ÖzLiDePning navbatdagi Kongressiga tayyorgarlik doirasida Qoraqalpoğiston Respublikasi, Farğona va Samarqand viloyatlari partiya kengaşlarining konferensiyalari bölib ötdi. Ularda partiya elektorati doirasini kengaytiriş, jamiyatning yangi ijtimoiy qatlamlari bilan hamkorlikni kuçaytiriş masalalari muhokama qilindi.
Bugun jamiyatimizda yangi iqtisodiy va ijtimoiy qatlamlar şakllanmoqda. Şu bois ÖzLiDeP aholining keng qatlamlari bilan işlaş, ularning manfaatlarini ifoda etiş va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaşni maqsad qilgan.
Konferensiyalarda tadbirkorlar va fermerlar bilan bir qatorda, ta’lim, tibbiyot, sport sohasi vakillari, özini özi band qilgan fuqarolar, startapçilar, malakali mutaxassislar, yoşlar va işbilarmon xotin-qizlar bilan tizimli işlaş zarurligi ta’kidlandi.
Zero, elektoratni kengaytiriş faqat partiya a’zolari sonini oşiriş emas, balki jamiyatning turli qatlamlari manfaatlari va taşabbuslarini siyosiy maydonda ifoda etiş demakdir. Konferensiyalarda bildirilgan takliflar partiyaning kelgusi faoliyatida öz aksini topadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!