$
12910.15 UZS
-14.77
159.78 UZS
-0.16
14660.77 UZS
40.1
30° Kechasi 17°

“Svet”ning ko‘p o‘chishi GESlardagi ishlab chiqarish hajmining pasayishi bilan bog‘liq emasligi haqida

07:01 / 25.11.2021

Bir muddat oldin energetika vazirligi bayonot bilan chiqib aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlariga asosiy sabab sifatida GESlarda ishlab chiqarish darajasining keskin kamayganligini keltirib o‘tgan edi. 

Statistika qo‘mitasida chiqqan ma’lumotlarga ko‘ra esa joriy yilning 10 oyi davomida jami 57 mlrd kv soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi. O‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda ishlab chiqarish hajmi 9,4 foizga oshgan. Bundan tashqari joriy yilning 10 oyi davomida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining miqdori 2019-yilning 12 oyida ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmining 90 foiziga teng. Ya’ni agar mos davr bilan taqqoslasak, joriy yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi 2019-yilning mos davriga nisbatan sezilarli darajada oshgan (GESlardagi pasayish aynan 2019-yil bilan taqqoslangan edi). 

Bundan tashqari, joriy yildagi ishlab chiqarishda kuzatilayotgan o‘sish tempi oxirgi uch yoki to‘rt yilda umuman kuzatilmagan. Masalan, yangi davr boshlangandan buyon elektr energiyasini ishlab chiqarishning o‘sish tempi yillik 5 foizdan past bo‘lgan (joriy yilda esa hozircha 9,4 foiz, yil oxirigacha bu ko‘rsatkich saqlanib qolsa, bu yaqin tariximizdagi eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ladi).

Boshqacha aytganda, GESlardagi ishlab chiqarish hajmining keskin pasayganligi umumiy elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmiga deyarli ta’sir qilmagan. Ya’ni boshqa energiya manbalaridan olinadigan elektr energiyasi GESlardagi pasayishning o‘rnini qoplashdan tashqari, oxirgi yillarda kuzatilmagan darajadagi yuqori o‘sishni ham taqdim etmoqda.

Mana endi savol: agar umumiy elektr energiyasini ishlab chiqarish darajasi ortayotgan bo‘lsa unda nega aholining elektr energiyasi bilan bog‘liq noroziliklari kun sayin ortib bormoqda?.

Albatta, ba’zilar odamlarni noshukrlik qilayotganlikda ayblashi mumkin. Ammo odamlar boshqa qiladigan ishi qolmaganligi uchun faqat elektr energiyasidagi uzilishlardan noliyotganligi yo‘q, balki ular yaxshi sezishmoqdaki, elektr ta’minoti bilan bog‘liq holat oldingi yillar bilan taqqoslaganda kundan-kunga yomonlashib bormoqda. Ularning har biri elektr energiyasi bilan bog‘liq holatning yomonlashib borayotganligini o‘zlarining tanasida his qilmoqda. 

Xulosa shuki, aholining elektrdan kun sayin ko‘proq uzib qo‘yilayotganligi elektr energiyasi ishlab chiqarishdagi qandaydir pasayishlar natijasi emas, balki qaror qabul qiluvchilarning shunday bo‘lishini xohlaganligining natijasi bo‘lishi mumkin. 
Qolgan sabablar esa aholiga elektr energiyasini bermaslik uchun o‘ylab topilgan bahonadan boshqa narsa emas. 


Mirkomil Xolboyev, Jeonbuk national university magistranti

Jeonju, Janubiy Korea


Bu ham qiziq

Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Tashkent Tech nomli yangi texnika universiteti tashkil etiladi

Prezident topshirig‘iga binoan amalga oshirilayotgan loyiha yoshlar o‘rtasida texnika ta’limi nufuzini oshirishga qaratilgan.
11:08 / 08.05.2025
Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Toshkent shahridagi mahallalardan biri vaqtincha gazsiz qoladi

Ta’mirlash ishlari tufayli Sergeli tumani “Nomdanak” MFYning ayrim hududlariga 8-may kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha tabiiy …
10:56 / 08.05.2025
Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya rahbarlari Kiyevga boradi

Germaniya kansleri Fridrix Mers, Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron va Buyuk Britaniya bosh vaziri Key Starmer Ukrainaga t…
09:51 / 10.05.2025
Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketishi mumkin

Ertaga, 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Demak, bugun, 8-may kuni barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy h…
09:34 / 08.05.2025
Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoy kompaniyasi Surxondaryoda paxta yetishtirish bo‘yicha 95 million dollar investitsiya kiritadi

Xitoyning Jiangsu World Group korporatsiyasi Surxondaryo viloyatidagi paxta yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha avtomatla…
20:25 / 08.05.2025
Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Toshkent – Laxor – Toshkent reyslari bekor qilindi

Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.
10:08 / 09.05.2025
O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekistonda futbol hakamlari akademiyasi ochildi

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (UFA) hakamlar akademiyasini ochdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
16:23 / 08.05.2025
Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindistonda 32 ta aeroport faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlik kuchaygani fonida Hindiston 32 ta aeroportni fuqarolik reyslari uchun yopdi. Bu …
12:12 / 10.05.2025
Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi yakunlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin taklifiga binoan …
08:33 / 10.05.2025
YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

YeChL. “PSJ” ikkala bahsda ham “Arsenal” ustidan g‘alaba qozonib finalga yo‘l oldi

7-maydan 8-may sanasiga o‘tar kechasi Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim final bahsi bo‘lib o‘tdi. Parij shahrida…
10:05 / 08.05.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!