Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi jami 19 072 ta korxona faoliyat yuritmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, xorijiy investorlar asosan savdo va sanoat yo‘nalishlariga ustunlik bermoqda. Eng katta ulush savdo sohasiga to‘g‘ri kelib, unda 6 814 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Sanoat yo‘nalishida esa 3 831 ta korxona qayd etilgan.
Qurilish sohasi ham investorlar e’tiboridan chetda emas — bu yo‘nalishda 1 544 ta korxona ishlamoqda. Axborot va aloqa sohasida 1 488 ta korxona faoliyat olib borayotgani esa raqamli iqtisodiyotga qiziqish ortib borayotganini ko‘rsatadi.
Shuningdek, yashash va ovqatlanish xizmatlari sohasida 839 ta, tashish va saqlash yo‘nalishida 601 ta korxona mavjud. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 485 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa 225 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Qolgan 3 245 ta korxona boshqa yo‘nalishlarga to‘g‘ri keladi.
Umuman olganda, raqamlar xorijiy investorlar tez daromad keltiruvchi va bozori shakllangan sohalarni afzal ko‘rayotganini ko‘rsatmoqda. Shu bilan birga, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda hali katta investitsiya imkoniyatlari saqlanib qolmoqda.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!