$
12437.15 UZS
62.6
153.34 UZS
0.21
14480.57 UZS
55.56
33° Kechasi 20°

Namangan shahar hokimi pora ortidan qo‘lga olindi

12:10 / 02.09.2025

Hokimiyat organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Namangan shahar hokimi va poyabzal ishlab chiqaruvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari o‘zaro til biriktirib, qurilish sohasida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqarodan shahar hududidagi 35 sotix yer maydonida joylashgan ma’nan eskirgan turar-joy binolari o‘rniga ko‘p qavatli uy barpo etish huquqini olib berish va moliyalashtirish evaziga 60 ming AQSh dollari talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbirda dastlab MChJ rahbari ushbu so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, shahar hokimi o‘zining yana bir ishonchli odami bo‘lgan – hokimlikning devonxona mudiri orqali MChJ rahbaridan 60 ming AQSh dollarini olgan vaqtida uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan

Hozirda Namangan shahar hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan unga va devonxona mudiriga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan, MChJ rahbariga nisbatan esa Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shahar hokimiga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Tergov doirasida hokimning boshqa noqonuniy harakatlariga nisbatan ham huquqiy baho beriladi.

Poraxo‘rlik bilan bog‘liq holat Toshkent viloyatida ham qayd etilib, xususan, Zangiota tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi mahalliy fuqaroga tegishli uyning yonida joylashgan va davlat zaxirasida bo‘lgan 8 sotix yer maydonini tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun tuman hokimligi tomonidan tuziladigan ishchi guruh orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 40 ming AQSh dollari talab qiladi.

Lekin, ushbu pul mablag‘idan 20 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.

Hozirda bosh mutaxassisga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.


O‘zbekiston


														
														Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Toshkentda mikroavtobus yonib ketdi

Bu haqda poytaxt FVB xabar berdi.
22:23 / 06.09.2025

														
														Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Tataristondagi avtohalokatda 3 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Kecha, 5-sentyabr kuni Tataristonning Zainsk tumanida ayanchli avtohalokat yuz berdi va oqibatda 3 o‘zbekistonlik halok bo‘l…
20:14 / 06.09.2025

														
														7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025

														
														O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

O‘zbekiston Afg‘onistonga 300 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami jo‘natdi

Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi xabar berdi.
19:01 / 06.09.2025

														
														Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Bugun vodiyda gaz “zapravka”lar faoliyati tiklanadi

Farg‘ona vodiysi iste’molchilarini tabiiy gaz bilan ta’minlovchi “Ohangaron–Pungon” magistral gaz quvurining tog‘li hududida…
18:35 / 06.09.2025

														
														FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025

														
														Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Surxondaryoda oziq-ovqat do‘koni yonib ketdi

Voqea joyiga soat 18:28 da yetib borgan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji tomonidan yong‘in o‘rab olingan va 18:50 larda yong‘in…
15:56 / 06.09.2025

														
														Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

Qishloq xo‘jaligida QQSning “nol” stavkasi joriy qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi sohasida qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning soddalashtirilgan tartibini joriy etish chora-tadbirla…
15:31 / 06.09.2025

														
														Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Endi O‘zbekistonda ismni mashinaga raqam sifatida qo‘yish mumkin bo‘ladi

Masalan, yo‘llarda harakatlanayotgan “KOMIL”, “ERGASH”, “ZAFAR” yoki “QARSHI” deb yozilgan mashinalarni ko‘rish mumkin.
14:49 / 06.09.2025

														
														O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

O‘zbekistonda avgust oyida 86,5 milliard so‘mlik “svet” va gaz o‘marildi

Qoidabuzarlarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilib, tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqd…
14:28 / 06.09.2025

Bu ham qiziq

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

7-sentyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda sham…
19:12 / 06.09.2025
Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Donald Tramp bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va AQSH yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar: strategik sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi
19:31 / 05.09.2025
Lionel Messi: “Bu o‘yin terma jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvim edi”

Lionel Messi: “Bu o‘yin terma jamoadagi so‘nggi uy uchrashuvim edi”

Kecha tunda Venesuelaga qarshi o‘yindan keyin argentinalik yulduz terma jamoadagi faoliyati yakuniga yetayotganini ta’kidladi
18:57 / 05.09.2025
Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

Tataristonda og‘ir kasallikka chalingan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

“O‘zbekistonning Bosh konsulxonasi ko‘magida Qozon shahrida og‘ir kasallikka chalingan hamyurtimiz vatanga qaytarildi”, – de…
09:30 / 06.09.2025
Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

Qirg‘izistondan katta miqdordagi kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni olib kirgan shaxslar ushlandi

Namangan shahrida yashovchi, 1985-yilda tug‘ilgan, muqaddam Jinoyat Kodeksining 246 va 251-1-moddalarida nazarda tutilgan ji…
10:24 / 06.09.2025
6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

6-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 18-20 daraja iliq, kunduzi 34-36 daraja issiq bo‘ladi
22:31 / 05.09.2025
Tennis. US Open yarim finalida Alkaras Jokovichdan ustun keldi

Tennis. US Open yarim finalida Alkaras Jokovichdan ustun keldi

Ispaniyalik tennischi finalda Yannik Sinner bilan to‘qnashadi.
11:40 / 06.09.2025
FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

FIFA prezidenti Janni Infantino O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Infantino O‘zbekiston futbolini rivojlantirishga qaratilgan loyihalar yuzasidan muzokaralar olib boradi.
17:11 / 06.09.2025
Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroil 2023-yildan beri 19 ming falastinlikni hibsga oldi

Isroilning so‘nggi 24 soat ichida G‘azoga uyushtirgan hujumlari natijasida 69 falastinlik halok bo‘lgan.
12:22 / 06.09.2025
Germaniyada saylov oldidan 16 nomzod vafot etdi

Germaniyada saylov oldidan 16 nomzod vafot etdi

Mahalliy hokimiyatlarning ta’kidlashicha, bunday holatlar har safar bo‘lib turadi
21:35 / 05.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!