$
12149.84 UZS
7.74
151.10 UZS
0.57
14003.91 UZS
-76.07
31° Kechasi 18°

Endi haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun jarima qo‘llanadi

15:51 / 12.02.2026

Shavkat Mirziyoyev tomonidan 11-fevral kuni imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga qator o‘zgartirishlar kiritildi.

Hujjatga muvofiq, endilikda xalqaro va shaharlararo avtomobil tashuvlarini amalga oshirishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimini buzganlik uchun javobgarlik belgilanadi. Bunday huquqbuzarlik BHMning yetti baravari miqdorida (2 million 884 ming so‘m) jarima solishga sabab bo‘ladi. Mazkur talab M3 va N3 toifali avtotransport vositalarida yo‘lovchi va yuklarni 400 kilometr va undan ortiq masofaga tashish jarayonlariga tatbiq etiladi.

Shuningdek, 125-moddaga kiritilayotgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, xalqaro va shaharlararo tashuvlarni raqamli nazorat uskunalarisiz (taxografsiz), nosoz taxograf bilan yoki uni o‘chirib qo‘ygan holda amalga oshirish, shuningdek, haydovchining taxograf kartasisiz harakatlanishi ham javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Amaldagi qonunchilikda shaharlararo va xalqaro yo‘lovchi tashishni amalga oshirayotgan avtobuslarda taxograf (nazorat qurilmasi) o‘rnatilgan. Bu qurilma haydovchilarning ish vaqti, dam olish vaqti, tezlik va masofani yozib boradi. Qurilmani o‘chirgan holda avtomobil boshqarganlik uchun javobgarlik mavjud. Biroq ushbu qurilmadagi ma’lumotlarga asosan haydovchining mehnat va dam olish rejimiga bo‘ysunmagani yuzasidan javobgarlik belgilanmagandi.

Shu bilan birga, haydovchining ish vaqti davomiyligi 9 soatdan ortiq yoki yo‘nalish masofasi 400 kilometr va undan ortiq masofaga yo‘lovchi va yuklarni tashishda haydovchilarning mehnat va dam olish rejimi Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilib boriladi.

Yangi tartibga ko‘ra, tashishlar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qoida va talablarni buzgan mansabdor shaxslar ham ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Qonun bilan bir xil toifadagi huquqbuzarliklar uchun turlicha jarima qo‘llanilishining oldini olish hamda javobgarlikni aniq belgilash maqsad qilingan. Hujjat 2026-yil 10-maydan kuchga kiradi.

 


Bu ham qiziq

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Shavkat Mirziyoyev tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o…
11:42 / 01.04.2026
Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Namangan–Dehli yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

Ushbu yo‘nalishidagi qatnovlar har haftaning juma kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
16:25 / 03.04.2026
Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

Farg‘onada yirik narkoguruh fosh etildi

5 nafar sudlanuvchi tegishliligi bo‘yicha Jinoyat Kodeksining 246, 273 va 276-moddalari bilan aybdor deb topilib, ularga nis…
11:19 / 02.04.2026
3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

3-aprel uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kec…
16:11 / 02.04.2026
Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

Qirg‘izistonda Qamchibek Tashiyevning ukasi qo‘lga olindi

U davlatga 4,1 milliard qirg‘iz so‘mi (47 million dollar) miqdorida zarar yetkazganlikda gumon qilinmoqda.
10:15 / 02.04.2026
Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Samarqanddagi maktabda direktor o‘rinbosari va o‘quvchi o‘rtasida mushtlashuv yuz berdi

Mazkur holat bugun, 2-aprel kuni darsdan so‘ng maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda 9-sin…
16:09 / 02.04.2026
Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Tojikistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
15:36 / 03.04.2026
4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

4-aprel kuni uchun ob-havo ma’lumoti

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
16:12 / 03.04.2026
Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Rossiya Kubaga 100 ming tonna neft jo‘natdi

Oq uy Rossiya tankeri tomonidan Kubaga neft yetkazilganiga izoh berdi.
17:49 / 31.03.2026
Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyat…
16:47 / 02.04.2026

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!