$
12593.77 UZS
90.78
158.49 UZS
2.55
14698.19 UZS
213.48
38° Kechasi 25°

Ulug‘bek Inoyatov: “Avaza”da o‘tgan konferensiya dengizga chiqish yo‘lida muhim ahamiyatga ega”

19:48 / 06.08.2025

“Dengiz yo‘li millatga, mamlakatga ulkan imkoniyatlar berishi haqida uzoq gapirish mumkin. Aytish mumkinki, xalqimizning eng buyuk intilishlaridan biri ham jahon yo‘liga chiqish, barcha mintaqa va davlatlar bilan do‘stona hamkorlik, bordi-keldi qilishdir.

Turkmanistonning “Avaza” milliy sayyohlik zonasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan mamlakatlar bo‘yicha uchinchi konferensiyasi shu ma’noda katta ahamiyatga ega. BMT Bosh kotibi janob Antoniu Guterrish, qator davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari strategik masalalarda o‘zaro fikr almashdi, taklif-tashabbuslar ilgari surildi.

Ma’lumki, O‘zbekiston dengiz kommunikatsiyalariga chiqish uchun boshqa davlatlar hududi orqali o‘tishi kerak bo‘lgan davlatlardan hisoblanadi. Dengiz portlariga chiqishimiz uchun bir qator muammolarga duch kelamiz. Birinchi va asosiy muammo – masofa uzoqligi – yaqin 3 ming km. Uzoq masofa bir qator obyektiv muammolarni vujudga keltirmoqda. Tariflarning yuqoriligini, transport yo‘laklari hamda infratuzilmalarning imkoniyati cheklanganini, boshqa davlatlarning bojxona-tranzit siyosatiga bog‘liqlik masalalarini hal etish o‘z-o‘zidan bo‘lmaydi.

Xalqaro statistik ma’lumotlarga ko‘ra, mintaqamizda logistika xarajatlari mahsulotlar umumiy narxining 60 foizigacha yetmoqda. Bu xalqaro miqyosdagi logistika xarajatlaridan bir necha barobar yuqoridir.

Yurtimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish va uni yanada yuksaltirish uchun ko‘proq imkoniyatlar, yangi tashabbuslar va ishonchli hamkorlar zarur.

Mazkur konferensiya nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo uchun ishonchli yangi tranzit yo‘laklari va logistika infratuzilmasini rivojlantirish yo‘lida ham muhim muloqot maydoni bo‘ldi.

O‘zbekiston Prezidenti konferensiyadagi nutqida dolzarb tashabbuslarni ilgari surdi. Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida dengizga chiqish yo‘liga ega bo‘lmagan mamlakatlar uchun Tranzit kafolatlari to‘g‘risidagi global bitimni ishlab chiqish taklif etildi.

Bunday mexanizm portlar va kommunikatsiyalardan adolatli foydalanish shartlarini ta’minlab, yuk tashishda xavf-xatarlarni pasaytirishi va global logistikada tengsizlikni kamaytirishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston temir yo‘li loyihasini Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston temir yo‘l magistrali bilan bog‘lash mintaqamizda yangi savdo-iqtisodiy makon va barqaror transport infratuzilmasini shakllantirish uchun katta imkoniyat yaratishi ta’kidlandi.

Dengizga tabiiy yo‘li yo‘q mamlakatlar uchun kafolatlar bo‘lishi, bu boradagi tashabbuslar xalqaro hamjamiyat, albatta, hamkor va qo‘shni davlatlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi muhim. Shu ma’noda nufuzli konferensiyaning qo‘shnimiz Turkmanistonda samarali o‘tishi ham katta ahamiyatga ega bo‘ldi.

Markaziy Osiyo g‘arb va sharqni, shimol va janubni bog‘lovchi tranzit hab bo‘lish imkoniyatlariga ega ekanini keyingi yillardagi tinchlik hamda taraqqiyotga intilishi bilan amalda namoyon etdi” – deya fikrlarini yakunladi siyosatchi.


O‘zbekiston


														
														Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025

														
														O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning ta’kidlashicha, endilikda har qanday qurilishdan avval el…
09:31 / 10.08.2025

														
														Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Surxondaryoda erkak tanish ayolning shaxsiy videolarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qildi

Erkak pullarni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
23:06 / 09.08.2025

														
														Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

Hafta boshida qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 11–14-avgust kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
22:40 / 09.08.2025

														
														Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Farg‘onada o‘qituvchi o‘zini osdimi?

Viloyat maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi axborot xizmati rasmiy ma’lumot berdi.
21:01 / 09.08.2025

														
														Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Mirziyoyev va Aliyev telefon orqali muloqot qildi

Yetakchilar bo‘lajak oliy darajadagi uchrashuv va tadbirlar rejasini ham ko‘rib chiqishgan.
19:48 / 09.08.2025

														
														10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm …
17:45 / 09.08.2025

														
														Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Uzum nomidan noqonuniy foydalangan restorandan 94 mln so‘m undirildi

Sud qarori bilan F.T. korxonasidan 75 mln so‘m tovon puli undirilishi belgilangan. Davlat bojlari va boshqa xarajatlar bilan…
17:19 / 09.08.2025

														
														Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda …
15:28 / 09.08.2025

														
														O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

O‘zbekiston aholisiga tegishli avtomobillar soni qancha?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli 4 …
14:21 / 09.08.2025

Bu ham qiziq

Oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan

Oxirgi ikki yilda Toshkentda elektr ta’minotini yaxshilash uchun 2 trillion 800 milliard so‘m yo‘naltirilgan

Energiya ta’minotini yaxshilash rejalari bo‘yicha axborot berildi
22:45 / 08.08.2025
AQShning Jorjiya shtatida otishma sodir bo‘ldi

AQShning Jorjiya shtatida otishma sodir bo‘ldi

Hodisa yuzasidan tergov-surishtiruv ishlari davom etayotgani bildirilgan.
11:28 / 09.08.2025
Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025
G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

G‘azoda havo orqali yordam operatsiyasi vaqtida 14 yoshli bola vafot etdi

Uning ustiga insonparvarlik yordami yuklangan konteyner tushib ketgan.
11:58 / 10.08.2025
Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Bolgariyada cho‘kib ketgan o‘zbekistonlik vatanga qaytariladi

Hozirda O‘zbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Bolgariyadagi Faxriy konsullik bilan hamkorlikda …
15:28 / 09.08.2025
10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm …
17:45 / 09.08.2025
Armaniston va Ozarbayjon jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha deklaratsiya imzoladi

Armaniston va Ozarbayjon jangovar harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha deklaratsiya imzoladi

Bu haqda AQSh prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
09:35 / 09.08.2025
Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025
Rossiyada soda zavodi portladi

Rossiyada soda zavodi portladi

Hozirda voqea joyida tezkor xizmatlar va prokuratura ish olib borayotgani bildirilgan.
16:28 / 09.08.2025
O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkaz…
10:06 / 09.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!