$
12344.61 UZS
-82.22
149.70 UZS
2.74
14501.21 UZS
-65.52
31° Kechasi 18°

Shavkat Mirziyoyev Isroilning Dohaga bergan raketa zarbalarini keskin qoraladi

22:36 / 12.09.2025

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-sentyabr kuni Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston – Qatar strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari yaqinda Isroil tomonidan Qatar poytaxti Doha shahriga uyushtirilgan raketa zarbalarini keskin qoraladi. Qatar mustaqilligi va suverenitetini buzadigan, uning xavfsizligiga tahdid soladigan bunday nomaqbul xatti-harakatlar Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi, xalqaro huquqning asosiy qoida va tamoyillariga zid ekani qayd etildi.

O‘zbekiston xalqaro munosabatlarda kuch ishlatishning har qanday shakliga va Yaqin Sharqdagi vaziyatning yanada keskinlashishiga olib keladigan qadamlarga qarshi ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston Prezidenti Qatar tashabbusi bilan chaqirilayotgan navbatdan tashqari arab-islom sammitining muvaffaqiyatli o‘tishini tiladi.

Qatar Davlati Amiri, o‘z navbatida, ko‘rsatilgan birdamlik va qo‘llab-quvvatlov uchun chuqur minnatdorlik bildirdi.

Telefon muloqoti chog‘ida faol siyosiy aloqalarni davom ettirish va ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining kooperatsiya loyihalarini jadallashtirish bo‘yicha o‘zaro muvofiqlashgan choralar ko‘rish masalalari ham muhokama qilindi.


Siyosat


														
														Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan shaxs aybini tan olmadi

U tergov bilan hamkorlik qilishdan bosh tortmoqda
22:52 / 14.09.2025

														
														Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Fikrlarga ko'ra, migrantlar oqimining ortishi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
20:59 / 14.09.2025

														
														BMT Falastin davlatini tan olish haqidagi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

BMT Falastin davlatini tan olish haqidagi deklaratsiyani qo‘llab-quvvatladi

Deklaratsiyani qo‘llab, 142 ta davlat ovoz bergan, jumladan O‘zbekiston ham
19:52 / 13.09.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev Isroilning Dohaga bergan raketa zarbalarini keskin qoraladi

Shavkat Mirziyoyev Isroilning Dohaga bergan raketa zarbalarini keskin qoraladi

O‘zbekiston va Qatar yetakchilari telefon orqali muloqot qildilar
22:36 / 12.09.2025

														
														Tramp O‘zbekistonga keladi(mi?)

Tramp O‘zbekistonga keladi(mi?)

TIV e’lon qilgan maqolada shu xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi
21:48 / 12.09.2025

														
														TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

TIV: “O‘zbekiston Afg‘onistonga harbiy vertolyotlarni qaytarmaydi”

Avvalroq “Tolibon” O‘zbekiston hukumati bunga rozi bo‘lganligi haqida xabar bergandi
22:51 / 11.09.2025

														
														Shavkat Mirziyoyev tinchlik mukofotiga nomzod deb e’lon qilindi

Shavkat Mirziyoyev tinchlik mukofotiga nomzod deb e’lon qilindi

Xalqaro tinchlik mukofotini rasman topshirish marosimi yaqin orada e’lon qilinadi
11:21 / 10.09.2025

														
														Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Endilikda ta’lim muassasalarida xitoy tili o‘rgatiladi

Prezidentning Xitoyga tashrifi davomida loyihalar uchun xitoy tilini biladigan kadrlar kerakligi ta’kidlangan
10:41 / 10.09.2025

														
														Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

Tashqi ishlar vazirligi: “O‘zbekiston Isroilning Dohadagi turar-joy binolariga qilgan hujumini qoralaydi”

“Bunday tajovuzkor xatti-harakatlar BMT nizomlariga zid” - deyiladi xabarda
21:07 / 09.09.2025

Bu ham qiziq

Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Markaziy osiyoliklarga Rossiya fuqaroligini berishni to‘xtatish taklif qilindi

Fikrlarga ko'ra, migrantlar oqimining ortishi Rossiya milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
20:59 / 14.09.2025
Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 97 kishi halok bo‘ldi

Pokistonning Panjob viloyatida yuz bergan suv toshqinlarida 97 kishi halok bo‘ldi

Tabiiy ofat natijasida 2,4 millionga yaqin aholi evakuatsiya qilinishi kerak edi. Bu haqda Pokistonning Dawn nashri xabar be…
13:02 / 14.09.2025
Ekologiya vazirligi Toshkentda 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Ekologiya vazirligi Toshkentda 20 ta korxona faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

“Joriy yilning dastlabki 8 oyi davomida Toshkent shahri atmosfera havosini yaxshilash maqsadida bir qator ijobiy o‘zgarishla…
13:05 / 15.09.2025
9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

9 va 11-sinf bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihonlari joriy qilinadi

Prezident Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida soha xodimlari bilan muloqot o‘tkaz…
14:46 / 15.09.2025
Farg‘onada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Farg‘onada Cobalt va Matiz to‘qnashdi

Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
12:33 / 14.09.2025
Dunyo universitetlari Isroil ta’lim muassasalarini boykot qilmoqda

Dunyo universitetlari Isroil ta’lim muassasalarini boykot qilmoqda

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yil oktyabridan buyon G‘azoda 64 mingdan ortiq inson halok bo‘lgan.
09:51 / 15.09.2025
Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Toshkentda YTHga uchragan avtomobil yonib ketdi

Xabarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar bo‘lmagan.
10:17 / 15.09.2025
Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Poytaxtdagi avtobus yo‘nalishlari tutash hududlargacha uzayadi(mi?)

Toshkent shahar transport bosh boshqarmasi bu borada tushuntirishlar berib o‘tdi
18:25 / 14.09.2025
Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Bugun Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Tashrif doirasida Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.
11:04 / 15.09.2025
15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

15-sentyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Kechasi 17-19, kunduzi 27-29 daraja iliq bo‘ladi
22:54 / 14.09.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!