Turkiyada mehnat faoliyati davomida boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlangan özbekistonlik ayol mamlakatga qaytarildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasining Istanbul şahridagi Boş konsulxonasi xabar berdi.
Xabarga köra, Özbekiston Respublikasining Istanbul Boş konsulxonasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi va faol vatandoşlar hamkorligida oğir ahvolda bölgan, 1981-yilda tuğilgan M.K.ning Özbekistonga qaytişi taşkil etilgan.
Mehnat faoliyatini amalga oşiriş maqsadida Turkiyaga kelgan özbekistonlik uzoq vaqt davomida bola parvarişi bilan şuğullanib kelgan. Biroq, kutilmaganda boş miyasiga qon quyilişi oqibatida tanasining çap qismi falajlanib, Istanbuldagi şifoxonalardan birida davolanişga majbur bölgan.Bemorning yonida bölib, uni parvarişlaş va davolaniş jarayonida kömaklaşib kelgan ukasi hamrohligida uni Özbekistonga qaytariş çoralari körilgan.
Şuningdek, uşbu jarayonni tibbiy jihatdan xavfsiz taşkil etiş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirligi kömagida Respublika tez tibbiy yordam markazining ikki nafar mutaxassisi Istanbulga yetib kelgan. Tibbiyot xodimlari bemorni Özbekistonga qaytariş jarayonida, jumladan, aviaparvoz davomida uning ahvolini muntazam nazorat qilib, zarur tibbiy yordam körsatib borgan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!