$
12672.81 UZS
79.04
158.89 UZS
0.4
14753.69 UZS
55.5
38° Kechasi 25°

O‘zbekiston va Rossiya maxsus xizmatlari 9 nafar XTT a’zolarini qo‘lga oldi

10:06 / 09.08.2025

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati bilan hamkorlikda o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida Rossiya Federatsiyasida 7 nafar va O‘zbekiston hududida 2 nafar xalqaro terrorchilik tashkilot a’zolari qo‘lga olingan.

Mazkur shaxslar Rossiya Federatsiyasi hududida bo‘lgan vaqtida diniy ekstremistik oqim ta’siriga tushib, xalqaro terrorchilik tashkiloti faoliyatida ishtirok etgan va o‘z saflarini turli davlatlardan kelgan mehnat muhojirlarini yollash hisobidan kengaytirish bilan shug‘ullangan.

Ular yashirin yig‘ilish tashkil etib, Telegram messenjeri orqali videokonferensiya yo‘li bilan “umumjahon xalifaligi” deb ataluvchi doktrina asosida tizimli o‘qitish va terrorchilik tashkilotiga jalb qilish ishlari amalga oshirilgan. Ularning bu faoliyati xorijdagi g‘oyaviy maslakdoshlari tomonidan muvofiqlashtirib borilgan.

To‘plangan materiallar asosida Rossiya Tergov qo‘mitasi tomonidan ularga nisbatan terroristik tashkilot faoliyatini tashkil etish va unda ishtirok etish bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

DXX tomonidan Qashqadaryo viloyatida o‘tkazilgan faol tadbirlar natijasida aynan shu jamoatning yana 2 nafar a’zosi qo‘lga olingan.

Ma’lum bo‘lishicha, bu shaxslar ham Rossiyadagi yashirish jamoat a’zolari tomonidan Telegram messenjerida tashkil etilgan virtual guruhlarga a’zo bo‘lib, XTTning aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan va amaldagi siyosiy tuzumni konstitutsiyaga zid ravishda o‘zgartirishni targ‘ib qiluvchi materiallarini tarqatib kelgan.

Shuningdek, ularning yashash xonadonlari ko‘zdan kechirilganda, 4 ta uyali aloqa vositasi, 3 dona ekstremistlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan adabiyotlar, 2 ta flesh xotira va 1 ta xorijiy davlatga tegishli bo‘lgan sim karta daliliy ashyolar sifatida olinib, ekspertizadan o‘tkazish uchun tegishli tashkilotlarga yuborilgan.

Hozirda hibsga olingan shaxslarga nisbatan tergov va tergovga qadar harakatlar olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Toshkent viloyatida MIB xodimi pora bilan ushlandi

Ma’lum bo‘lishicha, davlat ijrochisi ushbu “xizmati” evaziga avvalroq 450 AQSh dollari va 1 mln 300 ming so‘m ham olgan.
12:49 / 11.08.2025

														
														Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Xorazmda “mehnat staji qilib beruvchi” mutaxassis ushlandi

Bu haqda DXX matbuot xizmati xabar berdi.
11:04 / 11.08.2025

														
														Bugun Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Bugun Yakkasaroy va Sergeli tumanlarining ayrim hududlariga gaz yetkazib berish to‘xtatiladi

Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” GTF matbuot xizmati xabar berdi.
09:55 / 11.08.2025

														
														Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yong‘in sodir bo‘ldi

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:29 da yetib borib, yong‘in soat 03:24 da qurshab olingan va s…
09:24 / 11.08.2025

														
														11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025

														
														Abituriyentlar uchun muhim. O‘qishni ko‘chirishdagi ijodiy imtihonlar haqida nimalar ma’lum?

Abituriyentlar uchun muhim. O‘qishni ko‘chirishdagi ijodiy imtihonlar haqida nimalar ma’lum?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu borada muhim tavsiyalarni berdi
21:26 / 10.08.2025

														
														Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Poytaxt IIB bu haqda rasmiy bayonot berdi
20:45 / 10.08.2025

														
														O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihon sanalari ma’lum qilindi

Kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashgan talabgorlar, majburiy fanlar (ona tili, matematika, tarix)dan o‘tkaziladigan test si…
16:33 / 10.08.2025

														
														Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Qashqadaryoda Xalq banki filialidan 2 million dollarga yaqin mablag‘ talon-toroj qilindimi?

Shu haqidagi xabarlarga bank matbuot xizmati izoh berdi.
12:39 / 10.08.2025

														
														O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

O‘zbekistonda 2026-yil ilk kichik quvvatli AES qurilishi boshlanadi

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vaziri Sherzod Hidoyatovning ta’kidlashicha, endilikda har qanday qurilishdan avval el…
09:31 / 10.08.2025

Bu ham qiziq

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Londonda Falastin tarafdorlari uyushtirgan mitingda 365 kishi hibsga olindi

Umuman olganda, 9-avgust kuni “Palestine Action” harakatini qo‘llab-quvvatlash uchun shu kungacha bo‘lgan eng yirik mitingda…
10:12 / 10.08.2025
Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

Tramp va Putin uchrashuvida Zelenskiyning ishtiroki rejalashtirilmagan

O‘tgan hafta Putin bunday uchrashuvni izohlar ekan, hozircha Ukraina prezidenti bilan shaxsiy uchrashuvi uchun “sharoitlar” …
10:59 / 10.08.2025
Samarqandda elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Samarqandda elektrdan noqonuniy foydalangan MChJ aniqlandi

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilayotgani bildirilgan.
12:46 / 11.08.2025
11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

11-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 22-24 daraja iliq, kunduzi 38-40 daraja issiq bo‘ladi
22:06 / 10.08.2025
Ukraina ilk bor Rossiya tarkibidagi respublikaga hujum qildi

Ukraina ilk bor Rossiya tarkibidagi respublikaga hujum qildi

Hujum markazi neftni qayta ishlash zavodi bo‘ldi
19:07 / 10.08.2025
Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Bektemirda erkak mast holatda o‘z tanishining mashinasini o‘g‘irlashga urindi

Poytaxt IIB bu haqda rasmiy bayonot berdi
20:45 / 10.08.2025
Ozarbayjon prezidenti Ukrainaga 2 million dollarlik yordam ajratdi

Ozarbayjon prezidenti Ukrainaga 2 million dollarlik yordam ajratdi

Ma’lum qilinishicha, Boku Kiyevga gumanitar yordam sifatida Ozarbayjonda ishlab chiqarilgan elektr uskunalarini xarid qilish…
14:22 / 11.08.2025
Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Avstraliya ham Falastinni tan olishi mumkin

Bu haqda Sydney Morning Herald gazetasi manbalarga tayanib xabar berdi.
11:27 / 11.08.2025
Odessadagi plyajda mina portladi

Odessadagi plyajda mina portladi

Keyinroq Odessa viloyati politsiyasi o‘z saytida suzish paytida yuz bergan ikkita portlash natijasida bir ayol va ikki erkak…
16:14 / 10.08.2025
2023-yildan buyon G‘azodagi hujumlarda 237 nafar jurnalist halok bo‘lgan

2023-yildan buyon G‘azodagi hujumlarda 237 nafar jurnalist halok bo‘lgan

Rasmiylarning xabariga ko‘ra, 2023-yil 7-oktyabrdan buyon Isroilning G‘azodagi hujumlarida halok bo‘lgan jurnalistlar soni 2…
10:34 / 11.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!