Kiberjinoyatchilar davlat moliyaviy tizimiga zarba berdi. Xakerlar Shri Lanka Moliya vazirligi kompyuter tizimlariga buzib kirib, 2,5 million dollar mablag‘ni o‘g‘irlab ketgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu summa Avstraliyaga to‘lanishi kerak bo‘lgan ikki tomonlama qarzning bir qismi bo‘lgan. Biroq kiberjinoyatchilar aralashuvi sababli mablag‘ asl qabul qiluvchi manzilga emas, balki boshqa bank hisob raqamlariga yo‘naltirib yuborilgan.
Vazirlik kotibi Harshana Suriyapperumaning aytishicha, to‘lov aslida amalga oshirilgan, ammo jarayonga tashqi aralashuv sodir bo‘lgan.
Qiziq jihati shundaki, 2,5 million dollarning yo‘qolgani Avstraliya tomoni mablag‘ kelib tushmaganini ma’lum qilgachgina aniqlangan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!