$
12097.93 UZS
50.48
151.77 UZS
-0.13
14194.50 UZS
95.37
31° Kechasi 18°

1-dekabrdan kuchli zilzilalar haqida ogohlantirish milliy tizimi ishga tushiriladi

11:48 / 18.05.2023

Joriy yil 16-may kuni “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-dekabrdan Respublikada kuchli zilzilalar haqida erta ogohlantirish milliy tizimi bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.

Mazkur milliy tizim doirasida O‘zbekiston va unga chegaradosh hududlardagi seysmik hodisalarning monitoringi real vaqt rejimida yuritiladi.

Zilzila o‘chog‘iga yaqin ikki va undan ortiq seysmik stansiyalarda kuchli (5 va undan yuqori balli) tebranishlar aniqlanganda:

“Kuchli zilziladan ogohlantirish” mobil ilovasi orqali aholiga qisqa soniyalarda respublikaning aniqlangan hududlarida kuchli zilzila kuzatilishi to‘g‘risida tezkor xabarnoma yuboriladi.

2023-yil 1-avgustdan:

“Suv omborlarida seysmologik kuzatuvlarni amalga oshirish elektron platformasi” ishga tushiriladi;

suv omborlarida ishlovchi mas’ul xodimlarning seysmologik va seysmometrik kuzatuvlarni amalga oshirish va birlamchi tahlil qilish bo‘yicha har 2 yilda malakasini oshirish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2024-yil 1-yanvardan seysmik faol zonalarda joylashgan shaharlarning bosh rejalari loyihalarini tegishli hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalariga asoslangan holda ishlab chiqish amaliyoti joriy qilinadi.

Hududlarning seysmik mikrohududlashtirish xaritalari Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqiladi.

2023-yil 1-iyundan respublika hududlarida mavjud faol tektonik yer yoriqlarining ko‘rsatkichlarini o‘rganish ishlari tashkil etiladi.

2023/2024-o‘quv yilidan bosqichma-bosqich maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’lim bosqichlarining amaldagi ta’lim dasturlariga Zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish qoidalari kiritiladi.


Bu ham qiziq

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon banki O‘zbekistonga 250 million dollar qarz beradi

Jahon bankining ijrochi direktorlar kengashi O‘zbekiston uchun 250 million dollarlik moliyalashtirish paketini ma’qulladi.
17:31 / 15.12.2025
Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

Kim Chen In Rossiyadan qaytgan koreyalik askarlarni tantanali kutib oldi

“Juma kuni “xorijdagi operatsiya zonasi”da “harbiy topshiriq”ni bajargan muhandis-sapyorlar bo‘linmasi KXDRga qaytdi”, – dey…
17:12 / 13.12.2025
O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

O‘zbekistonda harorat pasayib, hafta davomida yomg‘ir va qor yog‘adi

Respublika hududlarida 16-dekabrdan havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ayrim viloyatlarda kechqurun yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin…
15:08 / 15.12.2025
Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

Estoniya Rossiya bilan chegarada bunkerlar qurishni boshladi – manba

“Shuningdek, tikanli maxsus simlar va “ajdaho tishlari” turidagi to‘siqlar zaxirasi shakllantirilgan bo‘lib, zarurat tug‘ilg…
17:48 / 13.12.2025
Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari–2025. O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi

BAAning Dubay shahri mezbonlik qilgan 2025-yilgi yoshlar Para Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Musobaqa O‘zbekiston terma jamoasi…
11:09 / 14.12.2025
Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Urganchda MChJ 6 mlrd so‘mlik tabiiy gazni o‘mardi

Ushbu qoidabuzarlik natijasida, gaz ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 6 milliard 33 million so‘mlik…
11:57 / 15.12.2025
“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

“Gryaz” yetakchisi Turkiyada ushlandi

O‘zbekistonda bir qator og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanib, uzoq vaqt qidiruvda bo‘lgan “Gryaz” laqabli jinoiy uyu…
11:54 / 14.12.2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yoshlar o‘rtasida V Paraosiyo o‘yinlari g‘oliblariga tabrik yo‘lladi

Avvalo, barchangizni V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida erishilgan ulkan tarixiy g‘alaba bilan chin qalbimdan samimiy muborakbo…
10:30 / 15.12.2025
16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

16-dekabr kungi ob-havo ma’lumoti

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligining xabar berishicha, 16-dekabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib …
16:37 / 15.12.2025
Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Sidneydagi plyajda sodir bo‘lgan otishma oqibatida 10 kishi halok bo‘ldi

Ma’lumot uchun, Bondi-bich plyaji Avstraliyaning eng mashhur plyaji bo‘lib, u ko‘plab syorfingchilarni va sayyohlarni o‘ziga…
15:51 / 14.12.2025

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!

O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!