$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Manzil koloniyadan qochib, voyaga yetmagan qizni zo‘rlagan pedofilga sud hukmi o‘qildi

14:46 / 25.12.2025

Shu yil oktyabr oyida Toshkent viloyatining Ohangaron tumanida joylashgan manzil koloniyada jazosini o‘tayotgan 31 yoshli mahkum qochib, 3-sinfda o‘qiydigan qizni zo‘rlagani haqidagi xabar berilgandi. Bugun, 25-dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudida mazkur ish yuzasidan sud jarayoni yakunlanib, sud hukmi e’lon qilindi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ushbu jinoyat ishi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi (sudda jinoyat ishlarining oshkora ko‘rilishi) talablariga muvofiq yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

E’lon qilingan sud hukmiga muvofiq (1994-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlangan) M.T. voyaga yetmagan (qiz bola, 2016-yilda tug‘ilgan) S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 119-moddasi (jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib g‘ayritabiiy usulda qondirish) 4-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. 

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 34-moddasi (retsidiv jinoyat) 3-qismi “a” bandiga asosan M. T. o‘ta xavfli retsidivist deb topildi.

M.T. tayinlangan jazo muddatining dastlabki 2 yilini turmada, jazoning qolgan muddatini maxsus tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilandi. 

Birinchi instansiya sudining hukmi ustidan taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya/kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest keltirishga haqliligi ma’lum qilindi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar Bosh boshqarmasi matbuot kotibi Bobur To‘laganovning ma’lum qilishicha, ayblanuvchi – 1994-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan M.T. joriy yilning 16-oktyabr kuni qochib ketgan va shu kuni Ohangaron tumanida voyaga yetmagan qizga, uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan. U oldin ham, aniqrog‘i, sudning 2018-yildagi hukmi bilan Jinoyat kodeksining 118-moddasi (nomusga tegish)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilib, 16 yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilangan, biroq 2024-yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Nishon tumani sudining ajrimi bilan mahkum manzil koloniyaga o‘tkazilgan.

Joriy yil oktyabrdagi holat ortidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining Markaziy tergov hibsxonasi tartibot bo‘limi safdori Sh.O. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 214-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 


O‘zbekiston


														
														Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlanadi

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari…
14:32 / 04.04.2026

														
														Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Endilikda dori vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazishda ularning xalqaro miqyosdagi samaradorligi o‘rganiladi

Unga ko‘ra, dori vositalarining samaradorligi 12 ta xalqaro ilmiy manbalar asosida tekshiriladi.
13:57 / 04.04.2026

														
														Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026

														
														PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

PPX xodimiga musht tushirgan erkak hibsda qoldirildi

Unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirildi.
11:40 / 04.04.2026

														
														Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Kichik halqa yo‘lida (KHAY) ta’mirlash ishlarining uchinchi bosqichi boshlandi

Shu sababli ayrim ko‘chalarda transportlar harakati vaqtincha cheklandi.
10:28 / 04.04.2026

														
														Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

Bu ham qiziq

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Sindarov Nomzodlar turnirida peshqadamlik qilmoqda

Kiprning Pafos shahrida o‘tkazilayotgan mukofot jamg‘armasi 1 million yevroni tashkil etuvchi Nomzodlar turnirida 1 ochkolik…
17:50 / 02.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning sulh taklifini rad etdi

Eron AQShning 48 soatlik sulh taklifini rad etdi. Bu haqda, Fas axborot agentligi xabar berdi.
14:45 / 04.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

Qoraqalpog‘istonda “Media haftalik”ning ilk bosqichi yakunlandi

So‘nggi besh kun mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi mamlakatimiz axborot makonining tom ma’nodagi qaynoq markaziga — o‘…
12:53 / 04.04.2026
Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Toshkentda bank eksperti 10 ming dollar bilan ushlandi

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
09:28 / 04.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!