$
12456.25 UZS
45.26
158.36 UZS
-0.02
14461.71 UZS
223.82
38° Kechasi 23°

O‘zbekistonda kuryerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi

12:25 / 23.06.2025

“Elektron tijoratda kuryerlik xizmati faoliyatini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Mazkur nizom Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 26-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektron tijorat sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Nizom elektron tijorat ishtirokchilari – sotuvchilar, xaridorlar, elektron tijorat operatorlari, yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar o‘rtasidagi munosabatlar shaffoflashuviga, xavfsiz, sifatli va standartlarga muvofiq yetkazib berish tizimini yo‘lga qo‘yishga hamda elektron tijoratda yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatishni huquqiy tartibga solishga qaratilgan.

Nizomga ko‘ra, kuryer tadbirkor hamda yetkazib berish xizmati operatorlari bilan mehnat shartnomasi va (yoki) fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida tovarlarni yetkazib beruvchi jismoniy shaxs, shu jumladan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs hisoblanadi.

Yetkazib berish xizmati operatorlari va kuryerlar, shartnomada nazarda tutilgan bo‘lsa, xaridorlardan tovar va (yoki) yetkazib berish xizmatlari uchun to‘lovlarni qabul qilishga haqli.  Bunda, nazorat-kassa texnikasini majburiy qo‘llash yoki elektron yoxud qog‘oz shaklida chek (kvitansiya) taqdim etilishi lozim. Yetkazib berish xizmati shartlari va parametrlari (muddati, narxi, to‘lov usullari, yetkazib berish hududi) buyurtma rasmiylashtirilayotgan paytda xaridorga ma’lum qilinishi shart.

Oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishda transport vositalari va termokonteynerlarni toza hamda soz holatda bo‘lishi, muntazam yuvilishi va dezinfeksiya qilinishiga amal qilish lozim.

Kuryerga quyidagilarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi, jumladan:

– tovarning qadog‘ini o‘zboshimchalik bilan ochish;

– xaridorlarning shaxsiy ma’lumotlari va yetkazib berilayotgan tovar haqidagi ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga oshkor qilish.

Yetkazib berish xizmatlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:

– ishonchlilik: tovarni tashish vaqtida uning butligini, iste’mol xususiyatlari va tovar ko‘rinishi saqlanishini ta’minlash;

– o‘z vaqtida yetkazish: xaridor bilan kelishilgan muddat va yetkazib berish intervallariga rioya qilish.

Kutilgan yoki yuzaga kelgan kechikishlar haqida xaridor o‘z vaqtida xabardor qilinishi shart:

– xavfsizlik: tovar, xaridor va kuryer xavfsizligini ta’minlaydigan barcha me’yor va qoidalarga rioya qilish;

– axborot berish: xaridorga yetkazib berish holatini kuzatish imkoniyatini (texnikaviy imkoniyat mavjud bo‘lsa) hamda kuryer yetib kelishining taxminiy vaqti haqida axborot olish imkonini yaratish.

 


O‘zbekiston


														
														O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston rahbarlari rafiqalari bilan daraxt ekishdi

25-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqalari…
12:58 / 25.06.2025

														
														O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

O‘zbekiston Barqaror rivojlanish hisoboti reytingida 19 pog‘ona ko‘tarildi

“Barqaror rivojlanish yechimlari tarmog‘i” xalqaro tashkiloti tomonidan 2025-yil uchun e’lon qilingan Barqaror rivojlanish h…
12:27 / 25.06.2025

														
														Sergelida Spark yonib ketdi

Sergelida Spark yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar bo‘lmagan.
11:27 / 25.06.2025

														
														Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
11:02 / 25.06.2025

														
														Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Shvetsiya o‘zbekistonliklarni qurilish, logistika, tibbiy xizmatlar bo‘yicha ishga qabul qiladi

Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
10:49 / 25.06.2025

														
														Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Banklarni sanatsiya qilish va tugatish tartibi belgilandi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish va tugatish sohasidagi vakolatli davlat organi bo‘ldi.
09:59 / 25.06.2025

														
														Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Toshkentda fuqaro xonadonida Nil timsohini noqonuniy saqlab kelgani aniqlandi

Huquqbuzarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 92 prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtiri…
09:23 / 25.06.2025

														
														Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025

														
														Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025

														
														Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi ko‘chalardan biri vaqtincha yopiladi

Bu haqda poytaxt Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
17:03 / 24.06.2025

Bu ham qiziq

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

O‘zbekistonda hafta o‘rtasida harorat pasayadi

“Haftaning birinchi yarmida O‘zbekiston hududiga janubdan yana quruq va issiq havo kirib keladi”, – deb xabar bermoqda “O‘zg…
14:35 / 23.06.2025
Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Netanyaxu Eronga hujum bilan G‘azodan dunyo e’tiborni chalg‘itgan

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Eronga hujumi bilan butun dunyo e’tiborini G‘azo sektoridagi voqealardan chalg‘itishga…
14:35 / 24.06.2025
Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Yaman husiylari Qizil dengizdagi AQSh harbiy kemalariga zarba bermoqchi

Bu haqda husiylar siyosiy byurosining a’zosi Muhammad al-Buheyti Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
16:47 / 22.06.2025
AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

AQSh Eronning ehtimoliy javob hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda

“Tramp ma’muriyati Erondan ehtimoliy qasos hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda, aynan keyingi 48 soat jiddiy xavotir uyg‘otmoqda…
15:34 / 22.06.2025
Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi oqibatida vafot etdi

Xabarlar yuzasidan Toshkent shahar IIB quyidagilarni ma’lum qildi.
16:26 / 23.06.2025
Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Andijonda erkak mototsiklchilarga pichoq bilan tahdid qildi

Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
18:03 / 24.06.2025
Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Mo‘g‘ulistonda Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Davlatimiz rahbarining Mo‘g‘ilistonga davlat tashrifi davom etmoqda.
17:17 / 24.06.2025
Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Urganch shahar prokuraturasi tergovchisi pora bilan ushlandi

Hozirda tergovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
11:02 / 25.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi JCh. Husanov maydonga qaytgan o‘yinda “Manchester Siti” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 2-tur uchrashuvida Angliyaning “Manchester Siti” klubi BAAning “Al-Ayn” jamoasiga qars…
09:49 / 23.06.2025
Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Sirdaryoda kanaldan 59 yoshli erkakning jasadi topildi

Bu haqda viloyat FVB xabar berdi.
14:55 / 24.06.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!