$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Yo‘l kameralaridan ma’lumotlar sizib chiqqani rad etildi

10:00 / 25.12.2025

IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati O‘zbekistondagi yo‘l kameralaridan ma’lumotlar sizib chiqqan, degan da’volarni rad etdi. Bu bayonot Amerika IT nashri TechCrunchda chiqqan maqolaga izoh sifatida berildi.

Ma’lum qilinishicha, xorijiy mutaxassislar topgan foto va videolar haqiqiy ishchi tizimdan emas, balki sinov (qumdon) serveridan olingan. Ushbu serverda yangi uskunalar va qoidabuzarliklarni aniqlash funksiyalari 10 kun atrofida sinovdan o‘tkaziladi. U yerdagi materiallar asosida hech qanday jarima yoki hisobot shakllantirilmaydi.

IIV vakili Suxrob Tursunovning ta’kidlashicha, sinov serverida shaxsiy ma’lumotlar yo‘q, faqat transport vositalari tasvirlari mavjud. Davlat raqami shaxsiy ma’lumot hisoblanmaydi. Suxrob Tursunovning ta’kidlashicha, yo‘l harakati qoidalarini buzish ma’lumotlari — bayonnoma, qoidabuzarlik fotosurati va odatda 6−10 soniya davom etadigan videoga ham parolsiz kirish mumkin, ammo faqat QR-kod, to‘g‘ridan to‘g‘ri havola yoki mobil ilovalar orqali. Bu ma’lumotlarni haydovchi ham, transport vositasi egasi yoki advokat kabi boshqa manfaatdor tomonlar ham tekshirishi uchun zarur. Havola avtomatik ravishda yaratiladi va boshqa qoidabuzarliklar uchun havolalarni kuch ishlatish usullari orqali topishning iloji yo‘q.

Fotovideofiksatsiya tizimi transport vositalarining harakatini kuzatmaydi, faqat qoidabuzarliklarni qayd etadi. Asosiy serverlar O‘zbekiston ichidagi yopiq tarmoqda joylashgan va xorijdan kirish imkoni yo‘q. Tasvirlar esa faqat bildirishnoma berilgandan so‘ng maxsus bulut serveriga yuklanadi.

YHXX ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 5 mingdan ortiq kamera ishlamoqda va barcha ma’lumotlar yagona axborot tizimida jamlanadi. Kameralar joylashuvi haqidagi ma’lumotlar ochiq manbalarda mavjud.

Barcha tizimlar ishga tushirishdan oldin Kiberxavfsizlik markazi tomonidan tekshiriladi. Zaiflik haqida xabar olingandan so‘ng o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ham hech qanday xavf tasdiqlanmadi. Markaz maqola muallifi Zak Uitaker bilan aloqa o‘rnatishga urinib ko‘rgan, ammo javob olmaganini ma’lum qildi.


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

Xorazmda payvandlash uskunasi ichiga yashirilgan geroin fosh qilindi

2001-yilda tug‘ilgan shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi (svar…
17:17 / 01.04.2026
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026
PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!