$
12497.19 UZS
-50.19
155.71 UZS
-1.31
14597.97 UZS
-67.41
34° Kechasi 21°

Donald Tramp: “Hali kelishuvga erishilgani yo‘q”

09:32 / 16.08.2025

BBCning yozishicha, bu AQSh va Rossiya prezidentlarining Ukrainaga keng ko‘lamli bosqin boshlanganidan keyingi birinchi yuzma-yuz uchrashuvi bo‘ldi. Sammit Alyaskadagi Elmendorf-Richardson havo kuchlari bazasida bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar uch soatga yaqin davom etdi va “uchga uch” formatda o‘tdi. Trampga AQSh davlat kotibi Marko Rubio va maxsus vakil Stiv Vitkoff hamrohlik qildi. Putin bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va tashqi siyosat bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov birga edi.

AQSh va Rossiya rahbarlari uchrashuv yakuni bo‘yicha matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan biroq, unda Prezidentlar jurnalistlarning savollariga javob berishmagan. Ular shunchaki qisqa bayonotlar bilan cheklanishgan.

Matbuot anjumanida Putin tomonidan berilgan bayonotlar:

– Muzokaralarimiz konstruktiv va o‘zaro hurmat ruhida, juda batafsil va foydali o‘tdi;

– Rossiya-AQSh munosabatlari so‘nggi to‘rt yil ichida “Sovuq urush” davridan beri eng quyi nuqtaga tushib ketgan edi. Ertami-kechmi vaziyatni to‘g‘rilash zarur edi. Shu ma’noda, ikki davlat rahbarlarining yakkama-yakka uchrashuvi ayni muddao bo‘ldi. Men va prezident Tramp o‘rtasida juda yaxshi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalar o‘rnatilgan;

– Ukraina atrofidagi vaziyat uchrashuvning markaziy masalalaridan biri bo‘ldi. Biz AQSh ma’muriyati va shaxsan prezident Trampning Ukraina mojarosini hal qilishga yordam berishga intilishini ko‘rmoqdamiz;

– Rossiya uchun Ukrainadagi voqealar milliy xavfsizligimizga fundamental tahdidlar bilan bog‘liq. Bundan tashqari, biz Ukraina xalqini doimo qardosh deb bilganmiz va shunday deb hisoblaymiz. Sodir bo‘layotgan barcha voqealar biz uchun fojiadir. Shuning uchun mamlakatimiz bunga chek qo‘yishidan chin dildan manfaatdor. Shu bilan birga, biz tinchlik barqaror va uzoq muddatli bo‘lishi uchun inqirozning barcha asosiy sabablari bartaraf etilishi kerakligini bilamiz;

– Men Prezident Trampning fikriga qo‘shilaman, albatta, Ukrainaning xavfsizligi ham ta’minlanishi kerak. Bu borada ishlashga tayyormiz;

– Umid qilamanki, bugungi uchrashuv maqsadimizga yaqinlashishga imkon beradi va Ukrainada tinchlikka yo‘l ochadi. Shuningdek, Kiyev va Yevropa bularning barchasini konstruktiv tarzda qabul qiladi va hech qanday to‘siq qo‘ymaydi;

Shuningdek, Tramp ham quyidagi qisqa bayonotlarni bergan:

– Juda samarali uchrashuv o‘tkazdik. Ko‘p masalalarda bir to‘xtamga keldik. Biz hali ham kelisha olmagan bir nechta muhim masalalar bor, ammo ma’lum yutuqlarga erishdik. Lekin hali kelishuvga erishilgani yo‘q;

– Men NATO bo‘yicha ittifoqchilarimizga va boshqa rasmiylarga qo‘ng‘iroq qilaman. Albatta, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ham qo‘ng‘iroq qilib, bu uchrashuv haqida aytib beraman;

– Bugun biz haqiqatan ham katta yutuqlarga erishdik. Men prezident Putin bilan doimo yaxshi munosabatda bo‘lganman;

– Bugun asosiy maqsadimiz, Ukrainada otashkesim bo‘yicha kelishuvga erisha olmadik, ammo bizda buning uchun hali juda yaxshi imkoniyatlar bor.

Reuters qayd etishicha, Putin “Ukrainaning sun’iy ravishda shakllantirilganini isbotlaydi” deb ta’riflagan bir qancha xaritalar va hujjatlarni Trampga topshirgan.

Nashr xabarida aynan qanday materiallar topshirgani va ularga Trampning munosabati haqida fikr bildirilmagan.



														
														Endilikda Tojikistonda folbinga borganlar qat’iy jazolanadi

Endilikda Tojikistonda folbinga borganlar qat’iy jazolanadi

Bu qaror parlament tasdig‘idan ham o‘tdi
21:58 / 18.08.2025

														
														Qrim ko‘prigini portlatishga qaratilgan operatsiyaning oldi olindi

Qrim ko‘prigini portlatishga qaratilgan operatsiyaning oldi olindi

U Shimoliy Osetiyadagi “Yuqori Lars” xalqaro o‘tkazish punkti orqali Rossiya–Gruziya chegarasini kesib o‘tib, Krasnodar o‘lk…
10:56 / 18.08.2025

														
														Isroilda 1 milliondan ortiq odam ish tashlash namoyishlarida qatnashdi

Isroilda 1 milliondan ortiq odam ish tashlash namoyishlarida qatnashdi

Tel-Aviv hukumati hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azoda 50 nafar isroillik mahbus bor, ulardan 20 nafari tirik.
10:04 / 18.08.2025

														
														Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh va Rossiya sammiti haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh va Rossiya sammiti haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
18:32 / 17.08.2025

														
														Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda

Ispaniyada o‘rmon yong‘inlari sababli 10 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi.
17:29 / 17.08.2025

														
														Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Indoneziyada 6 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Xabar berilishicha, Markaziy Sulavesi provinsiyasining Poso tumanida yuz bergan yer silkinishi oqibatida kamida 29 kishi jar…
14:36 / 17.08.2025

														
														Isroil Yamandagi energetika infratuzilmasi obyektiga zarba berdi

Isroil Yamandagi energetika infratuzilmasi obyektiga zarba berdi

IDning aytishicha, u Sanodagi energetika infratuzilmasi obyektiga zarba bergan.
11:44 / 17.08.2025

														
														Serbiya prezidenti namoyishchilarni javobgarlikka tortishga va’da berdi

Serbiya prezidenti namoyishchilarni javobgarlikka tortishga va’da berdi

Faollar muddatidan oldin parlament saylovlarini talab qilayotgani bildirildi.
10:32 / 17.08.2025

														
														AQSh va Turkiyadan 4 nafar jinoyatchi O‘zbekistonga deport qilindi

AQSh va Turkiyadan 4 nafar jinoyatchi O‘zbekistonga deport qilindi

Bu 4 kishi soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash, o‘ta yirik miqdordagi firibgarlik va boshqa jinoyatlarda ayblanayotgani bil…
09:22 / 17.08.2025

														
														Yozib yoki belgilab qo‘yilmagan, ammo deyarli har kuni har birimiz duch keladigan antiqa qonunlar

Yozib yoki belgilab qo‘yilmagan, ammo deyarli har kuni har birimiz duch keladigan antiqa qonunlar

Bu qonunlardagi holatlarga har birimiz bir marta bo‘lsa ham duch kelganmiz
19:11 / 16.08.2025

Bu ham qiziq

Isroilda 1 milliondan ortiq odam ish tashlash namoyishlarida qatnashdi

Isroilda 1 milliondan ortiq odam ish tashlash namoyishlarida qatnashdi

Tel-Aviv hukumati hisob-kitoblariga ko‘ra, G‘azoda 50 nafar isroillik mahbus bor, ulardan 20 nafari tirik.
10:04 / 18.08.2025
19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

19-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kunduzi 33-38 daraja issiq, kechasi 15-20 daraja iliq bo‘ladi
22:45 / 18.08.2025
Muzokaralar kuni qanday qilib Putin va Tramp bitta mashinada yurdi?!

Muzokaralar kuni qanday qilib Putin va Tramp bitta mashinada yurdi?!

Bu holat aslida dasturlar rejasida umuman yo‘q bo‘lgan
18:51 / 17.08.2025
O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

O‘zbekistonda 2025/2026-o‘quv yili uchun kontrakt miqdori oshirilmaydi

Bu haqda huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev xabar berdi.
16:02 / 18.08.2025
O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

O‘zbekistondagi tadbirkorlik subyektlari soni yil boshidan beri qariyb 10 foizga oshdi

Hududlar kesimida eng ko‘p hissa Toshkent shahriga to‘g‘ri kelmoqda
19:54 / 18.08.2025
Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Qiyin ahvolda qolgan 100 dan ortiq vatandoshimiz Sankt-Peterburgdan olib kelinadi

Mazkur tadbir “Vatanga qaytarish” loyihasi doirasida amalga oshiriladi
19:21 / 17.08.2025
Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh va Rossiya sammiti haqida ma’lumot berdi

Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSh va Rossiya sammiti haqida ma’lumot berdi

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
18:32 / 17.08.2025
Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

Farg‘onaga Xitoydan 24 dona avtobus olib kelindi

“Farg‘onaavtotrans xizmat” MChJ tomonidan Xitoy davlatidan yana qo‘shimcha 24 dona Yutong avtobuslari xarid qilingan.
14:29 / 18.08.2025
Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Tanzila Norboyeva Qozog‘iston Senati raisi bilan muhim kelishuvni imzoladi

Senat raisi tashrif davomida shuningdek, ijodkor va ziyolilar bilan ham uchrashuv o‘tkazadi
20:42 / 18.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!