Gulnora Karimovaga oid xalqaro korrupsiya ishi bo‘yicha sud jarayoni 2026-yil 27-aprel kuni Bellinzona shahridagi Federal jinoyat sudida boshlanadi. Ishda Shveysariya banklari ham ishtirokchi sifatida tilga olinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Karimova “Ofis” deb atalgan tarmoq orqali O‘zbekiston aloqa bozoriga kirishni istagan kompaniyalardan noqonuniy to‘lovlar undirish va mablag‘larni yashirishda ayblanmoqda. Ish 2008-yillarga borib taqaladi va korrupsiya, jinoiy uyushma hamda pul yuvish holatlarini o‘z ichiga oladi.
Shveysariyada bir qator banklar, jumladan Lombard Odier, Credit Suisse va boshqa moliyaviy institutlar orqali mablag‘larning harakati ham tekshirilgan. Ayrim banklar esa o‘z xodimlarining faoliyati bo‘yicha nazorat yetarli bo‘lganmi, degan savol doirasida javobgarlikka tortilgan.
Ishning uzoq cho‘zilishiga murakkab moliyaviy sxemalar, bir nechta davlatlar ishtiroki va parallel tergov yo‘nalishlari sabab bo‘lgan. 2025-yilda esa ishning ikkita yo‘nalishi yagona jarayonga birlashtirilgan.
Sud jarayoni xalqaro korrupsiya ishlarida odatdagidan farqli ravishda uzoq yillik tergov, ko‘p davlatli moliyaviy hujjatlar va bank operatsiyalarining chuqur tahlili bilan ajralib turadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!