$
12957.14 UZS
29.97
156.56 UZS
0.83
14702.47 UZS
-15.11
37° Kechasi 21°

Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

08:35 / 24.04.2025

“Vajnie istorii” nashri bu haqda Yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimdan (EMIAS) olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqda.

Jurnalistik surishtiruvga ko‘ra, birgina Moskvada 2023-yil aprelidan 2024-yil mayigacha bo‘lgan davrda Rossiya armiyasiga 1500 dan ortiq xorijiy yollanma jangchilar jalb qilingan. Ularning barchasi yashash manzili sifatida Yablochkova ko‘chasi, 5-uydagi yagona saralash punktining manzilini ko‘rsatgan.

Jurnalistlar bu davr mobaynida Moskvadagi saralash punkti orqali ro‘yxatdan o‘tgan 1300 dan ortiq chet ellikning kelib chiqish davlatini aniqladi. Ko‘pchilik yollanma askarlar Janubiy va Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan (771 kishi). Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda sobiq Sovet Ittifoqi mamlakatlari (523 kishi) va Afrika davlatlari (72 yollanma) turibdi.

Rossiyaga eng ko‘p yollanma jangchilar Nepal davlatidan borgan bo‘lib, ularning aniqlangani soni 603 kishini tashkil etgan. 2023-yil noyabr oyida Nepal hukumati Rossiyadan fuqarolarini armiyaga yollashni to‘xtatishni so‘ragan bo‘lsa-da, yollash baribir davom etgan.

Rossiya uchun urushga borayotganlar orasida Moskva tomonidan “do‘st bo‘lmagan” deb e’lon qilingan davlatlar fuqarolari ham bor. Jumladan, AQSh (2 kishi), Latviya (4), Fransiya (2), Italiya (2) va boshqa mamlakatlarning fuqarolari rus qo‘shinlari safida xizmat qilish uchun shartnoma imzolagan. Yevropa qit’asi davlatlari orasida eng ko‘p yollanma jangchi Serbiyadan bo‘lib, ularning soni 8 kishini tashkil etgan. Serbiya Rossiyaga “do‘st” sifatida qaraladi.

Yana 71 nafar yollanma askar Yaqin Sharq davlatlaridan kelgan bo‘lib, Misr (31), Eron (7), Jazoir (7), Iroq (2), Suriya (1), Turkiya (1) va boshqalar shu jumlasidan.

Afrikaning ishsizlik va qashshoqlik yuqori bo‘lgan davlatlaridan 72 nafar odam urushga jalb qilingan. Bu mintaqada Gana (26), Kamerun (10) va Senegal (8) davlatlari yetakchilik qilmoqda.

“Vajnie istorii”ning xabar berishicha, Yablochkova 5-uy manzilida ro‘yxatdan o‘tgan o‘nlab xorijliklar Ukrainadagi urushda qatnashganini tasdiqlagan. Ulardan ayrimlari halok bo‘lgan yoki Ukraina asirligiga tushgan, boshqalari esa shartnoma muddatini o‘tab, Rossiya armiyasi saflaridan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lgan.

Jurnalistlarga ko‘ra, Moskvadagi saralash punktiga kelganlarning hammasi ham xizmatga kirishmagan — kamida 13 nafar chet ellik ko‘ngilli Rossiyani zudlik bilan yoki bir necha kundan so‘ng tark etgan.

 


Ukraina – Rossiya


														
														KXDR Rossiya safida o‘z qo‘shinlari ishtirok etayotganini tasdiqladi

KXDR Rossiya safida o‘z qo‘shinlari ishtirok etayotganini tasdiqladi

Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
10:36 / 28.04.2025

														
														Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

Putin Kursk viloyati to‘liq ozod etilganligini ma’lum qildi

“Rossiya armiyasi Kursk chegarasida dushmanni to‘liq tor-mor qildi”, — deb bayonot berdi Rossiya prezidenti Vladimir Putin, …
17:14 / 26.04.2025

														
														“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

“Rossiya tinchlik kelishuviga tayyor, lekin Zelenskiy bilan kelishish qiyin kechmoqda” — Tramp

AQSh prezidenti bu haqda Oq uyda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
11:15 / 24.04.2025

														
														Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

Ukraina bilan urushda Rossiya safida ellikka yaqin davlatdan kelgan yollanma jangchilar urushmoqda

“Vajnie istorii” nashri bu haqda Yagona tibbiy axborot-tahliliy tizimdan (EMIAS) olingan ma’lumotlarga tayanib xabar bermoqd…
08:35 / 24.04.2025

														
														Rossiya Ukrainaga Pasxa sulhini taklif qildi

Rossiya Ukrainaga Pasxa sulhini taklif qildi

NYT nashriga ko‘ra, Rossiya prezidentining bu qadami Trampning “toqatsiz ma’muriyatiga” RF hali ham muzokaralar olib borishg…
08:37 / 20.04.2025

														
														Ukrainaning xitoylik asirlari urush hududiga tushishni istashmagan

Ukrainaning xitoylik asirlari urush hududiga tushishni istashmagan

“Xitoylik asirlar bu haqda  Kiyevda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘zlab berishdi”, – deya xabar bermoqda “Ukrainskaya pra…
08:35 / 15.04.2025

														
														Zelenskiy Rossiya harbiylari safida kamida 155 nafar xitoylik borligini ma’lum qildi

Zelenskiy Rossiya harbiylari safida kamida 155 nafar xitoylik borligini ma’lum qildi

Uning so‘zlariga ko‘ra, yollangan xitoyliklar Moskvaga yetib kelgach, 3-4 kunlik tibbiy ko‘rikdan o‘tadi, so‘ngra 1-2 oylik …
12:20 / 10.04.2025

														
														Zelenskiy: Rossiya bolalar o‘limiga sabab bo‘layotganda jim turmaslik kerak

Zelenskiy: Rossiya bolalar o‘limiga sabab bo‘layotganda jim turmaslik kerak

Rossiya bolalarni ballistik qurollar bilan o‘ldirayotganini yashirish noto‘g‘ri va xavfli.
16:04 / 06.04.2025

														
														Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming nafardan oshdi

Rossiyaning Ukrainadagi yo‘qotishlari 900 ming nafardan oshdi

Bryusselda bo‘lib o‘tgan NATO tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi doirasida o‘tkazilgan brifingda alyansning yuqori martabali…
11:29 / 05.04.2025

														
														Zelenskiy: Rossiya G‘arbning urushni to‘xtatishga urinishlarini mazax qilmoqda

Zelenskiy: Rossiya G‘arbning urushni to‘xtatishga urinishlarini mazax qilmoqda

Zelenskiy Yevropani bu urushdan xulosa olib, Rossiyani jazosiz qoldirmaslikka chaqirgan.
10:16 / 01.04.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘l shartnomasini ikki yilga uzaytirdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston Hayraton temir yo‘li bo‘yicha tuzilgan shartnomaning amal qilish muddatini ikki yilga uzaytirdi. …
11:02 / 27.04.2025
Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Toshkentda qurilish mahsulotlari omborxonasi yonib ketdi

Yong‘in oqibatida tan-jarohati olganlar yo‘q.
08:55 / 28.04.2025
Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadada avtomobil festival ishtirokchilarini bosib ketdi

Kanadaning Vankuver shahridagi Filippin festivalida mashina olomonni bosib ketdi. Mahalliy politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, h…
19:12 / 27.04.2025
Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Laziz Qudratov Turkiyaning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashdi

Joriy yilning 22-aprel kuni investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratovning Turkiyaning O‘zbekistondagi Favqulodd…
09:35 / 27.04.2025
28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

28-aprel kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 20-22 daraja, kunduzi 36-38 daraja bo‘ladi.
20:32 / 27.04.2025
Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada G‘azoga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun 72 million dollar ajratdi

Kanada hukumati G‘azo sektoriga gumanitar yordam ko‘rsatish uchun BMTga 100 million Kanada dollari  (72 million AQSh dollari…
19:42 / 26.04.2025
Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkentda tanishini tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi

Toshkent shahrida fuqaroni tibbiyot institutiga o‘qishga kiritib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs 10 yilga qamaldi. Bu haqda Toshken…
13:04 / 27.04.2025
Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Uyqu yetishmovchiligi – yashirin epidemiya

Har kuni millionlab insonlar telefonga tikilgancha, tun yarmida ham uyg‘oq yurishmoqda. Kimdir ishdan charchagan, kimdir esa…
17:23 / 26.04.2025
O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

O‘zbekiston 3 milliard dollardan ortiq oltin eksport qildi

2025-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 3,57 milliard dollarlik oltin eksport qildi. Bu haqda statistika qo‘mitasi xab…
18:39 / 26.04.2025
Poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Poytaxtning 7 ta tumanidagi ayrim hududlarda issiq suv vaqtincha to‘xtatiladi

Yakkasaroy, Chilonzor, Shayxontohur, Mirobod, Yashnobod, Yunusobod va Sergeli tumanlarining ayrim qismlari aholisi ogohlanti…
09:46 / 28.04.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!