$
11802.19 UZS
-7.63
139.87 UZS
-0.81
13527.67 UZS
-41.81
31° Kechasi 18°

Olmaliqdagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi vafot etdi

13:03 / 10.02.2026

Toshkent viloyati Olmaliq shahrida joylashgan umumta’lim maktablaridan birida 10-sinfda tahsil olgan o‘quvchi qiz vafot etdi.

Nemolchi.uz xabariga ko‘ra, o‘quvchining o‘limiga kuchli stress sabab bo‘lgan.

“Maktabda yuqori sinf o‘quvchisi bo‘lgan bir qiz haqida noxush mish-mishlar tarqalgan edi. Bu qiz ota-onalar qo‘mitasi vakilining yo qarindoshi, yo tanishi bo‘lgan. U yolg‘on bahona bilan ichki ishlar xodimlarini chaqirtirib, qizlarga qo‘pol ohangda, baland ovozda “ma’ruza” o‘qiy boshlagan. So‘ngra mish-mish tarqatishda “gumon qilingan” qizlarni suhbat uchun alohida xonaga chaqirishgan. Mening farzandim ham shu yig‘ilishda edi. Men va ko‘plab ota-onalar g‘azabdamiz. Qanday qilib bolalarni ota-onalar va psixologlarni ogohlantirmasdan yig‘ish mumkin? Qaysi huquq bilan bu ota-ona huquq-tartibot idoralari xodimlari (erkaklar) huzurida bizning bolalarimizga baland ovozda dashnom beradi, ustiga-ustak noqulay savollar berishga jur’at etgan o‘qituvchini ishdan bo‘shatish bilan qo‘rqitishga haddi sig‘adi?”, — deydi marhum qizning onasi.

Manbaga ko‘ra, suhbat jarayonida asosan mas’ul shaxslar tomonidan o‘quvchilarga keskin va baland ovozda murojaat qilingan. O‘quvchi qiz ushbu holatni og‘ir qabul qilishi oqibatida kuchli ruhiy bosimga uchragan.

Shuningdek, mazkur hodisa yuzasidan Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 2026-yil 28-yanvar kuni Olmaliq shahridagi 5-sonli umumta’lim maktabida yuz bergan. Maktabning 10-sinf o‘quvchisi (2009-yilda tug‘ilgan) K.Y. maktab yo‘lagida hushini yo‘qotgan. Dastlabki tibbiy yordamlarga qaramay vafot etgan.

Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda huquq-tartibot organlari tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar rasmiy tekshiruvlar nihoyasiga yetgach e’lon qilinadi.

O‘zbekiston

														23-sentyabr kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

Ertaga respublika bo‘ylab biroz bulutli ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.
17:30 / 22.09.2026

														Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metropolitenida 21-sentabr kuni yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda “Toshkent metropolite…
12:31 / 22.09.2026

														Ruminiyada qabristondan pandemiya davriga oid jasadlar solingan qoplar topildi

Ruminiyaning Slatina shahridagi Streherets qabristonida COVID-19 pandemiyasi davriga oid inson qoldiqlari va chirimagan jasa…
12:27 / 22.09.2026

														O‘zbekistonda ish joyidagi zo‘ravonlik bo‘yicha onlayn murojaat portali ishga tushiriladi

O‘zbekistonda ish joyidagi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan onlayn murojaat qilish imkonini beruvchi portal ishga t…
12:22 / 22.09.2026

														Samarqandda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnashiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hol…
12:16 / 22.09.2026

														Erkak Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepdi

Vengriya bosh vaziri Peter Madyar Seksard shahrida o‘tkazilgan vino festivalida ovqat olish uchun navbatda turganida bir erk…
10:22 / 22.09.2026

														Google Irlandiyada 403 mln yevro jarimaga tortildi

Google kompaniyasi va Irlandiyaning Ma’lumotlarni himoya qilish komissiyasi (DPC) o‘rtasidagi olti yillik nizo kompaniyaga 4…
10:04 / 22.09.2026

														O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga H…
09:47 / 22.09.2026

														Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlan…
09:13 / 22.09.2026

														O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda 22-sentabr kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeor…
16:36 / 21.09.2026

Bu ham qiziq

Turkiyada xalqaro qidiruvdagi shaxs qo‘lga olindi

U 5 milliard so‘m kredit olib, to‘lamay qochib yurgan.
09:32 / 21.09.2026
Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva BMT qarorgohida Antoniu Guterrish bilan uchrashdi

Bugun Prezident Administratsiyasi rahbari Nyu-York shahrida BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi. Unda o‘zaro aloqalarni rivojlan…
09:13 / 22.09.2026
Ukraina Moskvaga eng yirik dron hujumini uyushtirdi. Qurbonlar bor.

Rossiya poytaxti Moskva so‘nggi bir sutka ichida eng yirik dron hujumiga uchradi. Havo hujumidan mudofaa kuchlari kecha,-19-…
16:29 / 20.09.2026
Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metrosida yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi

Toshkent metropolitenida 21-sentabr kuni yo‘lovchi tashish bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Bu haqda “Toshkent metropolite…
12:31 / 22.09.2026
Surxondaryoda talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming dollarga sotishga urindi

Surxondaryo viloyatida universitetning uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talaba ayol tug‘ilmagan farzandini 1,5 ming doll…
15:56 / 21.09.2026
O‘zbekistonga telefon importi sakkiz oyda salkam 20 foizga oshdi

O‘zbekistonga import qilingan mobil telefonlar soni 2026-yilning yanvar–avgust oylarida 3,26 million donani tashkil etdi. Bu…
10:28 / 21.09.2026
O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

O‘zbekistonda hindistonlik va bangladeshliklarni talabalikka qabul qilmaslik haqida ko‘rsatma berilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan davlat va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga H…
09:47 / 22.09.2026
O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda bugun  havo +37 darajagacha isiydi

O‘zbekistonda 22-sentabr kuni biroz bulutli ob-havo kuzatiladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zbekiston Gidrometeor…
16:36 / 21.09.2026
Qoraqalpog‘istonda qator yirik loyihalarga start berildi

Qoraqalpog‘istonga tashrif doirasida Prezident bilan birgalikda hududdagi qator ijtimoiy va iqtisodiy obyektlar ko‘zdan kech…
12:28 / 19.09.2026
Samarqandda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnashiga izoh berildi

Samarqandda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnashiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnayotgani aks etgan video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi. Hol…
12:16 / 22.09.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!