Saida Mirziyoyeva UNFPAning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nigina Abaszade bilan uchrashuv oʻtkazdi.
“Muloqot davomida asosiy e’tibor ta’lim, sog‘liqni saqlash va inson kapitalini rivojlantirish masalalariga qaratildi. Bachadon boʻyni va koʻkrak bezi saratoniga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan davlat dasturi, shuningdek, onalar va bolalar oʻlimi mavzusini keng muhokama qildik. UNFPA tomoni ushbu sohalarda mamlakatimizga ekspertlik ko‘magi va texnik yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi” – deydi Prezident yordamchisi o‘zining telegram kanalida.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!