AQSh prezidenti Donald Tramp, agar Rossiya-Ukraina urushini to‘xtatishning iloji bo‘lmasa, Rossiyaga qarshi yangi iqtisodiy sanksiyalar joriy qilishga tayyor ekanini aytdi. Shu bilan birga, Tramp buni qilishni xohlamasligini ham ta’kidlagan.
“Men iqtisodiyot haqida gapiryapman, chunki biz jahon urushini boshlamoqchi emasmiz. Bu iqtisodiy urush hisoblanadi va u yomon bo‘ladi. Bu Rossiyaga judayam yomon ta’sir qilishi mumkin”, — degan prezident Oq uyda o‘tkazilgan yig‘ilishda.
Tramp, shuningdek, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Vladimir Putin Volodimir Zelenskiy bilan tinchlik kelishuvi imzolamasligi, chunki uni noqonuniy deb hisoblashi haqidagi gaplariga ham izoh berdi.
“Ular nima deyishidan qat’i nazar, bu hammasi bema’nilik. Hamma shunchaki o‘zini ko‘rsatmoqda”, — dedi AQSh yetakchisi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!