Eronning g‘arbiy hududlarida o‘tkazilgan maxsus operatsiyalar davomida jami 239 nafar shaxs qo‘lga olingani ma’lum qilindi. Bu haqda Mehr axborot agentligi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi razvedka boshqarmasi bayonotiga tayanib xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Kurdiston viloyatida 84 nafar, Kermanshoh viloyatida esa 155 nafar shaxs qo‘lga olingan.
Bayonotda aytilishicha, operatsiyalar AQSh va Isroil bilan bog‘liq deb taxmin qilingan yashirin “hujayralar” faoliyatini to‘xtatishga qaratilgan. Rasmiylarga ko‘ra, ushbu guruhlar mamlakatning g‘arbiy hududlaridan harbiy hujum uyushtirishni rejalashtirgan.
Kurdiston viloyatida qo‘lga olinganlar orasida 11 nafar “separatistik guruhlar”ga mansub jangarilar bo‘lgani qayd etilgan. Operatsiya davomida ulardan biri yo‘q qilingan.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!