchalik tekin qayta jihozlash bilan magnitolasiz olib ketish.
“Kompaniya xaridorlardan uzr so‘raydi. Sizni ishontirib aytadiki, yuzaga kelgan noqulaylikni minimallashtirish va har qanday vaziyatda murosa qilish uchun imkon qadar barcha ishlarni qiladi”, – deyiladi bayonotda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!