Joriy yilning 22-oktyabr kuni soat 06:20larda Chilonzor tumani Bunyodkor shoh ko‘chasida haydovchi 1985-yilda tug‘ilgan S.K. Lacetti rusumli avtomashinasini boshqarib kelayotib yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 2 nafar piyoda 1953-yilda tug‘ilgan S.K. va 1960-yilda tug‘ilgan K.S.larni urib yuborishi va rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi daraxt poyasiga to‘qnashishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida haydovchi va piyodalardan biri olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan. Yana bir piyoda esa 1960-yilda tug‘ilgan K.S. shifoxonaga olib ketilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!