$
12160.99 UZS
-72.68
153.92 UZS
-0.92
14178.50 UZS
-55.38
31° Kechasi 18°

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15:53 / 15.10.2025

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugungi kunda mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik tarixiy bosqichga yetdi — qo‘shma loyihalar portfeli 27 milliard dollardan oshgan, faqatgina joriy yilning o‘zida esa 2 milliard dollar investitsiya o‘zlashtirilgan.

Hamkorlikning barcha yo‘nalishlarida o‘sish kuzatilmoqda:

– o‘zaro savdo hajmi ortib bormoqda, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar soni haftasiga 60 tadan ziyod bo‘ldi;

– Yangi bosqich ramzi sifatida Toshkentda zamonaviy xalqaro aeroport qurilishi belgilangan bo‘lib, u ham Saudiya hamkorlari bilan hamjihatlikda amalga oshiriladi.

E’tibor markazida — kelajak energetikasi.

ACWA Power kompaniyasi 15 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirmoqda:

– shamol va quyosh elektr stansiyalarini barpo etish;

– shuningdek, “yashil vodorod” ishlab chiqarish yo‘nalishini rivojlantirmoqda.

Bu nafaqat sof energiyaga qo‘shilgan hissa, balki mahalliy sanoat rivojiga ham kuchli turtki bo‘lib xizmat qilmoqda, chunki bunday loyihalarda o‘zbek ishlab chiqaruvchilar mahsulotlari faol qo‘llanilmoqda.

Raqamlashtirish hamkorlikning muhim yo‘nalishiga aylanmoqda.

Data Volt kompaniyasi Toshkentda zamonaviy data-markaz qurishni boshlagan, shuningdek Yangi Toshkent va Buxorodagi shunga o‘xshash obyektlarni barpo etishni rejalashtirmoqda.

Saudiya Arabistoni O‘zbekistonning strategik konlariga ham qiziqish bildirmoqda. Bu — litiy, grafit, titan va boshqa qimmatbaho xomashyo zaxiralarini o‘z ichiga oladi.

Samarqand va Toshkent viloyatlarida tashkil etiladigan “Kelajak metallari texnoparki” doirasida yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulot ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.

Infratuzilma sohasidagi hamkorlik ham faol rivojlanmoqda. Saudiyaning Miahona kompaniyasi chiqindi suvlarni tozalash va suv ta’minoti tizimini yangilash loyihalarida, jumladan Qoraqalpog‘istondagi nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish ishlarida ishtirok etmoqda.

Saudiya ishbilarmon doiralari Yangi O‘zbekistonning barqaror iqtisodiy o‘sishi va investitsiya muhitini yuksak baholab, hamkorlikni kengaytirish va yangi loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanini bildirdilar.

Ushbu tashabbuslar nafaqat ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlaydi, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga, zamonaviy texnologiyalar joriy etilishiga va aholi turmush sifatining oshishiga ham xizmat qiladi.


O‘zbekiston


														
														Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi

Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi

U O‘zbekiston hukumatidan vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda.
09:47 / 18.10.2025

														
														Afg‘onistondan kontrabanda qilingan qariyb 50 kg gashish aniqlandi

Afg‘onistondan kontrabanda qilingan qariyb 50 kg gashish aniqlandi

Natijada, mashinada u bilan ketayotgan sherigi – Qirg‘iz Respublikasining O‘sh shahrida yashovchi, 1971-yilda tug‘ilgan Qirg…
08:42 / 18.10.2025

														
														18-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

18-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 18-oktyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib…
17:46 / 17.10.2025

														
														Namangan 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Namangan 38 yoshli erkak 7 yoshli qarindoshini zo‘rladi

Hozirda qizcha shifoxonaning jonlantirish bo‘limida ekani aytilmoqda.
15:26 / 17.10.2025

														
														Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Bryusselga Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha tarixiy bitim uchun tashrif buyurishi aytilmoqda.
15:08 / 17.10.2025

														
														Azon Global o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Azon Global o‘z faoliyatini to‘xtatdi

2025-yil 15-oktyabr kuni Azon Global tahririyati media platformaning faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qildi.
15:21 / 16.10.2025

														
														Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

“Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi” – deya xabar berdi Saida Mirziyoyeva.
12:32 / 16.10.2025

														
														Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Samarqandda MDHga a’zo davlatlar xavfsizlik organlari va maxsus xizmatlari rahbarlari Kengashining 57-majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Bu yilgi tadbir O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tashkil etildi.
12:07 / 16.10.2025

														
														16-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
08:12 / 16.10.2025

														
														O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qo‘shma loyihalari portfeli 27 milliard dollardan oshdi

15-oktyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistonining yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkaz…
15:53 / 15.10.2025

Bu ham qiziq

Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

Mirziyoyev 24-oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Bryusselga borishi kutilmoqda

O‘zbekiston Prezidenti Bryusselga Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik bo‘yicha tarixiy bitim uchun tashrif buyurishi aytilmoqda.
15:08 / 17.10.2025
Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Toshkentga kirish-chiqish postlari joyi o‘zgartiriladi

Postlarning yangi joylashuvi hozircha oshkor etilmadi.
14:41 / 17.10.2025
Ukraina Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Ukraina Xitoyga qarshi sanksiyalar qo‘llashi mumkin

Ukraina prezidenti ofisi maslahatchisi Mixail Podolyakning aytishicha, Rossiya Ukrainaga qarshi urushni faqat Xitoyning siyo…
15:48 / 17.10.2025
Tarixda ilk bor o‘zbek klublari JCh uchun FIFA’dan kompensatsiya oladi

Tarixda ilk bor o‘zbek klublari JCh uchun FIFA’dan kompensatsiya oladi

FIFA Jahon chempionati dunyodagi eng ko‘p daromad keltiruvchi sport musobaqasidir.
09:27 / 16.10.2025
Azon Global o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Azon Global o‘z faoliyatini to‘xtatdi

2025-yil 15-oktyabr kuni Azon Global tahririyati media platformaning faoliyati to‘xtatilishini ma’lum qildi.
15:21 / 16.10.2025
Pokiston va Afg‘oniston sulhni uzaytirishga kelishib oldi

Pokiston va Afg‘oniston sulhni uzaytirishga kelishib oldi

Bu haqda Pokistonning Dawn gazetasi xabar berdi.
08:59 / 18.10.2025
Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

Oksfordda o‘zbek tili o‘qitiladi

“Oksford universitetida o‘zbek va eski o‘zbek tillari o‘rganiladi” – deya xabar berdi Saida Mirziyoyeva.
12:32 / 16.10.2025
Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi

Rossiya armiyasida jang qilgan o‘zbekistonlik Ukrainaga taslim bo‘ldi

U O‘zbekiston hukumatidan vatanga qaytishda yordam so‘ramoqda.
09:47 / 18.10.2025
16-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

16-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
08:12 / 16.10.2025
17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

17-oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqd…
16:18 / 16.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!