$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi

19:51 / 08.05.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga bayram tabrigi yo‘lladi. Bu haqda, Prezident matbuot xizmati e’lon qildi.

Avvalo, siz, azizlarni, ko‘pmillatli butun xalqimizni qutlug‘ ayyom – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk G‘alabaning 80-yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni bildirishdan baxtiyorman.

Mana shu hayajonli, ayni paytda iztirobli damlarda insoniyatni fashizm balosidan xalos etishga munosib hissa qo‘shgan qahramon ajdodlarimizni yod etib, ularning yorqin xotirasi oldida ta’zim qilamiz.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonni barpo etishda oltinga teng duolari, maslahatlari bilan faol ishtirok etib kelayotgan muhtaram urush va mehnat faxriylariga alohida qutlov va tashakkurlarimizni izhor etamiz.

Hech shubhasiz, tinch va farovon hayot posbonlari ulug‘lanadigan ushbu munavvar ayyomda mustaqillik yillarida Vatanimiz ozodligi, xalqimiz osoyishtaligini himoya qilish yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan jasur harbiylarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirish barchamiz uchun ham qarz, ham farzdir.

Aziz do‘stlar!

Bashariyat tarixidagi eng dahshatli qirg‘in bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi dunyo xalqlari, jumladan, el-yurtimiz boshiga solgan og‘ir musibatlar, mislsiz kulfat va yo‘qotishlar hech qachon unutilmaydi.

Bu – zamon va makon chegarasini bilmaydigan chinakam mardlik va qahramonlik solnomasidir.

Bunday muazzam, shonli zafarga munosib hissa qo‘shgan matonatli xalqimiz bilan har qancha faxrlansak, arziydi.  

Keyingi yillarda jonkuyar olim va mutaxassislarimizning ilmiy izlanishlari tufayli Ikkinchi jahon urushi tarixining yangi sahifalari bilan tanishmoqdamiz.

Hujjatlarning dalolat berishicha, fashizmga qarshi qonli janglarda o‘sha paytda 6 million 800 ming nafarni tashkil etgan aholimizning qariyb 2 million nafari ishtirok etgan. Shundan 540 mingga yaqini halok bo‘lgan, 158 ming nafari bedarak yo‘qolgan, 50 mingdan ortig‘i konslagerlarda mislsiz qiynoq va azoblar tufayli halok bo‘lgan, 60 mingdan ziyodi nogiron bo‘lib qaytgan.

O‘zbekistonlik askar va ofitserlardan 214 mingga yaqini jangovar orden va medallar bilan mukofotlangani, 301 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni degan yuksak unvonga, 70 nafardan ziyodi uchala darajadagi “Slava” ordeniga sazovor bo‘lgani, hech shubhasiz, yurtimiz vakillari tomonidan urush maydonlarida ko‘rsatilgan jasorat va matonatning yuksak amaliy e’tirofidir.

Mamlakatimiz urush yillarida frontning mustahkam ta’minot bazasiga aylangani, respublikamizdan jang maydonlariga juda katta miqdorda harbiy texnika, qurol-yarog‘, dori-darmon, kiyim-kechak, oziq-ovqat va boshqa zarur mahsulotlar yetkazib berilgani o‘sha suronli davrning yana bir unutilmas sahifasini tashkil etadi.

Urush olovi ichida qolgan hududlardan yurtimizga 170 dan ortiq zavod va fabrika ko‘chirib keltirildi, qisqa muddatda 280 ta yangi korxona bunyod etildi.

Xalqimiz g‘oyat og‘ir va murakkab sharoitda urush hududlaridan o‘lkamizga olib kelingan 1 million 500 mingga yaqin insonni, jumladan, ota-onasidan judo bo‘lgan 250 ming nafar yetim bolani bag‘riga olib, ularga mehr-muruvvat ko‘rsatdi.

Tarix kitobiga muhrlangan bunday misollarni bugun yana bir bor esga olar ekanmiz, har qanday vaziyatda ham insoniy e’tiqodiga sodiq qolgan olijanob va bag‘rikeng xalqimizning buyuk gumanistik fazilatlariga tahsin va tasannolar aytamiz.

Qadrli vatandoshlar!

So‘nggi yillarda qahramon ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, mardlik va matonatini chuqur o‘rganish va targ‘ib etish, yosh avlodni ularning shonli an’analari ruhida tarbiyalash bo‘yicha ko‘p ishlarni amalga oshirmoqdamiz.

Bu borada Toshkent shahrida bunyod etilgan G‘alaba bog‘i, hududlardagi “Vatanparvar” bog‘lari muhim rol o‘ynamoqda. Ushbu tabarruk maskanlar qisqa muddatda barcha yurtdoshlarimiz va chet ellik mehmonlar uchun qutlug‘ ziyoratgohlarga aylandi.

Ana shunday ezgu ishlarimizning davomi sifatida G‘alaba bog‘i hududida ona yurt qalqonlari sharafiga barpo etilgan yana bir tarixiy yodgorlik – Millat fidoyilari majmuasi ham, hech shubhasiz, g‘oyat muhim ahamiyatga ega.

Ishonchim komil, yuzlab marhum bahodir harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining nomlari zarhal harflar bilan muhrlab qo‘yilgan ushbu muhtasham badiiy obida el-yurtimiz chin dildan intiladigan va faxrlanadigan yana bir mo‘tabar maskan bo‘lib qoladi.

Hurmatli do‘stlar!

Bugungi kunda “Inson qadri uchun, inson baxti uchun” degan ezgu g‘oya hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda.

Bu yil Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming AQSH dollari miqdorida, ushbu toifaga tenglashtirilgan shaxslarga 25 million so‘m, mehnat fronti qatnashchilariga 3 million so‘mdan bir martalik pul mukofotlari va “Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 80-yilligi” yubiley medallari topshirilgani muhtaram faxriylarimizga e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir amaliy ifodasi bo‘ldi.

Urush faxriylari va nogironlari uchun tibbiy va ijtimoiy xizmatlar, jumladan, patronaj xizmati ko‘rsatilmoqda. Ular o‘z xohishlariga ko‘ra sanatoriylarda davolanmoqda.

Ushbu quvonchli kunlarda xalqimiz mo‘tabar keksalarimiz, urush va mehnat faxriylarini ziyorat qilib, ularning duosini olmoqda.

Tegishli vazirlik, idora va tashkilotlar, harbiy qismlar rahbarlari ishtirokida urush va mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining oila a’zolarining holidan xabar olinib, ularga zarur ko‘mak va yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Albatta, biz bugungi tinch, ozod va erkin hayot uchun o‘zining aziz jonini ham ayamasdan kurashgan bunday fidoyi insonlarning oldida doimo qarzdormiz. Ular bundan buyon ham davlatimiz va jamiyatimizning mehrini, e’tiborini his qilib yashaydilar.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Hozirgi murakkab va tahlikali zamonda yoshlarimizni barkamol insonlar etib tarbiyalash, diyorimizdagi tinchlik va barqarorlikni, millatlar va dinlararo ahillik va totuvlikni asrash yo‘lida qahramon ota-bobolarimizning Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘rsatgan sabot va matonati biz uchun hamisha ibrat maktabi, kuch va ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu unutilmas ayyomda siz, azizlarni, muhtaram faxriylarimizni, butun xalqimizni yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.

Yurtimiz tinch, xalqimiz doimo omon bo‘lsin!


O‘zbekiston


														
														16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
16:37 / 15.12.2025

														
														O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublika hududlarida 16-dekabrdan havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin…
15:08 / 15.12.2025

														
														O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025

														
														Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025

														
														“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025

														
														Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025

														
														AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025

														
														O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025

														
														15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Kunduzi yog‘ing…
15:17 / 14.12.2025

														
														O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

O‘zbekistonga xorijdan pul o‘tkazmalari hajmi 11 oyda 17,3 mlrd dollarga yetdi

Markaziy bankning Ichki valyuta bozori sharhida ma’lum qilinishicha, ushbu ko‘rsatgich o‘tgan yilning yanvar—noyabr oylariga…
12:32 / 14.12.2025

Bu ham qiziq

Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

Saida Mirziyoyeva Rimdagi “Insoniy birodarlik”–2026 mukofoti hay’atining yakuniy yig‘ilishida ishtirok etdi

“Hurmatli hay’at a’zolari bilan birgalikda mukofot sovrindorlarini saralash jarayonida qatnashganimdan xursandman”, – deb yo…
16:28 / 13.12.2025
Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Zelenskiy Berlinda AQSh va Yevropa vakillari bilan uchrashadi

Associated Press agentligining xabar berishicha, AQSh prezidenti Donald Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda kuyovi Ja…
16:29 / 14.12.2025
O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

O‘zbekistonda 318,3 mingta MChJ faoliyat yuritmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-dekabr holatiga O‘zbekistonda 405,5 mingta tijorat tashkilo…
16:40 / 14.12.2025
Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi…
11:09 / 14.12.2025
Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Hasanboy Do‘stmatov Jahon chempionatining eng yaxshi bokschisi deb topildi

Xalqaro boks assotsiatsiyasi (IBA) tomonidan tashkil etilgan nufuzli musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi safida 13 nafar bo…
17:03 / 14.12.2025
“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

“Elektron retsept” bosqichma-bosqich joriy qilinadi — SSV

Hujjatga muvofiq, tizim avvalo Toshkent shahri va 15 ta tajriba-sinov tuman hamda shaharlarda joriy etiladi.
10:59 / 15.12.2025
O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

O‘shda Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘cha ochildi

“O‘sh shahrida buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy haykali va uning nomi bilan atalgan shohko‘ch…
14:22 / 15.12.2025
Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil tomonidan XAMASning yuqori martabali rahbari yo‘q qilindi

Isroil Mudofaa kuchlari bayonotiga ko‘ra, 13-dekabr kuni Isroil kuchlari XAMASning qurol-yarog‘ ishlab chiqarish shtabi rahb…
10:36 / 14.12.2025
AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

AQShdagi otishmada o‘zbekistonlik talaba halok bo‘ldi

Bu haqda dastlab GoFundMe bergan xabarni O‘zbekiston TIV matbuot kotibi ham tasdiqladi.
09:08 / 15.12.2025
14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

14-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. G‘arbdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol es…
15:58 / 13.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!