$
12011.02 UZS
-49.13
148.08 UZS
-0.79
13958.01 UZS
-106.54
31° Kechasi 18°

9 oy davomida sudga 50 mingdan ziyod er-xotin ajrashish uchun ariza berdi

15:18 / 19.10.2025

Bu haqda Oliy sudning shu davrda sudlar tomonidan ko‘rib chiqilgan fuqarolik ishlari yuzasidan bergan axborotidan ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, o‘tgan 9 oy davomida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 8,2 trillion so‘mdan ortiq majburiy to‘lovlar (voyaga yetmagan bolalar uchun aliment, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar, yozma bitimga asoslangan va qarzdor tomonidan tan olingan talablar, kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzdorlik to‘lovlari va boshqalar)ni undirish haqida 1 135 823 ta sud buyrug‘i chiqarildi.

Shuningdek, 472 932 ta fuqarolik ishi ko‘rib chiqilib, ularning 365 164 tasi bo‘yicha talablar qanoatlantirilgan bo‘lsa, 56 804 tasi bo‘yicha talablarni qanoatlantirishdan rad qilingan, 45 682 tasi bo‘yicha da’volar ko‘rmasdan qoldirilgan bo‘lsa, 5 282 tasi bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Ko‘rib tamomlangan fuqarolik ishlardan 151 519 tasi bitimlar, 52 507 tasi nikohdan ajratish, 19 493 tasi uy-joy munosabatlari, 14 595 tasi alohida toifadagi ishlar, 9 116 tasi o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy yoki qurilmani buzish, 2 835 tasi otalikni belgilash bilan bog‘liq va boshqa toifadagi ishlarni tashkil qiladi.

Nikohdan ajratishga oid ko‘rilgan ishlar tahliliga ko‘ra, ko‘rib tamomlangan ishlarning:

– 27 578 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan (nikohlar bekor qilingan),

– 18 430 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan (nikohlar bekor qilinmagan),

– 4 658 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 1 841 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

2 375 ta ishga tiklashga doir ko‘rib tamomlangan ishlarning 1 053 tasi bo‘yicha da’vo talablari qanoatlantirilgan, 911 tasi bo‘yicha da’vo talablarini qanoatlantirish rad etilgan, 361 tasi ko‘rmasdan qoldirilgan hamda 50 ta da’vo bo‘yicha ishni yuritish tugatilgan.

Viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan apellyatsiya tartibida 9 672 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 720 ta qaror bekor qilinib, 587 ta sud qarori o‘zgartirildi. Kassatsiya tartibida 6 357 ta ish ko‘rib chiqildi. Birinchi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 1 243 ta qaror bekor qilinib, 541 ta sud qarori o‘zgartirildi. Taftish tartibida 4 267 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi instansiya sudlari tomonidan chiqarilgan 363 ta qaror bekor qilinib, 106 ta sud qarori o‘zgartirildi.

Oliy sudning fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlov hay’ati tomonidan taftish tartibida 257 ta ish ko‘rib chiqildi. Quyi sudlar tomonidan chiqarilgan 130 ta qaror bekor qilinib, 35 ta sud qarori o‘zgartirilgan.


O‘zbekiston


														
														O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sun’iy intellekt yordamida prognoz qilinadi

O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sun’iy intellekt yordamida prognoz qilinadi

“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora…
10:34 / 22.10.2025

														
														Ohangaronda mahkum qochib ketgani yuzasidan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ohangaronda mahkum qochib ketgani yuzasidan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumot berishicha, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan …
09:43 / 22.10.2025

														
														Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
08:55 / 22.10.2025

														
														Jizzax va Samarqandda noqonuniy dorilari savdosiga chek qo‘yildi

Jizzax va Samarqandda noqonuniy dorilari savdosiga chek qo‘yildi

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
08:40 / 22.10.2025

														
														Mirziyoyev sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarning loyihalari bilan ham tanishdi

Mirziyoyev sun’iy intellekt yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan iqtidorli yoshlarning loyihalari bilan ham tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev IT-parkka tashrif chog‘ida sun’iy intellekt texnologiyalarini mamlakatimiz vazirlik va idoralar…
17:48 / 21.10.2025

														
														22 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

22 oktyabr kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 22 oktyabr kuni Toshkentda havo biroz bu…
17:41 / 21.10.2025

														
														Ma’naviyat va davlat tili maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

Ma’naviyat va davlat tili maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

“Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
15:32 / 21.10.2025

														
														“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz” – Prezident

“Biz 2030-yilga borib, sun’iy intellekt bo‘yicha “TOP-50” ta davlat qatoriga kirishni maqsad qilganmiz” – Prezident

Yig‘ilishda hudud va tarmoqlar rahbarlari hisobot berdi, sohadagi startaplar asoschilari va informatika o‘qituvchilarining f…
15:23 / 21.10.2025

														
														Chilonzordagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Chilonzordagi kafeda yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 21-oktyabr kuni soat 13:41 da Toshkent shahar Chilonzor tumani Kichik halqa yo‘li ko‘chasida joylashgan kafelarning b…
14:33 / 21.10.2025

														
														Prezident IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berdi

Prezident IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktyabr kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyih…
13:07 / 21.10.2025

Bu ham qiziq

Gonkongda samolyot dengizga quladi

Gonkongda samolyot dengizga quladi

Gonkong xalqaro aeroportida yuk tashuvchi Boeing 777 samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda South China Morning Post nashri x…
09:31 / 20.10.2025
Toshkentda avtomobil YHTga uchrab, yonib ketdi

Toshkentda avtomobil YHTga uchrab, yonib ketdi

Yong‘in oqibatida jarohat olganlar bo‘lmagan.
11:04 / 21.10.2025
Tramp Ukraina-Rossiya urushida Ukrainaning g‘alabasiga ishonmasligini aytdi

Tramp Ukraina-Rossiya urushida Ukrainaning g‘alabasiga ishonmasligini aytdi

Biroq, u ehtimoliy g‘alabani ham inkor etmasligini bildirgan.
08:33 / 21.10.2025
Toshkentda qariyb 150 mln dollarlik yirik tibbiyot klasteri barpo etiladi

Toshkentda qariyb 150 mln dollarlik yirik tibbiyot klasteri barpo etiladi

Loyiha doirasida Koreya Respublikasining Iqtisodiy rivojlanish va hamkorlik jamg‘armasi ishtirokida katta yoshdagilar uchun …
09:28 / 21.10.2025
G‘azoni qayta tiklash uchun 50 milliard dollar kerak

G‘azoni qayta tiklash uchun 50 milliard dollar kerak

Bu bir oz kamroq bo‘lishi mumkin, u bir oz ko‘proq bo‘lishi mumkin. Ammo bu mintaqaga bu juda ko‘p pul emas.
09:40 / 21.10.2025
O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sun’iy intellekt yordamida prognoz qilinadi

O‘zbekistonda kuchli zilzilalar sun’iy intellekt yordamida prognoz qilinadi

“Seysmik xavfsizlikni ta’minlash hamda seysmologiya sohasidagi ishlar samaradorligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora…
10:34 / 22.10.2025
Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

Migratsiya agentligi Rossiyadagi o‘zbekistonlik xalqaro yuk tashuvchi haydovchilarni ogohlantirdi

2025-yil holatiga ko‘ra, Rossiyadagi xalqaro avtoyuk tashishlarning 25 foizga yaqini o‘zbekistonlik haydovchilar tomonidan a…
10:14 / 20.10.2025
Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkentda qurilishi tugallanmagan binoning yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi

“Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q”, – deyiladi xabarda.
08:55 / 22.10.2025
Yevropa davlatlari Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishga chaqirdi

Yevropa davlatlari Ukrainadagi urushni hozirgi front chizig‘ida to‘xtatishga chaqirdi

“Rossiyaning vaqtni cho‘zish taktikasi Ukraina tinchlikka jiddiy intilayotgan yagona tomon ekanini qayta-qayta ko‘rsatmoqda”…
17:43 / 21.10.2025
Ohangaronda mahkum qochib ketgani yuzasidan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ohangaronda mahkum qochib ketgani yuzasidan hibsxona xodimlariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasining ma’lumot berishicha, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan …
09:43 / 22.10.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!