$
12136.57 UZS
-0.53
157.70 UZS
-0.83
14318.73 UZS
11.52
31° Kechasi 18°

Prezident IT-park loyihasining ikkinchi bosqichiga start berdi

13:07 / 21.10.2025

Prezident Shavkat Mirziyoyev 21-oktyabr kuni poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan IT-parkka tashrif buyurib, loyihaning ikkinchi bosqichiga tamal toshi qo‘yish marosimida ishtirok etdi.

Ikki yil oldin 200 million dollar investitsiya hisobiga ushbu loyihaning birinchi bosqichi amalga oshirilgan edi. Qariyb 4 gektar maydonda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi va zamonaviy kongress-xoll barpo etildi.

Bu yerda mutaxassislar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, istiqbolli startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan. Axborot texnologiyalari, fintex, logistika, elektron tijorat, elektron ta’lim, biotexnologiya va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.

Hozirgi kunda IT-park rezidentlari soni 3 ming 200 ta kompaniyaga yetdi, ularda 14 mingdan ortiq mutaxassis faoliyat yuritmoqda. O‘tgan yili rezidentlar tomonidan 1 milliard 600 million dollarlik xizmat ko‘rsatilgan bo‘lsa, joriy yil yakuni bilan mazkur ko‘rsatkich 2,5 milliard dollardan ortishi kutilmoqda.

Eksport hajmi esa ilk bor 1 milliard dollarlik marradan oshishi rejalashtirilgan.

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasiga muvofiq, 300 mingdan ziyod yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida yuqori daromadli ish bilan ta’minlash maqsad qilingan. Xorijiy ekspertlar faqatgina sun’iy intellekt yo‘nalishining o‘zida O‘zbekistonning salohiyatini 10 milliard dollarga baholamoqda.

“Ishonchim komilki, bugun tamal toshi qo‘yilayotgan ushbu yirik majmua oldimizga qo‘ygan ulkan marralarni zabt etishda, shuningdek, investorlar bilan O‘zbekiston o‘rtasida manfaatli hamkorlikni yanada kuchaytirishda muhim o‘rin tutadi”, – deydi davlat rahbari.

Loyihaga ko‘ra, IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiya Arabistonining “DataVolt” kompaniyasi bilan hamkorlikda quvvati 12 megavatt bo‘lgan, 150 million dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 milliard dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 megavattga yetkaziladi.

Bundan tashqari, ushbu hududda jami 6 ta bino – Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari, 2 ta 20 qavatli ofis binosi, shuningdek, servis va savdo markazlari quriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, mazkur majmua eng zamonaviy texnologiyalar, innovatsiyalar va bilimlarga asoslangan “Sun’iy intellekt xabi”ga aylanadi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev kapsula qo‘yib, “IT-Park” loyihasining ikkinchi bosqichi qurilishiga rasman start berdi.


O‘zbekiston


														
														Maqtanchoq bloger 10 sutkaga qamaldi

Maqtanchoq bloger 10 sutkaga qamaldi

Sud qaroriga ko‘ra, “maqtanchoq bloger” 10 sutka ma’muriy javobgarlikka tortilib, tarbiyalanishi uchun ma’muriy qamoq jazosi…
17:11 / 28.02.2026

														
														Komil Allamjonovga suiqasd qilgan shaxs qamoqxonada vafot etdi

Komil Allamjonovga suiqasd qilgan shaxs qamoqxonada vafot etdi

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 26-fevral kuni sodir bo‘lgan. Jahongirov izolyatorda kiyimidan foydalangan holda o‘z joniga qasd…
16:53 / 28.02.2026

														
														1-mart uchun ob-havo ma’lumoti

1-mart uchun ob-havo ma’lumoti

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) …
16:13 / 28.02.2026

														
														Isroil va Eron havo hududi yopilgani sababli bir nechta aviareyslar O‘zbekistonga qaytdi

Isroil va Eron havo hududi yopilgani sababli bir nechta aviareyslar O‘zbekistonga qaytdi

Uzbekistan Airports Eron va Isroil havo hududlarining yopilishi sababli bir qancha reyslar ortga qaytganini ma’lum qildi.
15:03 / 28.02.2026

														
														O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ikkinchi bor ogohlantirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ikkinchi bor ogohlantirdi

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik sababli Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan Frontorti buyrug‘iga qat’iy amal qilish so…
14:40 / 28.02.2026

														
														O‘zbekiston TIV Afg‘oniston – Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi

O‘zbekiston TIV Afg‘oniston – Pokiston chegarasidagi vaziyat yuzasidan bayonot bilan chiqdi

Biz tomonlarni darhol otishmani to‘xtatishga, vazminlikka va keskinlikning yanada kuchayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan h…
09:39 / 28.02.2026

														
														Orol dengizi hududida saksovul ekish ishlari boshlandi

Orol dengizi hududida saksovul ekish ishlari boshlandi

BMTTD, ACDF va Aral School qo‘shma tashabbusi Orol dengizining qurigan tubida 90 ming gektar maydonga saksovul va boshqa gal…
15:41 / 27.02.2026

														
														Prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizligi xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahar Uchtepa tumanining prokuror yordamchisi pora bilan qo‘lga tushdi.
15:27 / 27.02.2026

														
														O‘zbekiston 8 yillik tanaffusdan so‘ng qishki Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston 8 yillik tanaffusdan so‘ng qishki Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma oldi

Para tog‘ chang‘isi bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari – Yulduz Maxmudova hamda Firdavs Xudoyatov Paralimpiy…
15:03 / 27.02.2026

														
														Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yiladi

Termiz – Istanbul, Termiz – Dubay yo‘nalishlarida yangi reyslar qo‘yiladi

“Biz avariyani ham to‘xtatamiz, Surxondaryo iqtisodiyotiga katta turtki beradigan loyihani ham boshlaymiz”, – dedi Prezident.
13:21 / 27.02.2026

Bu ham qiziq

Termiz xalqaro savdo markazida eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish topshirildi

Termiz xalqaro savdo markazida eksport hajmini 1 milliard dollarga yetkazish topshirildi

Endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham qo‘shilgan qiymat so…
12:11 / 27.02.2026
Prezident Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasining amaliy natijalari bilan tanishdi

Prezident Surxondaryo viloyatida ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash loyihasining amaliy natijalari bilan tanishdi

Surxondaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ushbu 287 million dollarlik megaloyiha sohada erishilayotgan natijalardan biri …
14:03 / 26.02.2026
Boliviyada pul yuklangan harbiy samolyot qulab tushdi

Boliviyada pul yuklangan harbiy samolyot qulab tushdi

Ma’lum qilinishicha, voqea mamlakatning El-Alto shahrida, mahalliy aeroport yaqinida sodir bo‘lgan.
10:52 / 28.02.2026
Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Keniyaliklarni Rossiya-Ukraina urushiga yollagan shaxs ushlandi

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu tuzilma orqali Keniya fuqarolari Rossiyaga ishga joylashtirish niqobi ostida, aslida U…
09:31 / 28.02.2026
Toshkent viloyatida fuqaro 2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irladi

Toshkent viloyatida fuqaro 2,3 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irladi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2 milliard 365 million so‘…
13:31 / 26.02.2026
“Men hech qanday yomon ish qilmaganman” — Bill Klinton

“Men hech qanday yomon ish qilmaganman” — Bill Klinton

Qo‘shma Shtatlar sohib rahbari Epshteyn ishi bo‘yicha Kongressga ko‘rsatma berdi.
12:10 / 28.02.2026
Surxondaryodagi eng og‘riqli masalalardan biri yo‘l va transport infratuzilmasi ekani qayd etildi

Surxondaryodagi eng og‘riqli masalalardan biri yo‘l va transport infratuzilmasi ekani qayd etildi

Yurtimizni Afg‘oniston va Tojikiston bilan bog‘laydigan 178 kilometrli magistral yo‘l 30 yildan buyon kapital ta’mirlanmagan…
13:14 / 27.02.2026
Qoidabuzarligini maqtangan yigit uzr so‘radi

Qoidabuzarligini maqtangan yigit uzr so‘radi

Bosh prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, Uzbelas Performance avtoservisi rahbari Asadbek Jumayev ishtirokidagi videointervyu o‘rg…
11:29 / 27.02.2026
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ikkinchi bor ogohlantirdi

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi vatandoshlarni ikkinchi bor ogohlantirdi

Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik sababli Isroildagi O‘zbekiston fuqarolaridan Frontorti buyrug‘iga qat’iy amal qilish so…
14:40 / 28.02.2026
Toshkentda BMW va Onix ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda BMW va Onix ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

YTH natijasida Onix avtomashinasining haydovchisi va 2 nafar yo‘lovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam …
14:35 / 26.02.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!