$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Eronda norozilik namoyishlari kengaymoqda, Abdanan shahri hukumat nazoratidan chiqdi

09:33 / 07.01.2026

Mahalliy OAVlarga ko‘ra, Ilam viloyatidagi Abdanan shahri Eron Islom Respublikasi hukumati nazoratidan chiqqan birinchi shahar bo‘ldi. Namoyishchilar Abdanandagi politsiya boshqarmasi binosini egallab, shahar ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishgan. Shahar politsiyachilar bitta ham o‘q uzmasdan taslim bo‘lib, namoyishchilarga qo‘shilishgan.

Bundan tashqari, namoyishchilar Malekshahi shahrini ham o‘z nazoratlariga olishga muvaffaq bo‘lishgani hamda xavfsizlik kuchlarini shahardan siqib chiqarishgani xabar qilinmoqda. Ammo bu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.

Shuningdek, bugun Tehronning eng yirik bozorida minglab savdogarlar rejimga qarshi shiorlar bilan norozilik aksiyasi o‘tkazishdi. Bu voqea uch kun avval oyatulloh Ali Xomanaiy tomonidan berilgan bayonotdan keskin farq qiladi. Oyatulloh o‘z bayonotida savdogarlarni “Islomiy rejimga eng sodiq qatlamlardan biri” deb atagan edi.

Eronda hukumatga qarshi namoyishlar 28-dekabrdan beri davom etmoqda. Xavfsizlik kuchlari namoyishchilarga qarshi o‘qlar, suv purkagichlar va ko‘zni yoshlantiruvchi gazdan foydalanyapti, lekin namoyishlarni to‘xtata olmayapti. Mamlakat bo‘ylab ko‘chaga chiqayotgan odamlar soni tobora ortib bormoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Erondagi norozilik namoyishlarida kamida 35 kishi halok bo‘lgan, 1200 dan ortiq namoyishchi hibsga olingan.

 

 


Bu ham qiziq

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Propan narxi 21 foizgacha arzonlashtirildi

Raqobat qo‘mitasi propan narxini sun’iy oshirgan 31 ta kompaniyani jarimaga tortdi.
13:11 / 31.03.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Endi O‘zbekistonda jarimani avtomobil egasi emas, qoidani buzgan haydovchi to‘laydi

Bundan tashqari, mazkur qaror bilan qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, avtomototransport vositasini ro‘y…
12:37 / 01.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” rahbari bilan sayyohlik sohasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev bugun, 1-aprel kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan “BMT Turizm” bosh kotibi Shayxa Nosir Al N…
17:51 / 01.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro moliya markazi tashkil etiladi

“Toshkent xalqaro moliya markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–48-son, 30.03.2026-yil) qabul qilindi.
17:07 / 31.03.2026
Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

Mahalla va OAV hamkorligi – yangi bosqichda!

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev hamda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi vazifasini bajaru…
09:41 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!