$
12123.38 UZS
51.35
149.19 UZS
1.18
14094.64 UZS
77.81
31° Kechasi 18°

Farg‘onada maktab direktorini yechintirib, tahqirlagan IIB xodimlari ishi nazoratga olindi

11:07 / 08.10.2025

2025-yil 17-aprel kuni Farg‘ona viloyati Furqat tumanida maktab direktori Gulira’no Qosimova IIB xodimlari tomonidan yechintirilib, kaltaklandi. Bu haqda ayol Kun.uz’ga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Ushbu material yuzasidan Senat hamda Farg‘ona viloyati IIB munosabat bildirib, holat nazoratga olinganini xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, tuman ichki ishlar va soliq boshliqlari o‘rtasidagi adovat bo‘lgan. Soliqchidan o‘ch olish payida yurgan IIB xodimi ayol uning uyiga borgan paytdan foydalangan. Ya’ni, Gulira’no Qosimova erining operatsiyasi uchun qarz so‘rab, tanishi, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i oldiga boradi. Keyin ichki ishlar xodimlari uyga birdaniga bostirib kiradi. Soliq boshlig‘i va maktab direktorini yechintirib, kaltaklashga tushishadi. Intervyuda aytilishicha, IIB xodimlari ayolning yalang‘och holatini telefon kamerasiga tasvirga olib, undan erkak jinsiy aloqa qilishga majburlagani haqida ariza yozib berishni talab qiladi.

Ayol tuhmatni inkor etib, ariza yozmaydi. Keyin unga turli bosimlar o‘tkaziladi, hatto turmush o‘rtog‘iga “xotiningni boshqasi bilan ushlab oldik”, deb aytishgacha borishadi. Manba ichki ishlar rahbari soliq boshlig‘ini ishdan ketkazish maqsadida mazkur “qo‘lga olish” tadbirini uyushtirganini qayd etgan.

Intervyuda ayol voqea sabab ruhiy tushkunlikka tushib, o‘z joniga qasd qilishga uringani, ammo omon qolib, voqeani jamoatchilikka oshkor etganini aytgan. Natijada IIB boshlig‘i egallab turgan lavozimidan ozod etilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Ammo uning sherigi hisoblanayotgan o‘rinbosari, ayolni tahqirlagan tezkor xodimlar hali ham o‘z lavozimlarida ishlayotgani aytilmoqda. Gulira’no Qosimovaning ta’kidlashicha, sobiq IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan ishlarni bosdi-bosdi qilish uchun ayolga tanishlari orqali 50 ming dollargacha pul taklif qilgan.

Gulira’no uni tahqirlab, do‘pposlagan, “operatsiya”da qatnashgan barcha xodimlarga qonun doirasida qat’iy chora ko‘rilishini istashini bildirgan. Holat bo‘yicha prokuratura tomonidan tergov harakatlari o‘tkazilib, sobiq IIB boshlig‘i va mas’ul shaxslar bo‘yicha ayblov ishi mazmunan ko‘rish uchun sudga yuborilgan.

Oliy sud matbuot xizmati sobiq Furqat tuman IIB boshlig‘i va uning birinchi o‘rinbosariga oid jinoyat ishi Quva tuman sudida ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.

Senat holat bo‘yicha Ichki ishlar vazirligi hamda boshqa huquqni muhofaza qilish organlar tomonidan qonuniy qaror qabul qilishi parlament nazoratiga olinganini bildirdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyati IIB ham yuqoridagi holat nazoratga olinganini ma’lum qildi.

“Furqat tumani IIB boshlig‘i soliq boshlig‘iga nisbatan fitna uyushtirgani, begona ayol sha’nini bulg‘agani haqidagi so‘nggi xabar va unda keltirilgan holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilyapti. Biroq yuqoridagi holat bo‘yicha hali tergov va sud jarayonlari yakunlanmasdan turib, to‘liq asoslanmagan ma’lumotlarni ommaga taqdim etish ortidan fuqarolar orasida shov-shuv uyg‘ondi. Shu munosabat bilan fuqarolarimizdan keltirilgan vajlar hali tasdiqlanmasdan, sud hukmi e’lon qilinmasdan turib, noo‘rin xulosa chiqarmaslikni so‘raymiz”, – deyiladi viloyat IIB rasmiy munosabatida.

Ma’lum qilinishicha, yakuniy natija yuzasidan xolis munosabat bildiriladi.

O‘zbekiston

														Navbat Jizzaxga. Forishda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Navbat Jizzaxga. Forishda 37 nafar bola ovqatdan zaharlandi

Mazkur holat yuzasidan Forish tuman prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 205-moddasi 1-qismi…
10:59 / 10.10.2025

														Yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq til o‘rganish uchun subsidiya ajratiladi

Yoshlarga “2+6” dasturiga muvofiq til o‘rganish uchun subsidiya ajratiladi

Hukumat qarori bilan “Yoshlarning o‘quv markazlarida xorijiy tillarni o‘qish xarajatlari bir qismi uchun subsidiya ajratish …
16:40 / 09.10.2025

														Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga yetib bordi

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston yetakchisi “Markaziy Osiyo – Rossiya” formatidagi ikkinchi sammitda hamda Mustaqil Da…
15:58 / 09.10.2025

														Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon  korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekol…
15:35 / 09.10.2025

														Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Tojikistonga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoa…
15:05 / 09.10.2025

														10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
14:39 / 09.10.2025

														Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Toshkent viloyatida hokimlik xodimi pora bilan qo‘lga olindi

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘a…
14:28 / 09.10.2025

														O‘zbekistonda qishloq aholisining necha foiz internetdan foydalanadi?

O‘zbekistonda qishloq aholisining necha foiz internetdan foydalanadi?

Milliy statistika qo‘mitasining 2025-yil yanvar-avgust oylarida o‘tkazilgan uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvi ma’lumotlariga…
12:59 / 09.10.2025

														Navoiyda er xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi

Navoiyda er xotinini alimentdan voz kechmagani uchun mashinada urib ketdi

Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida erkak ajrashish uchun ariza bergan va alimentdan voz kechmagan turmush o‘rtog‘ini Damas a…
12:51 / 09.10.2025

														O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda qariyb 5 milliard dollarga yaqin qiymatda oshdi. Bu haqda Markaziy bank e’…
11:30 / 09.10.2025

Bu ham qiziq

Isroil ham XAMAS bilan kelishuvni tasdiqladi

Isroil ham XAMAS bilan kelishuvni tasdiqladi

Bir kun avval AQSh prezidenti Donald Tramp ushbu kelishuv imzolanganini ma’lum qilgan edi.
15:08 / 10.10.2025
Donald Tramp: Isroil va XAMAS tinchlik rejasining birinchi bosqichini imzoladi

Donald Tramp: Isroil va XAMAS tinchlik rejasining birinchi bosqichini imzoladi

Donald Tramp, shuningdek, Qatar, Misr va Turkiyaga vositachilik harakatlari uchun minnatdorchilik bildirgan.
08:27 / 09.10.2025
O‘zini Shoyguning “jiyani” deb tanishtirgan ayolning otasi sobiq politsiyachi bo‘lib chiqdi

O‘zini Shoyguning “jiyani” deb tanishtirgan ayolning otasi sobiq politsiyachi bo‘lib chiqdi

2024-yilda oilasi bilan Moskvaga qochgan va familiyasini o‘zgartirgan.
16:54 / 10.10.2025
Italiyada niqob va paranji taqiqlanishi mumkin

Italiyada niqob va paranji taqiqlanishi mumkin

Bu haqda partiyaning rasmiy saytida xabar berildi.
16:48 / 09.10.2025
Xitoyda xaridor iPhone 17 Pro‘ni tushirib yuborib, jarimaga tortildi

Xitoyda xaridor iPhone 17 Pro‘ni tushirib yuborib, jarimaga tortildi

iPhone Air korpusi juda yupqa (5,6 mm) bo‘lib, mustahkamlik bo‘yicha ham savollar uyg‘otmoqda.
17:41 / 10.10.2025
9-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

9-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 9 oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bul…
18:17 / 08.10.2025
10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

10-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
14:39 / 09.10.2025
Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari aniqlandi

Kimyo bo‘yicha 2025-yilgi Nobel mukofoti g‘oliblari e’lon qilindi.
18:32 / 08.10.2025
ATTO kompaniyasi kartalardan mablag‘ yechib olish holatiga izoh berdi

ATTO kompaniyasi kartalardan mablag‘ yechib olish holatiga izoh berdi

ATTO kompaniyasi bu holatga rasmiy bayonot berdi.
15:48 / 08.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!