$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Yangi Jizzax shahri quriladi

16:47 / 04.02.2026

Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydonida Yangi Jizzax shahri quriladi. Bu prezidentning 30-yanvardagi “2026−2027-yillarda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Hujjatga ko‘ra, Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani yagona aglomeratsiya sifatida rivojlantiriladi. Bu bo‘yicha bosh reja va shaharsozlik hujjatlari xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda ishlab chiqilishi va 1-aprelga qadar Vazirlar Mahkamasiga kiritilishi kerak. Bosh reja ishlab chiqish va infratuzilma bilan ta’minlash uchun 40 milliard so‘m ajratiladi.

Bosh rejaga Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumani o‘rtasidagi 40 gektar bo‘sh yer maydoniga Yangi Jizzax shahrini joylashtirish hamda unda 1200 xonadonli 50 ta ko‘p qavatli uylarni qurish bo‘yicha aniq loyihalar kiritilishi belgilandi.

Hududda yagona ma’muriy markaz qurilib, tumandagi davlat muassasalari shu yerga ko‘chiriladi, bo‘shagan binolar esa xususiy sektorga beriladi. Jizzax shahri va Sharof Rashidov tumanini bog‘laydigan yagona jamoat transporti tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Jizzax shahri ichidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida 10 km uzunlikda aylanma yo‘l quriladi. Hududda zarur muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi yaratilib, ijtimoiy soha obyektlari quriladi.

Bundan tashqari, Sharof Rashidov tumanidagi 9 ta mahallada infratuzilma yaxshilanadi. Bu Jahon banki ishtirokidagi “Qishloq infratuzilmasini rivojlantirish” 2-bosqich loyihasi doirasida amalga oshirilib, 8 million dollar mablag‘ ajratiladi.

Shuningdek, hujjatga muvofiq, Jizzax viloyatida 2028-yilgacha yalpi hududiy mahsulot hajmini yillik o‘rtacha 8,5 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmini 7,8 foizga, bozor xizmatlari hajmini 13,2 foizga hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini 4,6 foizga o‘stirish rejalashtirilmoqda.

2026-yilda ishsizlik darajasini 3 foizga va kambag‘allik darajasini 2,8 foizga tushirish, Jizzax shahri, Sharof Rashidov, Baxmal, G‘allaorol, Do‘stlik, Zomin va Zafarobod tumanlarini kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantirish ko‘zda tutilgan.

 


O‘zbekiston


														
														Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026

														
														Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026

														
														4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026

														
														Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026

														
														2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

2027-yildan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarini ularning milliy reytingdagi natijalariga koʻra moliyaviy ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan takliflar taq…
15:13 / 03.04.2026

														
														Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda voyaga yetmagan qizni qiynoqqa solgan o‘gay onaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Ijtimoiy tarmoqlarda voyaga yetmagan qiz o‘gay onasi tomonidan qiynoqqa solinganligi haqida videomurojaati tarqalib turli mu…
14:32 / 03.04.2026

														
														Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026

														
														O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

														
														Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

														
														3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026

Bu ham qiziq

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

Endi nomingizda bo‘lmagan telefon raqam bilan bank ilovasiga kira olmaysiz

22-apreldan boshlab mobil bank ilovalaridan foydalanish uchun telefon raqami aynan foydalanuvchi nomiga rasmiy ro‘yxatdan o‘…
16:49 / 03.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Rossiya Kubaga yana neft yubormoqchi

Avvalroq Rossiyaning “Anatoliy Kolodkin” tankeri 100 ming tonna xom neft bilan Kubaga yetib borgan edi.
16:57 / 02.04.2026
Xitoyda yangi virus tarqaldi

Xitoyda yangi virus tarqaldi

Reuters xabariga ko‘ra, Xitoyda ilgari uchramagan yangi turdagi yashur kasalligi, ya’ni chorva orasida tez yuqadigan virus a…
11:24 / 03.04.2026
1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

1-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
17:37 / 31.03.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Bank xodimi mijozni o‘ldirib, jasadni kanalga tashlab yubordi

Qo‘qon shahridagi banklardan birining kredit bo‘limi mutaxassisi A.T. gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi.…
10:43 / 03.04.2026
Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda PPX xodimiga musht tushirgan haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

30-mart kuni tungi vaqtda Yashnobod tumani ko‘chalarining birida Malibu va Leapmotor avtomashinalari ishtirokida to‘qnashuv …
14:06 / 02.04.2026
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori

Milliy suverenitet va davlat mustaqilligi har qaysi mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy taraqqiyotining eng a…
09:23 / 03.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!