Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 3–8 m/s tezlikda esadi, 12–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8–10 daraja iliq, kunduzi 14–16 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushadi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5–10 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20–23 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!