$
12917.10 UZS
-48.24
160.14 UZS
-1.2
14460.69 UZS
-64.38
28° Kechasi 17°

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

09:53 / 18.05.2025

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, aslida tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan “Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom” bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.

“Aksincha oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.

Shu bilan birga, korporativ uslub va brend elementlari (logotip, rang sxemasi va h.lar) shakllantirish tashabbusi universitetlarni nafaqat mahalliy, balki xalqaro maydonda ham samarali targ‘ib etish, ularning raqobatbardoshligini oshirish hamda nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bunday yondashuv dunyo tajribasida ham ta’lim muassasalarining marketing strategiyasining muhim qismi sifatida qaraladi.

“Oliy ta’lim tashkilotlarida har bir talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari Konstitutsiya va amaldagi qonunchilikka muvofiq himoya qilinadi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik barcha axborot manbalarini mas’uliyat bilan yoritishga chaqiradi va rasmiy ma’lumotlarga tayanib harakat qilishni tavsiya etdi.


O‘zbekiston


														
														Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Rim papasi inauguratsiyasida O‘zbekiston vakili qatnashdi

Vatikanda 18-may kuni yangi Rim papasi Lev XIV ning lavozimga kirishish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistondan ham vakil…
11:00 / 19.05.2025

														
														Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda ikkita xonadonda yong‘in sodir bo‘ldi

Joriy yilning 16-may kuni soat 14:05 da Toshkent shahar, Sergeli tumani, “Yuqori Darxon” MFY, Beltepa ko‘chasida bir-biriga …
10:55 / 19.05.2025

														
														OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayot…
10:04 / 19.05.2025

														
														Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyada koloniyadan qochgan o‘zbekistonliklarga sud hukmi o‘qildi

Rossiyaning Lipetsk shahridagi koloniyadan 2024-yil yozida tunnel qazib qochib ketgan 6 nafar mahbusga sud hukmi o‘qildi.
08:32 / 19.05.2025

														
														19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

19-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 17-19 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
05:52 / 19.05.2025

														
														O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik snayperlar Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Turkiyada o‘tkazilgan “Eng yaxshi merganlar jamoasi” V xalqaro tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar oltin medalni qo‘lga kirit…
20:39 / 18.05.2025

														
														“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.
16:50 / 18.05.2025

														
														“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

“Sudya”likka da’vogarlik qilgan 2 nafar ichki ishlar xodimi katta miqdorda pora bilan ushlandi

DXX Call-markaziga murojaat qilgan Toshkent viloyatida yashovchi fuqarodan, viloyat ichki ishlar xodimining o‘z xizmat vakol…
14:00 / 18.05.2025

														
														“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

“So‘nggi qo‘ng‘iroq” 24-may kuni o‘tkaziladi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirlari o‘tkazilishi taqiqlangani, cheklovlar o‘rnatilgani haqida turli no…
13:35 / 18.05.2025

														
														OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabar rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi…
09:53 / 18.05.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

O‘zbekistonlik bokschilar umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi

Ikkinchi o‘rin 5 ta oltin, 3 ta kumush, 10 ta bronza bilan mezbonlarga nasib etdi. Italiya 3 ta oltin, 3 ta kumush va 1 ta b…
20:18 / 17.05.2025
Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

Bolalar uchun mo‘ljallangan kontentlar yaratuvchi yuridik shaxslar foyda solig‘idan ozod qilinadi

“Bolalar uchun mo‘ljallangan milliy kontentlar yaratish va ularni ommalashtirishni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘…
22:10 / 17.05.2025
Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkentda metan “zapravka” 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi. Bu haqda …
09:32 / 17.05.2025
“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

“Talabalar uchun forma joriy etilishi haqidagi xabarlar asossiz” — Oliy ta’lim vazirligi

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim vazirligi ma’lumot berdi.
16:50 / 18.05.2025
Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzaxda bozor yaqinidagi choyxona yonib ketdi

Jizzax viloyati, Jizzax shahar, “Xalqabod” MFYda joylashgan bozor yaqinidagi choyxonada yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risid…
14:23 / 17.05.2025
OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

OTMlarning kunduzgi ta’lim shaklida qancha talaba tahsil olayotganligi ma’lum qilindi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili boshida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayot…
10:04 / 19.05.2025
Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Suriya milliy valyutasini BAA va Germaniyada bosib chiqarishni rejalashtirmoqda

Reuters’ga ko‘ra, Suriya rasmiylari banknotlarni bosib chiqarishni BAA va Germaniyaga ko‘chirish imkoniyatlarini ma’lum vaqt…
13:47 / 17.05.2025
AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

AQShda migrantlar realiti-shouda mamlakat fuqaroligi uchun kurash olib boradi

Qo‘shma Shtatlarda The American nomli realiti-shousi tashkil etiladi.
11:47 / 17.05.2025
UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

UFC. Nursulton Ro‘ziboyev 4-g‘alabasini rasmiylashtirdi

Amerikaning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi UFC Fight Night turniri doirasida o‘zbekistonlik arala…
10:12 / 18.05.2025
18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

18-may kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Harorat kechasi 18-20 daraja, kunduzi 28-30 daraja bo‘ladi.
03:26 / 18.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!