$
12169.41 UZS
36.93
158.95 UZS
-0.14
14359.90 UZS
-0.1
31° Kechasi 18°

Samarqandda xorijiy korxona tomonidan tabiatga 7 mlrd so‘m zarar yetkazildi

15:35 / 09.10.2025

Samarqand viloyatida xorijiy tog‘-kon  korxonasi tomonidan tabiatga 7 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, xorijiy korxona oldin olingan litsenziya shartlari va amaldagi qonun talablarini buzgan holda qariyb 51 kub metr tuproqni noqonuniy ravishda qazib olgan. Holat bo‘yicha materiallar Bosh prokuraturaga yuborilgan.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida joylashgan “S.I.” xorijiy korxonasi faoliyati yuzasidan tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda aniqlanishicha, 2024-yil 25-noyabrda O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DMning 2024-yil 23-oktyabrdagi 44-sonli qaroriga asosan Samarqand viloyati Bulung‘ur tumani markazidan 7,7 km shimoliy-g‘arbda joylashgan 11,3 gektar maydondagi  lyossimon jinsdan iborat bo‘lgan “Jomboy 3” uchastkasida geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun elektron onlayn auksion o‘tkazilgan.

Auksionda “S.I.” xorijiy korxonasi g‘olib deb topilib, 2024-yil 27-noyabrda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan geologik qidiruv ishlarini o‘tkazish uchun ruxsatnoma berilgan.

Biroq korxona qazib olish uchun tegishli tartibdagi ruxsatnomani rasmiylashtirmagan hamda geologik o‘rganish maqsadida berilgan ruxsatnoma hamda auksion shartlarida ko‘rsatilgan talablarga rioya qilmagan holda noruda qazilmalarni noqonuniy qazish ishlarini amalga oshirgan.

O‘lchov ishlari amalga oshirilganda xorijiy korxona tomonidan 50 859,25 m3 tuproq (lyossimon jinslar) noqonuniy qazib olinganligi aniqlangan.

Mazkur holat oqibatida “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning 18-48-moddalari hamda “Yer qa’ri to‘g‘risida”gi qonunning 34-moddasi talablari buzilgan.

Shuningdek, tabiatga 7 milliard 374 million 591 ming 250 so‘m zarar yetkazilgani hisoblandi. 

“To‘plangan hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko‘rish maqsadida Bosh prokuraturaga yuborildi”, – deyiladi xabarda.


O‘zbekiston


														
														Toshkentdagi “Izza” bozori vaqtincha yopildi

Toshkentdagi “Izza” bozori vaqtincha yopildi

Uchtepa tumanida joylashgan “Izza” qurilish mollari bozorida yong‘in xavfsizligi qoidalari qo‘pol ravishda buzilgani aniqlan…
15:09 / 22.02.2026

														
														O‘zbekistonliklar Ramazonda beriladigan yordam pullari bo‘yicha firibgarlardan ogohlantirildi

O‘zbekistonliklar Ramazonda beriladigan yordam pullari bo‘yicha firibgarlardan ogohlantirildi

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali buning uchun fuqarolardan hech qanday ariza shart emasligini, pul mablag‘lari 1-…
14:56 / 22.02.2026

														
														Surxondaryoda it bolalarining quloqlarini uzib tashlagan yigit 10 sutkaga qamaldi

Surxondaryoda it bolalarining quloqlarini uzib tashlagan yigit 10 sutkaga qamaldi

Sud hukmiga muvofiq, fuqaro O.Y.ga nisbatan 10 kun ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.
13:57 / 22.02.2026

														
														Hafta avvalida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Hafta avvalida o‘zbekistonliklarni qanday ob-havo kutmoqda?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
13:24 / 22.02.2026

														
														O‘zbekistonda bir yil davomida 206 ming tonna baliq ovlandi

O‘zbekistonda bir yil davomida 206 ming tonna baliq ovlandi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomon…
13:16 / 22.02.2026

														
														Farg‘onada ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga olindi

Farg‘onada ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga olindi

Bir nafar ayolni Turkiyaga fohishalikka yuborayotganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
11:26 / 22.02.2026

														
														“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

“Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Vazirlar mahkamasining tegishli qarori bilan “Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” ko‘krak nishoni ta’sis etildi.
10:35 / 22.02.2026

														
														Andijonda Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi

Andijonda Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashtirilgan savdo yarmarkalari tashkil etildi

Shu kunlarda aksariyat o‘zbekistonliklar islom dini farzlaridan biri – Ramazon ro‘zasini tutib, ro‘za ibodatlarini ado etmoq…
10:06 / 22.02.2026

														
														Navoiy va Toshkentda soxta valyuta savdosi to‘xtatildi

Navoiy va Toshkentda soxta valyuta savdosi to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Turk…
09:03 / 22.02.2026

														
														“Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumida 21 mingdan ortiq loyiha taqdim etildi

“Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumida 21 mingdan ortiq loyiha taqdim etildi

Bugun, 21-fevraldan “Tashabbusli byudjet”ning 2026-yilgi birinchi mavsumi uchun loyiha kiritish bosqichi rasman yakunlandi. …
16:43 / 21.02.2026

Bu ham qiziq

Xitoy Hindiston qisqartirgan Rossiya neftini faol ravishda xarid qilmoqda

Xitoy Hindiston qisqartirgan Rossiya neftini faol ravishda xarid qilmoqda

Bu o‘sish Hindistonning Rossiyadan neft xarid qilishni to‘xtatishi ortidan yuzaga kelgan kamayishni to‘liq qoplagan.
16:28 / 21.02.2026
Octagon League. Shohasan Mirzamatov Toshkentdagi turnirda kamar uchun jang qiladi

Octagon League. Shohasan Mirzamatov Toshkentdagi turnirda kamar uchun jang qiladi

Qozog‘istonning Octagon League aralash yakka kurashlar tashkiloti yana bir bor Toshkentda musobaqa tashkil etadi.
15:40 / 21.02.2026
21-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

21-fevral kuni O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
13:32 / 20.02.2026
50 yoshli Chusovitina Jahon kubogi finaliga yo‘llanma oldi

50 yoshli Chusovitina Jahon kubogi finaliga yo‘llanma oldi

Oksana Chusovitina Germaniyaning Cottbus shahrida o‘tayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichida saralash ba…
16:29 / 20.02.2026
Surxondaryoda it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagan shaxsga chora ko‘rildi

Surxondaryoda it bolasining quloqlarini vahshiylarcha uzib tashlagan shaxsga chora ko‘rildi

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxs tegishli xodimlar tomonidan ushlangan. Voqea Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgani aniqlanga…
16:35 / 21.02.2026
Buxorolik fuqaro 1100 dona o‘q-dori bilan ushlandi

Buxorolik fuqaro 1100 dona o‘q-dori bilan ushlandi

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning yashash xonadonidan ham noqonuniy saqlanayotgan 600 dona 5,6 mm kalibrli pa…
11:29 / 21.02.2026
Tramp barcha mamlakatlar uchun 10 foizlik yangi savdo bojlarini joriy qildi

Tramp barcha mamlakatlar uchun 10 foizlik yangi savdo bojlarini joriy qildi

“Oq uy Oval kabinetidan turib butun dunyo mamlakatlariga nisbatan deyarli darhol kuchga kiradigan 10 foizlik global savdo bo…
09:15 / 21.02.2026
O‘zbekistonda bir yil davomida 206 ming tonna baliq ovlandi

O‘zbekistonda bir yil davomida 206 ming tonna baliq ovlandi

Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda respublikadagi barcha toifadagi xo‘jaliklar tomon…
13:16 / 22.02.2026
22-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

22-fevral kuni O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi

Bugun, 22-fevral — yakshanba kuni O‘zbekiston hududida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Sinoptiklar ma’lumotiga ko‘ra, havo har…
16:03 / 21.02.2026
Navoiy va Toshkentda soxta valyuta savdosi to‘xtatildi

Navoiy va Toshkentda soxta valyuta savdosi to‘xtatildi

Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Turk…
09:03 / 22.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!