$
12412.98 UZS
58.33
154.28 UZS
0.35
14386.64 UZS
2.12
37° Kechasi 22°

Rossiya va Ukraina o‘zaro asirlar almashdi

10:55 / 25.08.2025

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 24-avgust kuni har bir tarafdan 146 nafar mahbus almashildi. Bu haqda The Moscow Times xabar berdi.

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, Ukrainada ushlab turilgan 146 nafar rossiyalik harbiy xizmatchi ozod etilgan. Buning evaziga 146 nafar Ukraina Qurolli kuchlari askari ham Ukrainaga qaytarilgan.

“Ular 2022/23-yillarda bosqinchilar tomonidan noqonuniy ravishda hibsga olingan edi”, – deyiladi rus TIV bayonotda.

Rossiya tomoni, shuningdek, Kursk viloyatidan bo‘lgan, Kiyev tomonidan noqonuniy hibsga olingan 8 nafar rossiyalik fuqaro ham almashuv doirasida qaytarilganini bildirgan. Ukraina esa bu borada aniq raqamlarni tasdiqlamagan, ammo ozod qilinganlar orasida 2 nafar ukrainalik jurnalist — Dmitro Xilyuk va Mark Kaliush borligi bildirilgan. Mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy ham bu voqeaga munosabat bildirib, ijtimoiy tarmoqlarda quyidagicha post qoldirgan:

“Xilyuk 2022-yil martida Kiyev viloyatida o‘g‘irlab ketilgan edi. Nihoyat, u uyida — Ukrainada”.

Chegara bilmas muxbirlar (RSF) tashkiloti asirlarning ozod etilishini olqishlab, ular jurnalistik faoliyati sabab nishonga olinganini ta’kidlagan.

“RSF ularni o‘g‘irlab, qamoqda qiynoqqa solgan shaxslarni aniqlashni va javobgarlikka tortishni talab qiladi. Hozirda Kreml qo‘lida saqlanayotgan 26 nafar ukrainalik OAV xodimi ham ozod qilinishi shart”, – degan tashkilot vakillari.

Shuningdek, Ukrainaning Xerson shahri sobiq meri Vladimir Mikolayenko ham ozod etilgani aytilmoqda. Bu haqda Zelenskiyning yordamchisi Andriy Yermak o‘zining X tarmog‘idagi sahifasida xabar bergan.

Rossiya va Ukraina o‘rtasida so‘nggi marta 23-iyul kuni asirlar almashinuvining to‘qqizinchi raundi bo‘lib o‘tgan edi.


Ukraina – Rossiya


														
														Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Turkiyada o‘tkazilishi mumkinligini aytdi

Zelenskiy Rossiya bilan muzokaralar Turkiyada o‘tkazilishi mumkinligini aytdi

Ukraina prezidenti bu haqda o‘z videomurojaatida ma’lum qildi.
14:36 / 27.08.2025

														
														Rossiya va Ukraina o‘zaro asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina o‘zaro asirlar almashdi

Rossiya va Ukraina o‘rtasida 24-avgust kuni har bir tarafdan 146 nafar mahbus almashildi. Bu haqda The Moscow Times xabar be…
10:55 / 25.08.2025

														
														“The Wall Street Journal”: Rasmiy Kiyev 3000 dan ortiq ERAM samolyot raketalarini oladi

“The Wall Street Journal”: Rasmiy Kiyev 3000 dan ortiq ERAM samolyot raketalarini oladi

Raketalar Ukrainaga olti hafta ichida etib borishi taxmin qilinmoqda
22:42 / 24.08.2025

														
														Donald Tramp Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Donald Tramp Ukrainani mustaqillik kuni bilan tabrikladi

Zelenskiy ham o‘z navbatida Trampga Ukrainaga berayotgan yordami uchun tashakkur aytdi
22:10 / 24.08.2025

														
														Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Sergey Lavrov: “Zelenskiy Trampning takliflarini rad etdi”

Mulozimga ko‘ra, kelajakda Rossiya va Ukraina rahbarlari uchrashishi mumkin
22:36 / 22.08.2025

														
														Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi

Rossiya Xarkovdagi ko‘p qavatli uyga dronlar orqali zarba berdi

Hujum oqibatida besh kishi, jumladan bir bola ham halok bo‘lgan.
12:59 / 18.08.2025

														
														Turkiya tashqi ishlar vaziri va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi

Turkiya tashqi ishlar vaziri va Sergey Lavrov telefon orqali muloqot qildi

Rasmiy Anqara Rossiya-Ukraina mojarosida vositachi bo‘lishga tayyor
22:40 / 17.08.2025

														
														Muzokaralar kuni qanday qilib Putin va Tramp bitta mashinada yurdi?!

Muzokaralar kuni qanday qilib Putin va Tramp bitta mashinada yurdi?!

Bu holat aslida dasturlar rejasida umuman yo‘q bo‘lgan
18:51 / 17.08.2025

														
														Ukraina ilk bor Rossiya tarkibidagi respublikaga hujum qildi

Ukraina ilk bor Rossiya tarkibidagi respublikaga hujum qildi

Hujum markazi neftni qayta ishlash zavodi bo‘ldi
19:07 / 10.08.2025

														
														Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Vladimir Zelenskiy: “Rossiya bilan 1200 nafar asirni almashtirish to‘g‘risida kelishuv mavjud”

Ukraina rahbari bu borada yanada ko‘proq asirlarni qaytarib olishiga harakat qilinayotganini qo‘shimcha qildi
22:54 / 04.08.2025

Bu ham qiziq

Futzal. BMB — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Futzal. BMB — O‘zbekiston Superkubogi sohibi bo‘ldi

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston Superkubogi bahsida BMB klubi yana bir bor g‘alaba qozondi.
20:55 / 26.08.2025
Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

Qurilish obyektlarida QR-kodli pasport o‘rnatish tartibi belgilandi

“Qurilish obyektlarida QR-kodli (matrik shtrixli kod) pasport o‘rnatish tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davl…
17:12 / 27.08.2025
Tramp Rossiyaga “iqtisodiy urush” bilan tahdid qildi

Tramp Rossiyaga “iqtisodiy urush” bilan tahdid qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy …
09:53 / 27.08.2025
Toshkentdagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqarib, sotganlar ushlandi

Toshkentdagi yashirin sexda qalbaki dori ishlab chiqarib, sotganlar ushlandi

Hozirda noqonuniy sex tashkilotchilarining 3 nafariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi “b” va “g” bandlari…
09:31 / 27.08.2025
Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Xorijning og‘ir yukli transportlari O‘zbekiston hududi bo‘ylab yurishi uchun to‘lovlar oshirildi

Hukumat qarori bilan Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
17:46 / 27.08.2025
27-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

27-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamo…
17:37 / 26.08.2025
Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatidagi bir qator vaqtincha saqlash hibsxonalarining faoliyati tugatildi

Bu haqda Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘i qabul qilingan
21:43 / 27.08.2025
Toshkent viloyatida 3 ta hibsxona faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatida 3 ta hibsxona faoliyati tugatildi

Toshkent viloyatining Chinoz, Qibray va Yuqori Chirchiq tumanlaridagi vaqtincha saqlash hibsxonalari faoliyati tugatildi. Bu…
11:38 / 27.08.2025
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda bo‘lib turgan Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya tashqi ishlar vazirini qabul qildi
20:22 / 27.08.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!