Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Surxondaryo viloyatini kompleks rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilishda Termiz xalqaro savdo markazi katta natijalar berayotgani ta’kidlandi. Xususan, o‘tgan yili markazga 800 mingdan ortiq Afg‘oniston fuqarolari tashrif buyurgan, eksport 320 million dollarni tashkil qilgan. Tadbirkorlar va investorlar faoliyatini kengaytirib, Termiz xalqaro savdo markazida yirik ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish bo‘yicha taklif bilan chiqqan. Shu bois, markaz hududi 1 ming gektarga yetkazilishi belgilandi. Mutasaddilarga buning hisobidan markazdagi eksport hajmini joriy yil 600 million, kelasi yil 1 milliard dollarga yetkazish, qo‘shimcha 10 ming ish o‘rni yaratish topshirildi.
Yangi loyihalar hisobiga tadbirkorlar ham, savdo qilish uchun keladigan odamlar ham karrasiga oshadi. Shu munosabat bilan markazda qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida maxsus prokuratura va ichki ishlar bo‘limining faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Endilikda markaz hududidagi tovar savdosi va xizmatlar eksport sifatida baholanadi, ularga nisbatan ham qo‘shilgan qiymat solig‘i “nol” stavkada qo‘llanadi.
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!
O‘zbekiston va jahonda ro‘y berayotgan eng so‘nggi voqea-hodisalar, sport, shou-biznes, madaniyat, informatsion texnologiyalar va ilm-fan yangiliklaridan doimo xabardor bo‘ling!